O‘zbekistonlik qiz xalqaro go‘zallik tanlovida yuqori o‘ringa sazovor bo‘ldi

© facebook.comUzbekistanka zavoyevala zvanie 1-vitse miss yunion v konkurse krasoti
Uzbekistanka zavoyevala zvanie 1-vitse miss yunion v konkurse krasoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avstriya poytaxti Venada bo‘lib o‘tgan "Miss Yunion-2017" tanlovida ishtirok etgan Dildora Jo‘rayeva "1-vitse Miss Yunion" unvoniga loyiq deb topildi

TOShKENT, 6-may — Sputnik. Amerika, Osiyo, Afrika va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan xalqaro go‘zallik tanlovi tarixida ilk marta o‘zbekistonlik qiz yuqori o‘ringa sazovor bo‘ldi. Bu haqda tanlovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Tanlov bosh direktori va asoschisi Gulnora Muhamedovaning bildirishicha, Avstriya poytaxti Venada bo‘lib o‘tgan "Miss Yunion-2017" tanlovida ishtirok etgan Dildora Jo‘rayeva "1-vitse Miss Yunion" unvoniga loyiq deb topildi.

© facebook.comDildora Jo‘rayeva
Uzbekistanka zavoyevala zvanie 1-vitse miss yunion v konkurse krasoti - Sputnik O‘zbekiston
Dildora Jo‘rayeva

Dildora Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetini bitirgan.  Bir necha yildan buyon Venadagi rieltorlik kompaniyasida ishlaydi.

Tanlovda qizlar o‘z tug‘ilib-o‘sgan yurtlarining madaniyati, an’analarini hamda o‘z zakovatlarini namoyish etishdi.

Tanlovda ozarbayjonlik Sahar Guliyeva g‘olib deb topildi. Dildora Jo‘rayevaga keyingi o‘rin, gretsiyalik Juliya Granovidiga uchinchi o‘rin nasib etdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0