Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi tasdiqlandi

© Flickr / tuchodiTraktor na pole vo vremya poseva
Traktor na pole vo vremya poseva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yer uchastkasini ajratish uchun tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga ariza beriladi.

TOShKENT, 30 yanv – Sputnik. Hukumat qarori bilan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

Nizomga muvofiq, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishga yer uchastkasi egalari bilan ochiq muhokama o‘tkazilganidan hamda yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash “Davergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Protekayushaya krovlya v odnom iz domov v Fergane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berdi

Yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni tayyorlash ishlari hokimning qarori bilan belgilangan yer uchastkasi ajratilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs (buyurtmachi) hamda kadastr organlari tomonidan shartnoma asosida bajariladi.

Buyurtmachi yer uchastkasini ajratish uchun tuman (shahar), Toshkent shahar hokimligiga ariza beradi.

Ajratilayotgan yer uchastkalari qurilish organlari bilan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali kelishilishi lozim.

Tegishli tashkilotlarning ijobiy xulosalari va kelishuvlari olingandan keyin tuman (shahar), Toshkent shahar hokimi ikki kun muddatda yer uchastkasi ajratish haqida qaror qabul qiladi.

Qaror asosida uch kunda yer uchastkasi chegaralari belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0