Tojik xotin-qizlariga atlas ko‘ylaklarda yurish buyurildi

© Sputnik / StringerTojik milliy liboslari
Tojik milliy liboslari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tegishli farmoyish mamlakatdagi barcha ta’lim maskanlariga yo‘naltirildi

TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Tojikiston Fan va ta’lim vazirligi mamlakatdagi barcha o‘qituvchilar, o‘quvchi-talabalarni milliy liboslarga kiyintirishga ahd qildi, deb xabarqilgan Sputnik Tojikiston.

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon nima uchun dunyoning eng obro‘li musulmonlari ro‘yxatiga kiritildi?
Tegishli farmoyish mamlakatdagi barcha ta’lim maskanlariga yo‘naltirildi, deyiladi xabarda.

Hujjatga ko‘ra, 2017-yilning 1-martidan boshlab barcha ayol o‘qituvchilar, talaba va o‘quvchi qizlar darslarga atlas va adras milliy matolardan tikilgan liboslarda kelishlari aytib o‘tilgan.

Ushbu farmoyish tojik xalqining eg yaxshi an’analarini qayta tiklash va Navro‘zni munosib kutib olish maqsadida e’lon qilingani qo‘shimcha qilingan.

Bu yilgi Navro‘z ayyomida Tojikistonga Afg‘oniston va Eron prezidentlari tashrif buyurishlari xabar qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0