Analitika

Shavkat Mirziyoyev asosiy investorni qanday tanlamoqda – ekspert fikri

CC0 / pixabay / Soveщaniye. Illyustrativnoye foto
Soveщaniye. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xalqaro xavfsizlik sohasidagi maxsus mediametrik tadqiqotlar markazi eksperti Igor Nikolaychuk Sputnik uchun.

Oʻzbekiston prezidenti uchun yanvar oyining oʻrtasi samarali boʻldi. Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif buyurdi, undan ilgariroq esa - Hindistonda “Joʻshqin  Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammiti ishtirok etib, nutq soʻzladi.

Bu tashriflarni rahbarining odatdagi faolligi deb hisoblash mumkin edi. Jurnalistikada bunday rasmiy uchrashuvlar uchun maxsus  atama bor: “parket” degan. Germaniyaning tashqi propaganda organlari ham Mirziyoyevning Berlinga tashrifi maqsadi va natijalari va uning GFR birinchi shaxslari bilan uchrashuvini “iltifot almashish” deb taʼriflashdi.

Bunday tushunish boshqa payt ibora haqiqat boʻlishi mumkin edi, lekin hozir emas. Oʻzbekiston prezidenti muvaffaqiyatli “debyut” davridan soʻng “kutayotgan tomoshabinlar”ga oʻzining “gʻalaba strategiyasini” namoyish qilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s premyer-ministrom Indii - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Hindistonga uran yetkazib berish boʻyicha kelishuv imzolandi

Karimovning prezidentligining soʻnggi yillaridan boshlab Oʻzbekistonga, davlat sifatida, butun dunyoda qiziqish ortib bormoqda.  Ushbu qiziqish darajasi 2011 yilda shartli  “1”ga teng deb qabul qilsak, 2019 yilning yanvarida ushbu koʻrsatgich “3” ni tashkil qildi. Ushbu trend barqaror ravishda oʻsib bormoqda. Diplomatlar bunday holatlarga tashqi siyosatni yoʻlga qoʻyish uchun qulay vaziyat deb qarashadi. Biroq bu yerda oʻziga xoslik mavjud.

Masalan,  Germaniyada Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqish faqat 2016 yilning oktyabridan boshlab oʻsa boshlagan. Hindistonda, esa mamlakatga boʻlgan qiziqish Karimov davrida bir qancha balandroq edi. AQShda Oʻzbekistonga boʻlgan qiziqish trendi “noaniq” boʻlsada, lekin GFRga “tashrif arafasida - birdaniga yuqoriladi.

Mirziyoyevning soʻnggi ikki tashrifi davomida eng kuchli axborot faolligi Rossiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Frantsiyada kuzatildi. Aytgancha, Frantsiya va Germaniyada asosiy mavzu sayohat va viza boʻlgan. Qizigʻi shundaki, GFRda Oʻzbekistonga boʻlgan umumiy qiziqishdan tashqari “palov” va boshqa gastronomik mavzularga qiziqish juda tez oʻsib bormoqda. Germaniyada yashaydigan millionlab turklar va kurdlar palov pishirishni bilmaydiganga oʻxshaydi, shekilli.

Endi yirikroq  shaxslarga oʻtsak. Alisher Usmonov, Forbes jurnaliga koʻra “2018 yilning odami” deb tan olingan. Jurnalga bergan interyusida Usmonov Oʻzbekistonni ona yurti deb eʼlon qildi va Mirziyoyevning prezidentlik faoliyatini natijalarini quyidagicha  izohladi:

- Shavkat Mirziyoyev islohotchi, lekin Gorbachyov emas, chunki uning aniq rejalari bor;

- U haqiqiy vatanparvar va Oʻzbekiston davlatining yemirilishiga yoʻl qoʻymaydi;

- U iqtisodda taraqqiyotni xohlaydigan sharqdagi rahbariing yangi turidan boʻlsa ajab emas;

- Yangi prezident siyosatda keskin oʻzgarishlar amalga oshirdi va Oʻzbekistonning muvaffaqiyatlari yaqqol koʻrinib turibdi – ularni butun dunyo tan oldi: siyosiy mahkumlar ozod qilindi, mamlakat ancha ochiqroq boʻldi, sayyohlar oqimi juda oʻsdi.

Shavkat Mirziyoyev i Angela Merkel - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev va Merkel uchrashuvi: Oʻzbekiston va Germaniya 8 milliard yevrolik kelishuvga erishdi

Germaniya kantsleri Angela Merkel ham Shavkat Mirziyoyev bilan boʻlgan rasmiy uchrashuvdagi nutqida xuddi shular haqida gapirib oʻtdi.

Rossiyalik oligarx tizimdagi oʻzgarishlarni juda aniq izohlab berdi – tez orada Oʻzbekistonda mulkni qaytadan taqsimlash boshlansa ajab emas. Rossiyada bu davrni eslaganda – odamlarning rangi oʻzgaradi, lekin Oʻzbekistonda bu jarayon batartib oʻtishi kerak.

Aytish joizki, Karimov davrida ham mamlakatda privatizatsiya oʻtkazilgan edi. Lekin u Sovet davridagi Gosplanga asoslangan holda, rasmiyatchilik bilan oʻtkazilgan boʻlib kvazikapitalistik tizim edi. Oʻzbekiston iqtisodi uzoq vaqt davomida soxta koʻrsatkichlar dunyosida yashab keldi.

Endi esa, aholi farovonligini oshiradigan vaqt keldi. Buning uchun iqtisodni raqobatbardosh qilish kerak. Davlat ishtirokini ham saqlab qolsa boʻladi, lekin iqtisodni harakatlantiradigan asosiy kuch – sarmoyalar boʻladi va birinchi oʻrinda xorijiy sarmoyalar.  

Bu bir vaqtlar qariyb mustaqil boʻlgan Ajariyani eslatadi: qashshoq, korruptsiyaga botgan Batumiga “islom” orqali bardam turk kapitali keladi, yomgʻirdan keyin oʻsib chiqqan qoʻziqorindek, osmonoʻpar binolar, dengizga qarata qurilgan mehmonxona va ofislar qad rostlaydi, millionlab badavlat ozarbayjonlik sayyohlar sohillar va mehmonxonalardagi lyuks xonalarni toʻldirishadi, mahalliy aholi ommaviy ravishda kabob pishirib, “Izabella” vinosini sotishadi, mehmonxona xodimi boʻlib ishlab, davlat orttirishadi. Hamma davlatga soliq toʻlaydi.

Aytish joizki, Rossiya Mirziyoyevning rejalariga qiziqish bilan qaraydi, xolos undan ortigʻi emas. Oʻzbekiston – mustaqil davlat, uning ichki siyosati, jumladan iqtisodining Moskvaga daxli yoʻq. Buning ortidan diqqat bilan globalistlar kuzatishsin. Oʻzbekiston rahbarining oldida  esa asosiy va yirik mablagʻ kirituvchi, strategik investorni tanlash kabi muhim masala turibdi. Shunday investor boʻlsinki, davlat mustahkamlansin, gullab-yashnasin.

Yaqinda Standard Chartered banki ekspertlari eʼlon qilgan hisobotga koʻra, yaqin kelajakda dunyoda asosan Osiyo, va qisman, Islomiy davlatlar iqtisodi kuchayadi. 2030 yilga kelib Indoneziya, Turkiya, Misr ilgʻor iqtisodiy davlatlarga aylanadi. Xitoy, shubhasiz dunyo iqtisodiy yetakchiligini saqlab qoladi, lekin ikkinchi oʻringa ishonch bilan Hindiston oʻtib oladi. Uning iqtisodi, ayniqsa, jadallik bilan oʻsadi. AQSH uchinchi oʻringa tushib ketadi, lekin Yevropa ittifoqining (Buyuk Britaniyasiz) birlashgan iqtisodi hisobga olmagan holda. Yevropada Germaniya ustun boʻlib, asosiy rolni oʻynaydi. Shunday ekan, AQSH toʻrtinchi oʻringa tushib ketadi. Bu prognozlarga ishonmaslik mumkin, biroq soʻnggi tashriflar manzillardan koʻrinib turibdi-ki, Mirziyoyev buni yaxshi fahmlaydi. 2030 yilgacha atiga 11 yil qoldi, va Shavkat Miromonovich bu yilni prezident maqomida kutib olishi ham ehtimoldan xoli emas.

Siyosat
Yevropa ittifoqi: Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda iqtisodiy yetakchiga aylanishi mumkin

Ammo Oʻzbekiston uchun ushbu vaziyatda Yevropa ittifoqi (Germaniya), Hindiston va Xitoyning mamlakatga taʼsiri taqsimlanishi tufayli nizolar xavfi paydo boʻladi. YEI va Xitoy shaxmat oʻyinini oʻynaydi, Hindiston esa AQSH quvvati butunlay bitmaguncha ularning chizigʻini oʻtkazadi. Bularning hammasi, maʼlum darajada, diplomatik amalyotida namoyon boʻlmoqda.

Ushbu oʻyinda Vashington yana bir imkoniyatdan foydalanadi: u Oʻzbekistonni Xitoyga gijgijlashni boshlaydi. Bular ertak emas, ilk qadam allaqachon qoʻyilgan. Amerikada hozir Markaziy Osiyo mintaqasiga nisbatan ilmiy gʻoyaning eng keng tarqalgan yoʻnalishi bu – hududda sinofobiya (Xitoydan qoʻrqish)  muammolarini chuqur oʻrganishga bagʻishlangan. Aslida esa bunday  “oʻrganish”dan maqsad – shunday gʻoyalarni “oʻtqazish” deb tushuniladi.

Soha professorlari oʻzlarining bunday “oʻrganish”larga bagʻishlangan ilmiy ishlarida  qirgʻizlarning  “Qora sochli xitoylik kelgan joyga, malla soqolli rus oʻz otasi boʻladi” degan maqolini keltirishni yaxshi koʻrishadi.

Rossiya esa Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlarini yaxshilashi mumkin. Bu uning qoʻlidan keladi. Agar qoʻlidan kelmasa, unda Alisher Usmonov oʻzining biznesdagi sherigi va doʻsti, zamonamizning yirik tadbirkorlaridan biri Jek Ma (Ma Yun) orqali doʻstlashishga yordam berishi mumkin.

Axir, Jek hozir biznesdan bir oz chetga chiqib, Xitoy Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻldi va davlatni siyosiy mustahkamlash bilan faol shugʻullanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0