Safoyev: O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan savdo aylanmasi ishonch hisobiga ortdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPerviy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa RUz Sadik Safoyev
Perviy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa RUz Sadik Safoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Safoyev o‘z dokladida O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan savdo aylanmasi hajmi bir yil ochida 50%ga oshgani va bu - ishonch, aloqalar va ochiqlik tufayli yuzaga kelganini ta’kidladi.

TOShKENT, 16 mar - Sputnik, Aleksey Stefanov. Brusselda Cercle Royal Gaulois saroyida "Yevroosiyoni birlashtirib - Atlantikadan Tinch okeanigacha" birinchi muloqotining ekspertlar uchrashuvida o‘nlab amaldorlar, iqtisodchilar va siyosatchilar YeOII va Yevropa hamjamiyati hamkorligi istiqbollarini muhokama qildilar.

Perviy zamestitel predsedatelya Senata Sadik Safayev - Sputnik O‘zbekiston
Sodiq Safoyev: terrorchilar yoshi tobora yosharmoqda

Ular orasida O‘zbekiston Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham bor edi. Aytish joizki, Safoyevning bayonoti uchrashuv moderatori va ishtirokchilarini hayratga soldi. Yevroosiyo hamkorligi mavzusiga u yangi yo‘nalish - Afg‘oniston yo‘nalishini qo‘shdi.

Anjuman ishchi tili juda ko‘p bo‘lgani uchun balki, tadbir moderatori Safoyevning mavzusi - transafg‘on transport koridori qurilishimi, anini to‘g‘ri tushunganini bilish uchun aniqlashtiruvchi savol berdi.

"Meni nazarimda, u haqiqatdan Afg‘onistonni bu jarayonga qo‘shishga tayyor emas edi. Lekin boshqa tomondan, biz Yevroosiyo mintaqasi haqida yagona mintaqa sifatida gapirar ekanmiz, bu holda bugungi kunda Yevropada mavjud ko‘plab muammolar manbadan ayro emas. Narkotrafikni oling - Yevropadagi 90% narkotrafikning kelib chiqishi Afg‘onistondan. Birorta davlat bu muammoni mustaqil hal qila olmaydi. Faqat birlashib, umumiy strategiyaga tayangan holda, buni amalga oshirish mumkin. Ammo afsuski umumiy strategiya bizda hozircha yo‘q. Lekin buni amalga oshirish mumkin. Axir narkotiklar - terrorizmni moliyalashtirish, korrupsiya, huquq-tartibot organlarining eroziyasi manbai. Shu bois, men bugun keltirgan Afg‘oniston misoli, biz hammamiz uchun katta ahamiyatga ega", - deya tushuntirdi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida.

Komanduyushiy Sentralnim komandovaniyem Voorujennix sil SShA Djozef Leonard Votel - Sputnik O‘zbekiston
AQSh qo‘mondonligi Afg‘oniston masalasini muhokama qilish uchun Toshkentga kelmoqda

Safoyevning ta’kidiga ko‘ra, Afg‘onistonning mintaqaviy loyihalarga jalb etilishi, bu mamlakatda tinchlikni mustahkamlashga omil bo‘lishi mumkin. "Afg‘oniston xalqi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish, qashshoqlikka qarshi kurashish evaziga terroristik tashkilotlarni, radikalizmni oziqlantiruvchi, muammolarga barham berish mumkinligini yaxshi anglaydi. Ma’rifat - bu ham terrorizmga qarshi kurashishning bir turi", - dedi Safoyev.

Uning aytishicha, Afg‘oniston orqali transport koridorning qurilishi ko‘plab muammolarni yechishi mumkin.

"Birinchidan, bu Afg‘onistonni iqtisodiy loyihalarga tranzit hudud sifatida jalb etadi. Ikkinchidan, Markaziy Osiyoga, Yevroosiyo kontinentiga eksport-import oqimini maksimal soddalashtiradi. Agar transafg‘on transport koridori qurilsa, mamlakat ichidagi narxlar va ko‘proq o‘zbek tovarlari chet elda taqdim etiladi. Men faqat O‘zbekiston haqida gapirayapman, ammo bu Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari, Rossiya va Yevropa Ittifoqi davlatlariga ham aloqador", - dedi O‘zbekiston Senati o‘rinbosari.

Safoyevning aniqlik kiritishicha, bugungi kunda O‘zbekistondan tovarlar yaqin portlarga qadar 20-22 kunda yetib bormoqda, Afg‘oniston orqali transport koridori qurilgach esa, yo‘l vaqti 2-3 kungacha qisqaradi.

"Bu loyihada xalqaro moliya tashkilotlari, masalan Osiyo taraqqiyot banki, Butunjahon banki ishtirok etadi, deb umid qilamiz. Rossiyalik sheriklarimiz tomonidan qiziqish bildirilmoqda, bundan tashqari, rossiyalik hamkasblarimiz Afg‘onistonda loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tajribasi bor. Shunday ekan, bu ko‘psherikli loyiha", - deya xotima qildi Sodiq Safoyev.

Delegatsiya Respubliki Uzbekistan vo glave s Ministrom inostrannix del Abdulazizom Kamilovim, uchastvuyushaya v Munxenskoy konferensii po bezopasnosti, 14-fevralya 2019 goda vstretilas s Prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Muxammadom Ashrafom Gani - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston prezidenti Mirziyoyevga minnatdorchilik izhor etdi

"Biz juda murakkab davrda yashayapmiz, va bugungi kunda biz avvalo - o‘zaro ishonchga e’tibor qaratishimiz kerak. Buni O‘zbekiston misolida ko‘rish mumkin. Aynan ishonch tufayli oxirgi ikki yilda Markaziy Osiyoda ko‘plab muammolarni, xususan iqtisodiy xarakterdagi muammolarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lindi. Shubha, raqobat, yashirin dushmanlik o‘rniga muloqot, hamkorlikka tayyorlik, kompromissga tayyorlik, ochiqlikka tayyorlik yuzaga keldi. Bu globalizatsiya davridagi kalit so‘zlardir", - dedi Safoyev.

Safoyev o‘z dokladida O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan savdo aylanmasi hajmi bir yil ochida 50%ga oshdi va bu ishonch, aloqalar va ochiqlik tufayli yuzaga keldi. Shu bois, "Yevroosiyoni birlashtirib - Antantikadan tortib Tinch okeanigacha" anjumani, uning fikricha, bu yanada kengroq maydonda munosabatlarni vujudga keltirishga urinishdir.

Yangiliklar lentasi
0