O‘zbekistonlik qizlar "Koinot go‘zali" tanlovi finaliga chiqishdi

Obuna bo‘lish
Tanlov g‘olibasi yirik miqdordagi pul mukofoti va homiylar sovg‘alarini qo‘lga kiritadi hamda maxsus loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Bugun Toshkent vaqti bilan soat 17:00da xalqaro "Koinot go‘zali" tanlovi finalida ovoz berish jarayoni boshlandi. Finalda dunyoning 6 mamlakatidan (Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, Chexiya, Germaniya, Belarus) 11 nafar qiz ishtirok etmoqda.

Toshkentlik Aneta Sultanova va Anastasiya Polovinkina tanlov finaliga chiqishdi.

Madina Rashidova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik ikki qiz “Koinot tabassumi 2017” xalqaro tanlovi finaliga chiqdi

Ovoz berish 19-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00da nihoyasiga yetadi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan 3 nafar finalchi 10-noyabr kuni Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan "Koinot go‘zali-2017" tanlovi g‘olibasini aniqlash va taqdirlash marosimida ishtirok etadi.

Tanlov ishtirokchisi uchun mana bu havola orqali ovoz berish mumkin.

"Koinot go‘zali" tanlovi jahon miqyosidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha bo‘lib, unda turmushga chiqmagan 18-26 yoshli qizlar qatnashishlari mumkin.

Mazkur tanlov shaxsni shakllantirish, oilaviy qadriyatlar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Tanlov g‘olibasi pul mukofoti, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. U shuningdek, xalqaro brendlarning fotosessiyalari hamda qiziqarli ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0