Tadbirkorlarga yer berish tartibi soddalashtirildi

Obuna bo‘lish
Tuman hokimligi bir ish kunida arizani ko‘rib chiqib, hujjatlarni yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman filiallariga (ijrochiga) yuboradi.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. “Tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sug‘orish, tayyorlash va saqlash bo‘yicha yengil konstruksiyali infratuzilma obyektlarini qurish uchun yer uchastkasi ajratish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi, deb xabar qildi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Traktor na pole vo vremya poseva - Sputnik O‘zbekiston
Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun berish tartibi tasdiqlandi

Nizomga muvofiq, tadbirkorlar yerga yengil konstruksiyali obyektlar hamda issiqxonalar qurish uchun arizani shaxsan yoki pochta orqali hokimiyatlarga beradi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

- tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

- yer uchastkasi guvohnomasining nusxasi.

Tuman hokimligi bir ish kunida arizani ko‘rib chiqib, hujjatlarni yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman filiallariga (ijrochiga) yuboradi.

Ijrochi besh ish kunida yengil konstruksiyali obyektlar hamda issiqxonalar qurish uchun yer uchastkasi ajratish materiallarini tayyorlaydi va ularni kelishish uchun bir ish kunida vakolatli organlarga yuboradi. 

Vakolatli organlar uch ish kunida xulosani ijrochiga taqdim etadi hamda ijrochi uch ish kunida tuman komissiyasining dalolatnomasini, bir ish kunida hokim qarori loyihasini tayyorlaydi.

Hokim ikki ish kunida qaror qabul qiladi.​​

O‘zbekiston yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berdi

Yangiliklar lentasi
0