AQSh qo‘mondonligi Afg‘oniston masalasini muhokama qilish uchun Toshkentga kelmoqda

© U.S. Army Staff Sgt. Sean K. HarpKomanduyushiy Sentralnim komandovaniyem Voorujennix sil SShA Djozef Leonard Votel
Komanduyushiy Sentralnim komandovaniyem Voorujennix sil SShA Djozef Leonard Votel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari shtabi boshliqlari ishtirok etadi.

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Ertaga, 21-fevral kuni AQSh markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari Jozef Votel Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari shtab boshliqlari bilan uchrashadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

General Jozef votel - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev AQSh generali Jozef Votelni qabul qildi

Toshkentda  bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirg‘iziston Respublikasi qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishtirok etadi.

Anjumanda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi hamda kiber jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilinadi.

O‘zbekistondan anjumanda Mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov ishtirok etadi.

Tadbir doirasida delegatsiya rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkazish, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasidagi o‘quv jarayoni bilan tanishish, Xasti Imom majmuasi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0