Yevropa ittifoqi: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda iqtisodiy yetakchiga aylanishi mumkin

Obuna bo‘lish
Maxsus dasturga ko‘ra, O‘zbekiston uchun YeI bozorlariga olti ming turdan ziyod tovarlarning bojsiz kiritilishi imkoniyati taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston bu maqomga ega bo‘lish uchun zarur talablarning bir qismini bajarib bo‘lgan

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari — investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Suxrob Xolmuradov YeI Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Peter Burian boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuvda Burian O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan maqsad sari harakat qilsa Markaziy Osiyoda iqtisodiy yetakchiga aylanishini ta’kidladi.

Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston
YeI Rossiya bilan Markaziy Osiyoda raqobat qilmoqchi emas, dedi Mogerini

Maxsus vakilning aytishicha, YeI prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy siyosatini olqishlaydi va mamlakat tashabbuslarini, xususan grantlar yordamida qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

"Yevropa tashqi aloqalar xizmatining Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘linmasi rahbari o‘rinbosari Filip van Amersfoortning xabar qilishicha, YeI Markaziy Osiyo bilan hamkorlikning yangi strategiyasini ishlab chiqish ishlarini yakunlamoqda, hujjat 2019-yil birinchi yarim yilligi yakuniga qadar qabul qilinadi", — deyiladi xabarda. Hujjatda O‘zbekistondagi yangilanishlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha barcha choralar aks ettiriladi.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi vakillari O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan tashabbuslari naqadar muhimligiga e’tibor qaratdilar.

Yevropa Ittifoqi o‘zbek tovarlari uchun o‘z bozorlariga yo‘lni keng ochishni maqsad qilgan. Maxsus dasturga ko‘ra, O‘zbekiston uchun YeI bozorlariga olti ming turdan ziyod tovarlarning bojsiz kiritilishi imkoniyati taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston bu maqomga ega bo‘lish uchun zarur talablarning bir qismini bajarib bo‘lgan.

Bundan tashqari, YeI O‘zbekistonning Butunjahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatlashga va respublikaga bu borada zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0