"Har bir o‘zbek ayoli - malikaligini isbotladim" - birinchi "Toshkent go‘zali" bilan intervyu

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishKorona pobeditelnisi konkursa krasoti
Korona pobeditelnisi konkursa krasoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Sputnik muxbiri birinchi "Miss O‘zbekiston" bilan suhbatlashdi. "Toshkent malikasi-89" Nargiza Olimova mashhurlik istab emas, balki o‘zbek ayollari haqiqiy go‘zallar ekanini butun dunyoga ko‘rsatish uchun ushbu go‘zallar bahsida ishtirok etgan edi

TOShKENT, 7 mar — Sputnik, Dilshoda Raxmatova. Nargiza Olimova — birinchi va yagona "O‘zbekiston go‘zalidir". Sohibjamolga eng oliy mukofot - Gran-prini olib bergan tanlov "Toshkent go‘zali" deb nomlangan va 1989-yilda o‘tkazilgan. Ushbu e’tirofga sazovor bo‘lish uchun oddiy o‘zbek qizi boshdan nelarni kechirgani, va nima uchun haligacha o‘zini "malika" hisoblamasligini Nargiza-opa Sputnikka bergan eksklyuziv intervyusida gapirib berdi.

"Nima O‘zbekistonda go‘zallar yo‘qmi?"

1988 yilda SSSRda komsomol tashkilotlari ko‘magi bilan ilk marotaba "Moskva go‘zali-88" tanlovi o‘tkazilgan edi. Sovet matbuotlari o‘shanda bu shov-shuvli, biroj janjalli hamda go‘zal hayot nafasi kelib turgan yorqin va kutilmagan voqelik bo‘lgani haqida bong urgan edilar. O‘sha yilda Donesklik qiz "O‘zbekiston SSR malikasi" sifatida e’lon qilingan edi.

© Sputnik / Vladimir Rodionov / Mediabankka o‘tishUchastnisi Pervogo konkursa krasoti "Moskovskaya krasavitsa-88"
Har bir o‘zbek ayoli - malikaligini isbotladim - birinchi Toshkent go‘zali bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Uchastnisi Pervogo konkursa krasoti "Moskovskaya krasavitsa-88"

O‘sha vaqtda nashlardagi yangiliklarni muntazam kuzatib boradigan Nargiza, Butunittifoq bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakunlariga ko‘zi tushib, hayratdan yoqa ushlaydi. Nargizaga O‘zbekiston go‘zallar malikasi respublika tub aholisi orasidan tanlab olinmagani juda qattiq ta’sir qilgandi.

"Bu qanaqasi? Mamlakatda "O‘zbekiston malikasi" tanlansa-yu, donesklik qiz g‘olib sifatida e’lon qilinsa!? Nima, O‘zbekistonda hech bo‘lmasa bitta go‘zal qiz topilmadimi?", — deya o‘z noroziligini bildirardi 21 yashar qiz ushbu tadbirga bosh-qosh bo‘lgan komsomol tashkiloti vakillariga.

"Men millatchi emasman, barcha din va millat vakillarini hurmat qilaman, ammo o‘shanda qalbimda milliy g‘urur ison ko‘targandi", - deydi Nargiza opa o‘sha 30-yillik xotiralarni yodga olar ekan.

© Sputnik / Maslyayev / Mediabankka o‘tishFinalistki I-go Moskovskogo konkursa krasoti 1988 god
Har bir o‘zbek ayoli - malikaligini isbotladim - birinchi Toshkent go‘zali bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Finalistki I-go Moskovskogo konkursa krasoti 1988 god

Komsomol vakili Nargizaning e’tirozlarini diqqat bilan tinglaydi va suhbat yakunida undan kelgusi go‘zallik tanlovida ishtirok etishni xohlaysizmi, deya qiziqib ko‘radi. O‘sha vaqtda moda sanoatining shafqatsiz qonunlari va umuman bunday tanlovning saralash qoidalari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmagan, ammo butun dunyoga haqiqiy o‘zbekona go‘zallikni ko‘rsatib qo‘yish ishtiyoqi bilan yongan Nargiza o‘ylab o‘tirmasdan rozilik bildiradi. Albatta, tez orada uning o‘zi ushbu qarordan pushaymon bo‘ladi ham, ammo bu haqda u hali bilmasdi.

"Sharmandalik", shov-shuv va bir kechada tikilgan libos

Olimova bilan suhbatimiz samimiy kechadi, opa o‘sha yillarda bunday tanlovlarda ishtirok etish o‘z joniga qasd qilish bilan teng bo‘lganini yashirmaydi. Sharqona jamiyatda, ayniqsa, sovet davrida, o‘zbek qizi hech qachon "mana, tomosha qiling, men go‘zalman", deya sahnaga chiqmagan bo‘lardi. O‘zbek qizlari hamisha xayosi, ibosi bilan ajralib turgan.

© Foto iz lichnogo arxiva Narizi OlimovoyPervaya "Miss-Uzbekistan" Nargiza Olimova v teatralnom kostume
Har bir o‘zbek ayoli - malikaligini isbotladim - birinchi Toshkent go‘zali bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Pervaya "Miss-Uzbekistan" Nargiza Olimova v teatralnom kostume

"Bizning mentalitetimiz boshqa. Birinchidan, o‘zbek qizlarimiz uyatchan, tortinchoq, ular oilada shunday tarbiya topadi. Ikkinchidan, bunday tadbirlarda ishtirok etish jamiyat tomonidan qattiq qoralanardi: juda ko‘pchilik bu holatni qiz oilasi uchun sharmandalik deb bilardi", - deya tushuntiradi Nargiza opa.

Ammo qaror qabul qilingan - ortga yo‘l yo‘q edi. Komsomol vakili bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatidan so‘ng Nargiza Olimovani tanlovga tayyorgarlik bo‘yicha rejalarni muhokama qilish uchun Markaziy Yoshlar uyiga taklif qilishadi. Nargizaning talabi bilan qizlarning cho‘milish liboslarida chiqishi sahnasi milliy liboslar defilesiga almashtiriladi.

Uzbekskaya model i bloger uchastvuyet v konkurse Miss USSR - foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik model xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etmoqda - foto

O‘sha vaqtda jamiyatda mavjud norasmiy ta’qiqlar, qizlardagi uyatchanlik va kamtarlik hislatlariga qaramay, 1989-yilgi tanlov uchun o‘tkazilgan kastingga 600dan ziyod qizlardan arizalar kelib tushadi. Ta’qiqlar o‘z yo‘liga, ammo "Toshkent go‘zali" bo‘lishni ko‘p qizlar orzu qilar edi.

Nargiza shu tariqa uch turdagi saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tadi va final bosqichigacha yetib boradi. Yakuniy bosqichda o‘n nafar go‘zal o‘zaro bahslashar edi. Oldinda eng murakkab shartlar kutardi - bunda go‘zallardan podiumda turli liboslarda chiqish qilish, xay’at a’zolarining savollariga hozirjavoblik bilan javob qaytarish va tanlangan biror bir kuy yoki qo‘shiqqa rasq tushib berish talab etilardi.

"Go‘zallik tanlovi Davlat Sirki binosida bo‘lib o‘tgan. Sirkda odam tumanot yig‘ilardi. Chiptalar talash, bino ichkarisida hatto zinapoyalargacha joylar band qilingan edi. Men bu tadbir odamlarda bu qadar katta qiziqish, shov-shuv uyg‘otishini kutmaganman", - deya esga oladi Nargiza Olimova.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, final bosqichiga qadar, u tanlov sinovlarini jiddiy qabul qilmagan va hatto ularga tayyorgarlik ko‘rmagan. Yakuniy saralash bosqichiga ham belgilangan vaqtda kelib, aytilgan shartlarni bajarishni rejalashtirayotgan edi. 600 nafar qizdan oxirgi saralash bosqichiga 30 nafari tanlab olingan bo‘lib, ular 10 nafardan uch guruhga bo‘lingan va har bir guruhning o‘zaro bahsiga bir kundan ajratilgan edi. Nargiza uchinchi guruhga tushadi. U avvaliga o‘z raqiblari qanday bellashishayotganini hatto tomosha qilishni istamagan bo‘lsa-da, ammo qiziquvchanlik ustun keladi, va Olimova o‘z chiqishi bo‘lishidan bir kun oldin boshqa qizlar chiqishlarini kuzatish uchun Davlat sirki binosiga keladi.

Uzbekistanka zavoyevala zvanie 1-vitse miss yunion v konkurse krasoti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik qiz xalqaro go‘zallik tanlovida yuqori o‘ringa sazovor bo‘ldi

Nargiza boshqa qizlar hal qiluvchi bosqichga qanday puxta tayyorgarlik ko‘rishganini guvohi bo‘lgach, avvaliga hayratlanadi, keyin qattiq tashvishga tushadi. Go‘zallik tanlovi rejisseri Baxtiyer Sayfullayev (hozirgi O‘zbekiston Madaniyat vaziri), Nargizaga ko‘zi tushgach, u bu yerda nima qilayotgani haqida so‘raydi.

"O‘sha vaqtda Madaniyat instituti xoreografiya bo‘limida tahsil olardim. Baxtiyor Sayfullayev bizlarga rejisserlik mahoratidan dars berardilar. Meni, ya’ni talabasiga ko‘zi tushgach, bu yerda nima qilayotganimni so‘radilar. Chunki boshqa qizlar 10 kundan beri tayyorgarlik ko‘rishgan bir vaqtda, men biror marta ham ko‘rinish bermaganman", - deya esga oladi Olimova.

Xullas, rejisser Nargizaga ertaga kelib o‘tirmaslikni tayinlaydi. "Bu yerdagi qizlar o‘z nomerlarini repetitsiya qilishgan, hammasi tayyorlangan, sen esa o‘z chiqishing bilan butun boshli ssenariyni buzasan. Sen hatto kuy tanlamagansan, raqs ijro etish kerakligi haqida esa hatto gapirmasam ham bo‘lar", - deydi Nargizaning bamaylixotirligidan jahllangan rejisser.

Nargizani rejissorning gaplari o‘ylantirib qo‘yadi, ammo u sir boy bermaydi. Albatta, u ertangi chiqishi haqida yaxshigina bosh qotirishi kerakligini anglardi, shu bilan birga, go‘zallikka qanday qilib tayyorgarlik ko‘rish mumkinligini hech tushunmas edi.

Shu tariqa, imtihon arafasida turgan beg‘am talaba singari Nargiza sirk binosini shoshilgancha tark etadi, axir final bosqichga tayyorgarlik ko‘rish kerak. Uyga kelgach, onasidan sandiqda sarpo uchun yashirib qo‘yilgan atlas matoni so‘rab olib, kech bo‘lishiga qaramay, tikuvchinikiga yuguradi. Tojixon opa - Nargiza faoliyat yuritadigan afsonaviy "Bahor" ansambli uchun sahna liboslarini tikar edi. Nargiza ayolnikiga kelib, tanlovning hal qiluvchi kuni, odamlarga to‘la Sirk binosi, va tanlovga mos ko‘ylagi yo‘qligidan chorasiz ahvolda qolgani haqida so‘zlab beradi. Tikuvchi bir oqshomda unga ko‘ylak tikib berishga rozi bo‘ladi.

Aktrisa va model Natasha Alam - Sputnik O‘zbekiston
Dunyo tan olgan go‘zallar

Endi raqs ijro etish uchun kuy-qo‘shiqni tanlash qolgandi, xolos. Ijro borasida-ku, muammo yo‘q edi, asosiy masala tomoshabinlar va xay’at azolari ko‘nglini zabt etadigan taronani tanlab olishda edi.

"Boshqa qizlar rejissor rahbarligida radiostansiyaga borib, o‘zlariga musiqa tanlab kelishgan ekan. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bergach, hofiz Sherali Jo‘rayevning "Sarbon" qo‘shig‘iga raqs tushishga ahd qildim. Bu taronaga mos sahna libosim bor edi", - deya davom etadi Nargiza-opa.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNargiza Olimova, pervaya "Miss Tashkenta"
Har bir o‘zbek ayoli - malikaligini isbotladim - birinchi Toshkent go‘zali bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Nargiza Olimova, pervaya "Miss Tashkenta"

Haqiqiy go‘zallik malikasi

Olimova ertalab Sirk binosiga kelgach, birinchi galda go‘zallarning atrofida girdikapalak bo‘lgan o‘nlab sartaroshlar va grimorlarga duch keladi. Nargiza ularning yonidan taajjublanib o‘tib ketadi.

Tojik milliy liboslari - Sputnik O‘zbekiston
Tojik xotin-qizlariga atlas ko‘ylaklarda yurish buyurildi

"Tovba, bu go‘zallik tanlovi bo‘lsa, yuzga grim chaplashning nima keragi bor. Axir biz bu yerga haqiqiy go‘zallikni ko‘rsatishga kelmaganmizmi", - degan o‘y kechadi undan o‘sha onda.

Olimovaning aytishicha, u hamisha uyda qoshiga o‘sma qo‘yib yurgan, sochlarini esa tarab, bitta o‘rgan. U o‘z hayotidagi muhim sahna chiqishiga ham xuddi shu ko‘rinishda kelgan edi. Faqat yuziga ozroq upa surgan, xolos.

"Birinchi shartda milliy liboslarimizni ko‘rsatishimiz kerak edi. Mening navbatim kelgach, Tojixon-opa tikib bergan atlas ko‘ylak va lozim, baland poshnali tuflida sahnaga chiqdim. Raqs uchun ham malikalar libosiga o‘xshaydigan ko‘rkam sahnaviy libos va baland poshnali tufli tanladim. Qo‘shiqning "Ey, sorvon, ohista yur" so‘zlari boshlanishi bilan yirkning tepasidagi tikka zinalardan hirom bilan ohista tushib kela boshladim. O‘zim esa ichimda, "Ey, Alloh, o‘zing asra. Yiqilib ketmay" deyapman. Qo‘shiqning birinchi so‘zlariga uyg‘un harakatlarimdan keyin zalda gulduros qarsaklar va qiyqiriqlar boshlanib ketdi. Men g‘alaba men tomondaligini his qildim", - deya to‘lqinlanib, hamda g‘urur bilan yodga oladi Nargiza Olimova.

© Foto iz lichnogo arxiva Nargizi OlimovoyPervaya "Miss-Uzbekistan" Nargiza Olimova i finalistki konkursa krasoti 1989 goda
Har bir o‘zbek ayoli - malikaligini isbotladim - birinchi Toshkent go‘zali bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Pervaya "Miss-Uzbekistan" Nargiza Olimova i finalistki konkursa krasoti 1989 goda

Tanlov g‘oliblarini uchinchi o‘rindan boshlab e’lon qilishdi. Birinchi o‘rin sohibasini ham aytib bo‘lishdi, ammo ular orasida qahramonimiz nomi aytilmaydi. Nargiza tomoshabinlar qo‘llab-quvvatlashi ham men uchun katta yutuq, deb o‘ylab turgan bir vaqtda, xay’at a’zolari: "Bugungi malikamiz - Nargiza Olimova", deb e’lon qiladilar.

"Men hayratda, nima bo‘lganini tushunmay turib qoldim, bir mahal katta guldasta ko‘tarib, ko‘zlari to‘la yosh meni tabriklashga sahnaga ko‘tarilayotgan Tojixon-opaga ko‘zim tushdi. Tuni bilan men uchun libos tikib chiqqan bu ayol Toshkent go‘zali bo‘lganimni eshitgach, quvonchdan yig‘lab yuborgandi", — deb hikoya qiladi "Miss O‘zbekiston".

© Foto iz lichnogo arxiva Nargizi OlimovoyGazetnaya virezka s zametkoy o Nargize Olimovoy
Har bir o‘zbek ayoli - malikaligini isbotladim - birinchi Toshkent go‘zali bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Gazetnaya virezka s zametkoy o Nargize Olimovoy

"Malika bo‘lish men uchun uyat" yoxud mashhurlikdan keyingi hayot

Nargiza Olimovaga Komsomol MQ nomidan o‘sha vaqtlarda noyob texnika sanalgan - videomagnitofon sovg‘a qilishadi, sohibjamol uni shu vaqtning o‘zida bolalar uyiga o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, o‘ziga berilgan Germaniyaga putovkani - bolalikdan bir marta ko‘rishni orzu qilgan  bo‘lgan mahobatli Toj-Mahalga, ya’ni Hindistonga sayohat yo‘llanmasiga almashtirib berishlarini so‘raydi.

Ashxobod shahrida yangi savdo majmuasida. 1968-yil. - Sputnik O‘zbekiston
Go‘zallik sirlari: sobiq sovet ittifoq davrida ayollar qanday pardoz qilishgan

Nargiza Olimovaning tanlov yakunida so‘zlagan nutqi tomoshabinlarda uning chiqishlaridan hatto yorqinroq taassurot qoldiradi.

"Men o‘zimni malika deb bilmayman, men uchun har bir o‘zbek ayoli - malika. Bugun ularning qancha-qanchasi paxta dalalarida og‘ir mehnat qilmoqda, siz buni guvohi bo‘lib turibsiz. Ularning qo‘llari yorilib ketgan, terilari quyosh nurlari ostida qurigan, yuzlarida muddatidan oldin ajinlar paydo bo‘lgan. Biz o‘zimizga e’tibor beramiz, ular esa uyda o‘tirmaydi, ishlashadi. Agar ularda ham bo‘sh vaqtlari bo‘lganida, o‘zlari uchun bir soat vaqt ajratganlarida, bugun sizu-biz mana shu ayollar qiyofasida haqiqiy go‘zallarni ko‘rgan bo‘lar edik. Ular biz uchun meva-sabzavotlarni yetishtiradi, biz shaharliklar mana shu mahsulotlarni iste’mol qilganimiz uchun go‘zal va sog‘lom bo‘lib yuramiz. Shu bois, men bugun bu yerda o‘zimni malika deb atashga uyalaman. Men tanlovdagi ishtirokim bilan, shunchaki, O‘zbekistonda haqiqiy go‘zallar borligini isbotlashga uringan edim", - degan o‘shanda o‘ttiz yil muqaddam sahnada turib Nargiza Olimova.

Sohibjamolni butun zal olqishlagan.

© Foto iz lichnogo arxiva Nargizi OlimovoyOblojka jurnala "Molodaya smena" s pervoy "Miss-Uzbekistan" Nargizoy Olimovoy
Har bir o‘zbek ayoli - malikaligini isbotladim - birinchi Toshkent go‘zali bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Oblojka jurnala "Molodaya smena" s pervoy "Miss-Uzbekistan" Nargizoy Olimovoy

Tabiiyki, tanlovdagi g‘alabadan so‘ng ertasi kuni u mashhur bo‘lib uyg‘ongan. Olimova bu vaqtga kelib, balet artistkasi sifatida ancha-muncha tanilib qolgan ammo "Pravda Vostoka", "Vecherniy Tashkent" va boshqa respublika va shahar gazetalarining old sahifalarida uning surati va "Toshkent malikasi" degan sarlavhali maqolalar chop etilgach, u uchun haqiqiy yulduzli onlar boshlanadi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNargiza Olimova, pervaya "Miss Tashkenta"
Har bir o‘zbek ayoli - malikaligini isbotladim - birinchi Toshkent go‘zali bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Nargiza Olimova, pervaya "Miss Tashkenta"

"Ko‘chada, transportda hamma meni tanigan, hatto qo‘li bilan ko‘rsatib, "Biz sizni taniymiz", deyishardi. Albatta bunday mashhurlik o‘ziga yarasha ulkan mas’uliyat yukladi, endi har bir harakatga yo‘l qo‘yish, har bir so‘zni aytishdan oldin jiddiy o‘ylar edim", - deydi Olimova.

Aneta Sultanova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik qizlar "Koinot go‘zali" tanlovi finaliga chiqishdi

Go‘zallik tanlovi g‘olibasiga kinematograf vakillaridan takliflar yog‘ila boshladi. Nargiza-opa kinoda bir nechta rollarni ijro etdi ham, ammo aktorlik karyerasiga qiziqish bildirmadi. Aytishicha, agar tarixiy kartinalar suratga olinsa, Nodirabegim, Uvaysiy singari ma’rifatparvar ayollar obrazini albatta ijro etgan bo‘lardi. Respublikaning bosh go‘zalini "O‘zbekiston havo yo‘llari"ga stuardessalikka ham chaqirishgan, ammo ishi tufayli dunyoning turli mamlakatlarida tez-tez bo‘ladigan Olimova, bu taklifni rad etgan. Olamshumul mashhurlikdan so‘ng Olimova uzoq yillar davomida oliy darajadagi davlat tadbirlarida, turli ochilish marosimlarida, xayriya tadbirlarida "Miss O‘zbekiston" maqomida qatnashib kelgan.

2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshidagi Davlat qurilish akademiyasini tamomlagan va bugun o‘zbek mumtoz raqsini qayta tiklash va saqlab qolish bilan shug‘ullanmoqda.

1989 yildan buyog‘iga O‘zbekistonda go‘zallik tanlovlari o‘tkazilmagan. Unvon sohibasining o‘zi, g‘alabadan keyin, O‘zbekistonda bu singari tadbirlarni o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q, deya ta’kidlagan, qolaversa o‘zbekistonlik qizlarning aksariyati bunday kastinglarga borishga ko‘pam rozi bo‘lishmas edi. Shu tariqa Nargiza Olimova Toshkentning birinchi va yagona malikasi bo‘lib qolgan.

Yangiliklar lentasi
0