Hindistonga uran yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzolandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s premyer-ministrom Indii
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s premyer-ministrom Indii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hindiston Eksimbanki bilan O‘zbekistondagi ijtimoiy muhim loyihalarni moliyalashtirish uchun qiymati 200 million dollarga teng kredit liniyasi ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

TOShKENT, 18 yanv – Sputnik. 18-yanvar kuni Gandinagar shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Jo‘shqin Gujarat” xalqaro sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

V Samarkande sostoyalas pervaya ministerskaya vstrecha dialoga Indiya – Sentralnaya Aziya s uchastiyem Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston Markaziy Osiyoga yaqinlashmoqda: bu geosiyosiy ambitsiyami yoki do‘stlik qo‘li?

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan yili oktabr oyidagi Hindistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarning amaliy ijrosi bilan bog‘liq masalalar, shuningdek O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.  

Tashrifdan so‘ng o‘tgan vaqt davomida barcha yo‘nalishlardagi o‘zaro aloqalar faollashgani qayd etildi.

O‘tgan hafta Samarqand shahrida “Hindiston – Markaziy Osiyo” Muloqoti tashqi ishlar vazirlarining Afg‘oniston ishtirokidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida Toshkentda qo‘shma Tadbirkorlikni rivojlantirish markazi o‘z faoliyatini boshladi. Mamlakatda Hindiston sanoat konfederatsiyasi vakolatxonasi ochilishi ko‘zda tutilmoqda. 

Sammit arafasida Gujaratda O‘zbekiston-Hindiston ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Hindistonlik hamkorlar bilan Toshkent shahrida ilg‘or axborot texnologiyalari texnoparki, Andijon viloyatida farmatsevtika zonasi tashkil etilmoqda.

“Hindiston Eksimbanki bilan O‘zbekistondagi ijtimoiy muhim loyihalarni moliyalashtirish uchun qiymati 200 million dollarga teng kredit liniyasi ajratish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, - deyilgan xabarda.

Yangi o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda Hindistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari – “Amiti” va “Sharda” universitetlari o‘z ishini boshlaydi.

Davlat rahbarlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika tarmog‘i, zargarlik sanoati, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik infratuzilmasini modernizatsiya qilish va boshqa yo‘nalishlardagi ustuvor loyihalar va hamkorlik dasturlari amaliy ijrosini jadallashtirish zaruriyatini qayd etdi. 

Ministr inostrannix del RF S.Lavrov provel rad vstrech v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Ulkan yordam: Hindiston Afg‘onistonga 3 milliard dollarlik yordam beradi

Madaniy-gumanitar almashinuvni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni faol rivojlantirish yo‘lida qat’iy ekanliklarini tasdiqladilar.

Uchrashuv so‘nggida Hindistonga uran yetkazib berish bo‘yicha imzolangan uzoq muddatli kelishuvni o‘zaro almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0