O‘zbekiston yer mulkini xususiylashtirishga tayyor emas - ekspert

© Podrobno.uzEkspert “Smartgov Consulting” - Aziza Umarova
Ekspert “Smartgov Consulting” - Aziza Umarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert fikriga ko‘ra, yer mulkini xususiylashtirishdan oldin, har bir shaharning bosh rejasi ishlab chiqilishi kerak.

O‘zbekistonda shu kunlarda o‘ta muhim jarayon – yerni xususiy mulkka aylantirishga doir qonunlar qabul qilinmoqda.

Ma’lumki, Sovet ittifoqida yer hech kimga xususiy mulk sifatida berilmagan. Yer faqat davlatga tegishli bo‘lib undan faqat belgilangan maqsadda foydalanish mumkin bo‘lgan. O‘zbekistonda ham bugungi kunga qadar ushbu qonunlar u yoki bu ko‘rinishda saqlanib qolgan. Shuning uchun ham yer mulkiga doir qonunlar zamon talabiga javob beradigan darajada isloh qilishni talab qiladi.

Tadbirkorlarga yer berish tartibi soddalashtirildi

Xo‘sh ushbu qonunlar qanday tartibda isloh qilinishi kerak? Qanday muhim omillarni unutmaslik kerak? O‘zbekiston hozir yerni daxlsiz xususiy  mulk sifatida berishga tayyormi?

Quyida e’tiboringizga ushbu mavzuga bag‘ishlangan “Smartgov Consulting” kompaniyasi direktori, davlat boshiaruvi bshyicha ekspert - Aziza Umarovaning mulohazalarini keltiramiz, O‘zA maqolasiga asosan.

Barcha sobiq Ittifoq respublikalarida yerni xususiylashtirish turlicha o‘tgan. Yerni xusuiylashtirish borasida qabul qilingan kompleks chora tadbirlar majmuasiga ko‘ra ushbu mamlakatlarni 3 guruhga bo‘lish mumkin:

a) Hududiy yetakchilar – Estoniya, Litva, Slovakiya

b) Oldinga o‘zib ketgan mamlakatlar - Latviya, Polsha, Chexiya, Vengriya, Xorvatiya, Sloveniya, Ruminiya, Gruziya, Armaniston, Rossiyu, Albaniya, Ukraina, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston. 

V) Qoloq mamlakatlar – O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston i Belarus (chunki ushbu mamlakatlarda haligacha sovet davriga xos yerni boshqaruv tizimi saqlanib qolmoqda)

Traktor na pole vo vremya poseva - Sputnik O‘zbekiston
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 10-yanvarda qabul qilgan qarori bu borada yangi davrga o‘tish uchun juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu qarorga ko‘ra, 2019-yilning 1-iyulidan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarini xususiylashtirish imkoniga ega bo‘ladi.

Ushbu qonunga ko‘ra, yer uchastkalari – daxlsiz, xususiy mulk bo‘lib, ular davlat tomonidan himoya qilinadi. Yerga nisbatan xususiy mulk kafolati kuchga kiradi.

Shu bilan bir vaqtda bugungi kunda O‘zbekistonda yer mulkini xususiylashtirish oson ish emas. Chunki bu yerda ilmiy huquqiy va axborot tahliliy baza yetishmasligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. O‘zbekistonda yer mulkini xususiylashtirish sohasida beshta eng asosiy muammolarni qayd etish mumkin:

1. Yer mulkini xususiylashtirishga doir ilmning yetishmasligi

Yer mulkiga egalik qilish turlarini qayta ko‘rib  chiqish kerak. Bugungi qonunlarga ko‘ra O‘zbekistonda yuridik shaxslar yer mulkidan xususiy mulk, doimiy

Turisti v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Yangi qaror: investorlarga yerlar auksionsiz beriladi
foydalanish, vaqtincha foydalanish, ijara mulki sifatida foydalanishlari mumkin. Jismoniy shaxslar esa -  bir umrlik me’ros, doimiy foydalanish, vaqtincha foydalanish, ijara va mulk sifatida foydalanishlari mumkin.  

Muammo shundaki – yer mulkiga egalik qilishning ushbu turlari eskirgan bo‘lib, bugungi kunda ular o‘z dolzarbligini yo‘qotgan.

Yer mulki va ulardan foydalanish huquqlar ko‘rinishlarini qisqartirib va soddalashtirib faqat 3 ta turini saqlab qolish kerak:

  • yer mulkiga egalik qilish huquqi: faqat davlat, mahalliy hokimiyat yoki xususiy mulkdorga tegishli bo‘lishi mumkin;
  • yer mulkidan bepul foydalanish huquqi – davlat va mahalliy hokimiyatga tegishli bo‘lgan yerlar davlat yoki notijorat tashkilotlarga berilishi mumkin;
  • yerni ijaraga olish huquqi – yer mulkdorlari tomonidan to‘lov asosida ijarachiga ma’lum muddatga beriladigan huquq;

2. Bosh plan va shaharsozlik hujjatlarining yo‘qligi

“Bosh reja” (Genplan) tushunchasi hamda davlat organlarining uni ishlab chiqish bo‘yicha olib borish faoliyati milliy qonunchilikda allaqachon belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, amaliyotga Bosh plan – yo‘q. Faqat ba’zi shaharlardagina bor xolos. Ikkinchidan, hatto tasdiqlangan bosh  rejalar bilan ham aholining tanishish imkoniyati yo‘q. Natijada hech kim,o‘zi qurayotgan obyekt  bo‘lajak bosh planga mos keladimi yo‘qmi – bilmaydi.

Protekayushaya krovlya v odnom iz domov v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berdi

Aytish joizki, sobiq SSSRning boshqa respublikalarida shahar bosh planlari barcha uchun ochiq. Faqat O‘zbekistonda - shaharsozlik hujjatlarining yo‘qligi, hududlarda tartibsiz qurilish olib borish, kelajakda ularning buzilishi va xususiy mulk zarar ko‘rishiga olib kelmoqda.

Ushbu sabab va oqibatlarni hisobga olgan holda, Birinchi anvbatda, shaharning bosh rejasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lgan bo‘lardi. Bosh reja ishlab chiqish oson ish emas  va buning uchun ham uzoq vaqt talab qilinadi. Chunki ushbu reja ishlab chiqarish, dam olish, aholi turar joy hududlarini, transport tizimlarining rivojlanish zonalarini aniq belgilab olish imkonini beradi. Kelajakda, bosh rejada belgilangan har bir zonaning maqsadidan kelib chiqqan holda, u yerda qurilishi mumkin bo‘lgan obyektlar, kirtilishi mumkin bo‘lgan investitsiyalar belgilab olinadi.

Sbor ovoshey v fermerskom xozaystve - Sputnik O‘zbekiston
Fermerlarga yer beriladi

Shuning uchun ham yer mulkini xususiylashtirish  faqat bosh reja ishlab chiqarilganidan keyin amalga oshirilsa, kelajakda ko‘plab xato, mojaro, buzib-qurishlarning oldi olingan bo‘lar edi.

Investitsiyalarni kiritshda ham bosh rejaga muvofiq ish ko‘rilsa, kelajakda bunday obyektlarning istiqboli yanada mustahkam, buzilish xavfi minimal darajada bo‘lar edi.

Xalqaro tajriba: Rossiya Federatsiyasida hududlarni rejalashtirish majburiy tartibda mahalliy hukumat rasmiy veb saytida chop etilishi kerak. Shundan so‘ng u bir oy davomida jamoatchilik muhokamasidan o‘tadi. Hudud bosh rejasi jamoatchilik yig‘ilishlari protokollari bilan mustahkamlanadi. Shunday qilib bosh reja tuzishda aholi fikri va manfaatlari ham hisobga olinadi.

3. Xususiylashtirish – tarixiy me’rosning dushmani

Tarixiy va madaniy oyektlarni saqlab qolishga qaratilgan choralarning yo‘qligi, xususiylashtirish jarayonida ularga ulkan zarar yetkazishi mumkin, hatto ularning bir umrga  yo‘qolshiga olib kelishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda “Biz yangi dunyo quramiz” shiori ostida o‘z madaniy me’rosimizdan ayrilib qolishimiz mumkin.

O‘zbekistonliklar yerlari olib qo‘yilishi mumkin bo‘lgan sabablar sanab o‘tildi

Shuning uchun ham, madaniy tarix me’rosi hududlarini alohida zonaga ajratish talab qilinadi. Ushbu hududlarda tarixiy obyektlarni saqlab qolish uchun qat’iy cheklovlar amal qilishi kerak. Ushbu cheklovlar nafaqat hudud ichidagi, balkim hududga tutash maydonlardagi qurilishlarga ham taaluqli bo‘lishi kerak. Ular hududning tarixiy me’moriy ko‘rinishini buzmasligi kerak.

Mutaxassis fikriga ko‘ra, hozir Toshkentda tarixiy binolar ro‘yxati yo‘qligi tufayli ayrim muhim ahamiyatga ega bo‘lgan binolar ham buzilmoqda. Xususan Amir Temur ko‘chasidagi 45 uy. U 1927-yilda konstruktivizim uslubida qurilgan ushbu bino Toshkentning 1950-yillardagi hayotini aks ettiruvchi namuna sifatida sayyohlarga qiziq bo‘lishi mumkin edi.

MDHning yetakchi mamlakatlarida tarixiy obyektlar va binolar haqidagi ma’lumotlar Madaniyat vazirligi saytida ochiq holda topish mumkin.

4. Yerning xususiylashtirish – aholi uchun bepul bo‘lishi kerak

Yerni xususishlashtirishdan eng katta maqsad nima ekanini boshidan belgilab olishimiz kerak. 

Platniy uchastok skorostnoy trassi - Sputnik O‘zbekiston
Investorlarga pullik magistral yo‘llar qurish uchun yo‘l va yer uchastkalari beriladi

Sobiq SSSR mamlakatlarining barchasida ushbu jarayon – mulkdorlar sinfini yaratish maqsadida amalga oshirladi, deyilgan. Aynan shu sababdan  MDH respublikalarida yer uchastkalari jismoniy va yuridik shaxslarga bepul berish tartibi belgilangan. Masalan Qozog‘istonda har bir fuqaro umridan bir marotaba 0,10 gektar yerni bepul xususiylashtirish huquqiga ega. Armaniston va Estoniyada ham shunga o‘xshash tartib o‘rnatilgan. Rossiyada ham “Uzoq Sharq gektari” nomli qonun qabul qilingan bo‘lib unga ko‘ra Rossiya fuqarolari O‘zoq Sharq o‘lkasi hududidan 1 gektar yerni bepul xususiylashtirishlari mumkin.

Shuningdek, ushbu jarayonda nogironlar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, ko‘p bolali onalar va nafaqaxo‘rlar uchun alohida imtiyozlar belgilash kerak bo‘ladi.  

5. Mahalliy hokimiyatga tegishli bo‘lgan mulklarning ro‘yxati yo‘q

O‘zbekiston Fuqarolik kodeksida aytilishiga ko‘ra davlat boshqaruv organlari ixtiyoridagi mulklarning turlari sanab o‘tilgan xolos. Ularning aniq ro‘yxati keltirilmagan. Ikkinchidan, ushbu mulklar davlat organlariga tegishli bo‘lsada, ular  muhim ijtimoiy ahamiyatga ega va soliq to‘lovchilar mablag‘i  evaziga vujudga kelgan. Shu sababli ushbu mulk faoliyati bilan bog‘liq ko‘rsatgichlar jamoatchilik oldida ochiq e’lon qilib borilishi kerak.

Xulosa

Yerni xususiylashtirish – davlat va fuqaro orasidagi munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishda juda muhim qadamdir. Ushbu qadam natijasida mulkdorlar sinfi hamda qulay investitsion muhit paydo bo‘ladi. Agar ushbu islohotlar aholining keng qatlamlari manffatlarini hisobga olmay o‘tkazilsa – ularning natijasida  jamiyatda ijtmoiy tengsizlik keskinlashishi mumkin. Umid qilamanki, ushbu maqolada aytilgan fikrlar ham sohaga doir qabul qilinadigan qonunlarda o‘z aksini topadi.

Yangiliklar lentasi
0