Mariya Zaxarova o‘zbekcha libosda suratga tushdi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya TIVining rasmiy vakili Mariya Zaxarova ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekcha libosda tushgan suratini joylashtirdi.

TOShKENT, 16 okt - Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Facebookida o‘zbekcha uslubda tikilgan choponda tushgan fotosuratini joylashtirdi.

“Men xalq san’atini juda sevaman. U, milliy madaniyatning o‘zligini saqlab qolgan holda, tabiatni his qilishdagi umumiylikka urg‘u berib, ajoyib uslubda insonlarni birlashtiradi.  Kutib oling – o‘zbek kashtasi”,  - degan Mariya Zaxarova.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari TIV vakilining libos chiroyli uslubga ega ekanligini qayd etishdi. Ayrimlar Zaxarova shunday yo‘l bilan Putinning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorlanayotganini  gumon qilishda.

Yangiliklar lentasi
0