Mariya Zaxarova Sputnik nima sababdan tanqid ostiga olinayotganini aytib berdi

© Sputnik / Sergey PatakovOfitsialniy predstavitel ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova
Ofitsialniy predstavitel ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
G‘arbda Sputnik tanqid ostiga olinishiga sabab - uning samarali ekanligida, deydi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Ayrim G‘arb mamlakatlarida Sputnik axboorot agentligi va radiosi tanqid ostiga olinishiga sabab, uning maqsadli auditoriya bilan ishlashdagi samaradorligidir, dedi Rossiya TIV maxsus vakili Mariya Zaxarova Baltic Weekend media forumida.

Zaxarova aytishiga qaraganda Sputnikdan oldin faoliyat ko‘rsatgan “Golos Rossii”, radiokompaniyasiga hech qachon bunday ta’na va malomatlar yog‘dirilmagan. Xo‘sh Sputnikning undan farqi nimada? "Maqsad va vazifalar o‘zgarmagan bo‘lsada, axborotni kerakli auditoriyaga yetkazish uslubi yanada samaraliroq bo‘ldi" – deydi Zaxarova.

"Bizning dunyo miqyosida samaradorligimiz  raqobatbardoshligimiz ortgan sari, barcha uchun ommaviy qabul qilingan qonun – qoidalar tugab, yerdagi qonunlar amal qilmaydigan qandaydir koinot orbitasiga chiqib qolmoqdamiz. U yerda na toqatlilik, na huquq-tartib normalariga hurmat bor", - deydi Rossiya TIVi rasmiy vakili.

"Xorijiy jurnalistlar tomonidan Sputnik tomon otilayotgan toshlarning asosiy ma’nosi bitta - ular dezinformatsiya tarqatmoqda, degan mavzuda. Bunga javoban men: “Ana shunday yolg‘on ma’lumotlardan bir nechtasini to‘plab bizga yuboring, deyman, lekin shuncha vaqtdan beri hali hech kim bizga biror marta ana shunday “dezinformatsiya”ga misollar to‘plab yuborgani yo‘q", - deydi Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, Baltic Weekend  Sankt-Peterburgda har yili o‘tkaziladigan, Yevropada eng yirik bo‘lgan kommunikatsiyalar bo‘yicha xalqaro forum. O‘tgan 17-yil davomida ushbu forum Rossiya va xorijiy jurnalistlar muloqot qilishi uchun samarali maydon sifatida o‘zini namoyish qildi.

Sputnik - 32 tilda xabarlar tarqatuvchi xalqaro axborot agentligi va radiodir. Sputnik auditoriyasi oyiga 50 million kishini tashkil qiladi. Sputnikning  dunyo bo‘ylab joylashgan 22 redaksion markazlaridan 1000 dan ortiq kishi ishlaydi.

Yangiliklar lentasi
0