“Bu mening katta orzuim”: Mariya Zaxarovaning O‘zbekiston haqidagi taassurotlari. Eksklyuziv

© SputnikOfitsialniy predstavitel MID RF Mariya Zaxarova vo vremya vizita v Tashkent
Ofitsialniy predstavitel MID RF Mariya Zaxarova vo vremya vizita v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida mintaqadagi oddiy bo‘lmagan geopolitik muammolar, samimiy va gullab-yashnab borayotgan Toshkent va o‘zining sharq buyumlariga bo‘lgan azalgi ishtiyoqi haqida so‘zlab berdi.

Mariya Zaxarova O‘zbekistonga hamisha xizmat yuzasidan keladi. Bu gal ham xuddi shunday bo‘ldi. U O‘zbekiston tashqi siyosat idoralaridagi hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazdi, diplomatiya universiteti talabalari bilan uchrashdi, shuningdek do‘stlari bilan ko‘rishib suhbatlashishga ham ulgurdi. Aytgancha, O‘zbekistonda uning do‘stlari ko‘p.

Vizit Ofitsialnogo predstavitelya MID RF Marii Zaxarovoy v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Mariya Zaxarova Toshkentda: o‘zbekona lutf, ochiq javoblar va diplomat bo‘lish siri haqida

U bir piyola choy va behidan tayyorlangan shirinligi dasturxoni atrofida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ham dunyo siyosatining muhim va jiddiy masalalari, ham unchalik jiddiy bo‘lmagan, lekin muhim bo‘lgan, masalan, u qanday qilib “o‘zbekona” osh tayyorlashi va “O‘rta Osiyo uslubini“ qanday sevib qolganini so‘zlab berdi.

Moskva va Toshkent ittifoqi “feyk nyus”ga qarshi

Mariya Zaxarova Toshkentga sharq bozorlariga tashrif buyurish uchun kelmagan. Ushbu safar sermazmun va samarali bo‘ldi.

 “Bu o‘zbek do‘stlarimiz va Tashqi ishlar vazirligidagi hamkabslarimiz bilan ikkinchi TIVlararo maslahatlashuvlardir. Bu safar biz juda samarali ishladik – fikrlashdik, bir soatda ulguramiz dedik, natijada esa uch soat o‘tirib ishladik. Davlat rahbarlari yaratgandek ajoyib muhit edi. Kuni kecha prezidentimizning O‘zbekistonga tashrifi yakuniga yetdi”, - deb eslatdi diplomat.

Uning so‘zlariga qaraganda, Vladimir Putinning yaqinda O‘zbekistonga qilgan tashrifi – ikki tomonlama munosibatlar rivojlanishida tarixiy bosqich. Yuzlab ishbilarmonlar, hudud vakillari va idoralar rahbarlari hamma asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha, iqtisodning strategik sohasidan madaniy va gumanitar aloqalargacha, keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdi.

“Muhokama uchun masalalar talaygina - bu ikki davlat OAVlar o‘rtasida ham mustahkam aloqalar o‘rnatish, axborot almashish, umumiy chaqiriqlarga qarshi kurashish – bu esa “feyk nyus”, davlatlarimizga qarshi targ‘ibot kampaniyalari. Sizga buni aytishni hojati yo‘q – O‘zbekiston haqida tez-tez yolg‘on xabar ham, shunchaki ishonib bo‘lmaydigan ma’lumotlarni ham tarqatishadi. Bizning ko‘plab hamkorlarimiz, afsuski mamlakatda bo‘layotgan ijobiy vaziyatlarni ko‘pincha ko‘rishmaydi, ammo doimo salbiy g‘alayonni ko‘tarish uchun har qanday bahonani ishlatishadi”, - deb qayd etdi Rossiya TIV vakili.

Bundan tashqari, RF tashqi siyosat idorasining rasmiy vakili jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari – bo‘lajak diplomatlar oldida nuqt so‘zladi. Ularning uchrashuvdagi faolligidan Zaxarova hayratga tushdi.

© SputnikIntervyu s ofitsialnim predstavitelem MID RF Mariyey Zaxarovoy
“Bu mening katta orzuim”: Mariya Zaxarovaning O‘zbekiston haqidagi taassurotlari. Eksklyuziv - Sputnik O‘zbekiston
Intervyu s ofitsialnim predstavitelem MID RF Mariyey Zaxarovoy

“Leksiya emas, balki savol-javob kechasi bo‘ldi. Ularni hamma narsa qiziqtirdi: global mavzudan boshlab amaliyotga o‘tdik: qanday qilib yaxshi mutaxassis bo‘lish yoki hozirgi kunda xalqaro murakkab muammolarni qanday yechish mumkin”, - deb qayd etdi Zaxarova.

Afg‘oniston masalasi va toliblar bilan muzokaralar

Toshkentdagi uchrashuvning mavzularidan biri bu Afg‘oniston masalasi bo‘ldi. Rossiya Markaziy Osiyo davlatlarining janubiy chegaralaridagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal etishdan manfaatdor.

 “Biz muzokaralar jarayonining faol ishtirokchi, shu bilan birga Afg‘onistondagi vaziyatni global tarzda hal qilishgan qaratilgan turli doiralarda ham ishtirok etamiz. Mintaqa barqarorligi ushbu davlatga bog‘liq. Kengroq ma’noda, butun dunyo ham Afg‘oniston inqirozi ta’sirini o‘zida sezadi. Biz aloqa qilib turamiz, muzokaralar o‘tkazamiz, tashabbuslar kiritib vaziyatni tahlil qilamiz. Buning hammasi Afg‘onistondagi hamkorlarimiz bilan ikki tomonlama asosda – avvalombor rasmiy hukumat bilan bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birgalikda toliblar bilan ham aloqa qilamiz, buni hammasini ochiq-oydin amalga oshiramiz. Afsuski, G‘arbda tez-tez bu vaziyatni boshdan oyoq to‘ntarib gapirishadi”, - deb e’tirof qildi Rossiya diplomati.

O‘zbekistonning tinchlik o‘rnatishdagi sayi-harakatlari hamda O‘zbekiston diplomatiyasining “Tolibon” vakillari bilan aloqasi ushbu juda murakkab geosiyosiy masalada haqiqiy o‘zgarishlarga umid beradi deb qo‘shimcha qildi Mariya Zaxarova.

O‘zbek noklari va bog‘dorchilikka qiziqish

Mariya Zaxarova O‘zbekistonga xizmat safari yuzasidan birinchi kelishi emas, ammo hamisha rasmiy delegatsiya tarkibida kelardi. Shu boisdan uning shahar bo‘ylab sayr qilish va shaxsiy uchrashuvlarga vaqti qolmasdi.

“Bu shaharni tomosha qilish, bozorga borish, do‘stlar bilan o‘tirib suhbatlashishga imkoniyatim bo‘lgan birinchi tashrifim bo‘lsa kerak. Bu yerda do‘stlarim ko‘p, ota-onamning ham do‘stlari bor”, - deb hikoya qiladi Mariya Vladimirovna.

Har bir xalqning mehmonlarni hayratga soluvchi o‘ziga xos xususiyati va odatlari bor. Sputnik O‘zbekiston muxbiri Mariya Zaxarovadan O‘zbekistonda nima hayratga solib lol qoldirganini so‘radi. Diplomatlarga xos bo‘lgani kabi, u mamlakatda bir qancha vaqt yashab, uning turmushini yaqindan o‘rganib, an’analariga qo‘shilgandan so‘nggina baho berish mumkin deya mujmal javob berdi. Lekin ba’zi bir milliy xususiyatlar haqida qisqa safarlar chog‘ida ham fikr yuritish mumkin.

Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Mariya Zaxarova o‘zbekcha libosda suratga tushdi

“Bog‘ va tomorqa - bu bizda ko‘proq otameros mulk, shunday ekan bu doimiy suhbatlar uchun mavzu bo‘lolmaydi. Bu yerda esa do‘stlarim menga bog‘larini ko‘rsatishdi, ular qancha ko‘p hosil olishgani, anor shirinligi, qanaqa noklar yetishtirganliklari, uzumning qaysi navlari ekishganlari haqida suhbatlashishdi. Odamning vatani tabiati va u o‘z qo‘llari bilan nimalar yetishtirgani haqida to‘lib toshib so‘zlashi bu juda hayratli”, - deb qoil qoldi Zaxarova.

Kutilmaganda Zaxarova bir necha yil ilgari u ham “bog‘dorchilikka bo‘lgan ishtiyoq”ni his etganiga iqror bo‘ldi. Albatta, Rossiyada iqlim boshqacha, lekin o‘z qo‘llaring bilan yetishganlar narsalardan tayyorlashning gashti boshqacha, deydi Mariya.

 “Sharq xonasi”ning xazinasi

Mariya Zaxarova shunchaki xalq oldida chiqib so‘zlovchi kishi emas. U ijtimoiy tarmoqlarda juda faol. Kunning dolzarb mavzusiga nafaqat o‘rinli izoh, balki qiziqarli shaxsiy suratlarini ham ko‘rsatib turadi. Rossiya TIV rasmiy vakili ikki marta o‘z mushtariylariga kashta tikilgan libosini ko‘rsatgandi, o‘zining postlaridan birida esa Sharq muzeyini eslatuvchi qadrli xonasini namoyish qilgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sayohatdan yoki xizmat safaridan kiyim, yoki milliy uslubdagi idish-tovoq olib kelgan ota-onasi uning sharq buyumlariga bo‘lgan havasni uyg‘otishgan.

 “O‘zbekistondan ota-onam tez-tez so‘zana, milliy taqinchoqlar, ko‘ylaklar olib kelishardi. Qaysidir payt bu shunchalik ko‘payib kettiki, biz dachada bir xonani to‘liq O‘rta Osiyo uslubidagi tashkil qildik. Menga hamisha bunaqangi buyumlar faqat serquyosh mamlakatda paydo bo‘lishi mumkin deb tuyulardi – shu qadar ranglari yorqinki”, - deya e’tirof qildi Zaxarova.

Mariya Vladimirovna ushbu safaridan Rossiyaga uyi uchun sharqona uslubda yangi parda tikishi uchun o‘zbek matosini olib ketmoqda.

Qovoqdagi osh va Buxoro va Samarqand haqidagi orzular

O‘zbekistonda choyxonada bir piyola choy va shirinlik dasturxoni atrofida o‘tirib, taom haqida suhbatlashmaslikni iloji yo‘q.

O‘zbekistonda ziyofatga otlanganda, odam o‘zini qo‘lga olishi kerak, bo‘lmasa mehmondorchilikning chegarasi yo‘q”, - deb kulib aytadi Mariya Vladimirovna va mahalliy quyuq ziyofatiga darhol odatlanmaganliga iqror bo‘ldi.

© Sputnik / Lekarkin Igor VyaOfitsialniy predstavitel MID RF Mariya Zaxarova vo vremya vizita v Tashkent
“Bu mening katta orzuim”: Mariya Zaxarovaning O‘zbekiston haqidagi taassurotlari. Eksklyuziv - Sputnik O‘zbekiston
Ofitsialniy predstavitel MID RF Mariya Zaxarova vo vremya vizita v Tashkent

Diplomat oilasida sabzavotli va mevali bo‘lsada osh pishirishlarini e’tirof etdi. Biroq Zaxarova bu taomni hoynahoy haqiqiy o‘zbek ziyofatining e’tirozi deb hisoblashini oldindan aytib qo‘ydi. Tayyorlash usulini so‘zlab berdi.

“Men quruk mevalardan osh tayyorlashni yaxshi ko‘raman. U tayyor bo‘lganidan keyin, yumshoq, ammo shaklini tutib turuvchi yaxshi pishgan qovoq ichiga joylashtiraman. Hammasini 30-40 daqiqa 170 darajali haroratda o‘rab pishiraman. To‘yimli va mazzali bo‘ladi. Ko‘pchilikni to‘ydirsa bo‘ladi. Asosiysi dasturxonning ko‘rki bo‘ladi”, - deya kibrsiz qo‘shimcha qildi diplomat.

Ofitsialniy predstavitel ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Mariya Zaxarova Sputnik nima sababdan tanqid ostiga olinayotganini aytib berdi

Biroq O‘zbekistonning gastronomik shodliklari uni hayratga soluvchi yagona narsa emas. Zaxarova Samarqand va Buxoroga borib go‘zalligidan bahramand bo‘lish va haqiqiy Sharq ruhini chuqur his qilish orzusi ekanligiga iqror bo‘ldi.

 “Samarqand va Buxoroga borish mening katta orzuim. Men faqat suratlar, hujjatli filmlarni ko‘rganman, ko‘p o‘qiganman, endi esa bu shaharlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rmoqchiman. Ular nafaqat O‘zbekistonning boyligi, balki jahon madaniyatining boyligi hamdur”, - deb qo‘shimcha qildi suhbat yakunida diplomat.

Bugungi kundagi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi barcha darajadagi doimiy aloqalar va ikki tomon munosabatlarini inobatga olib, Rossiya diplomatiga Sharq durdonalari bilan taninish imkoniyati hali ko‘p nasib qiladi.

Yangiliklar lentasi
0