Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim tizimini keskin tanqid qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev poruchil razrabotat novie standarti obrazovaniya
Shavkat Mirziyoyev poruchil razrabotat novie standarti obrazovaniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda oliy ta’lim tizimi taraqqiyotning lokomotivi bo‘lish o‘rniga, zamon bilan hamqadam bo‘lmayotgani achinarlidir”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

TOShKENT, 25 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-oktabr kuni oliy ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Abituriyenti iz Uzbekistana yedut uchitsya v Tomsk - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun eng ko‘p ariza o‘zbekistonlik abituriyentlardan tushgan

Yig‘ilishda oliy ta’lim muassasalarining nufuzi, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati xalqaro ilmiy hamjamiyatda munosib o‘ringa ega emasligi qayd etildi.

Ta’lim jarayoniga dunyoda tan olingan fan arboblari, yuqori malakali professor-o‘qituvchilarni jalb etish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani tanqid qilindi.

Rektor va prorektorlarni tayinlashda professor-o‘qituvchilarning fikri o‘rganilmayotgani oqibatida yangi tayinlangan rahbarning jamoa bilan ishlash samaradorligi yetarlicha bo‘lmayapti.

Ilm-fanni rivojlantirish, tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, ilmiy faoliyat natijadorligini oshirish, iqtidorli talabalar ilmiy izlanishlar olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratilmagan.

Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt miqdori e’lon qilindi

Ta’lim jarayoniga innovatsion metodikalarni joriy etish, o‘quv dasturlarining ishlab chiqarish bilan hamohangligini ta’minlash va eng asosiysi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish ishlari umuman qoniqarsiz ahvolda.

Oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish, ularni attestatsiyadan o‘tkazib, akkreditatsiyalash, hujjatlarni nostrifikatsiya qilish tartiblari bugungi kun talablariga mutlaqo javob bermaydi.

“Iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda oliy ta’lim tizimi taraqqiyotning lokomotivi bo‘lish o‘rniga, zamon bilan hamqadam bo‘lmayotgani achinarlidir. Mehnat bozoridagi tarkibiy o‘zgarishlarga javob beradigan, yoshlarimizga kasb-hunar o‘rgatadigan, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradigan tizim yo‘q desak, bu ham achchiq haqiqat,” – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu bois sohadagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Talabalar qabulining soddalashgan tizimini joriy etish orqali qabul jarayonini kvota tizimidan davlat buyurtmasi va tabaqalashgan to‘lov-kontrakt tizimiga o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. Oliy ta’lim muassasalarining xalqaro nufuzini oshirish, pedagog kadrlarning ilmiy-pedagogik faoliyatini munosib rag‘batlantirish maqsadida markazlashgan moliyalashtirishdan o‘z-o‘zini moliyalashtirish va iqtisodiy mustaqil tizimga o‘tish vazifasi qo‘yildi.

Rektorlar va prorektorlarni tayinlashni soddalashtirish, professor-o‘qituvchilar faoliyatini doimiy baholash, manzilli rag‘batlantirish, mas’uliyat va javobgarligini oshirish tizimini yaratish lozimligi qayd etildi.

O‘zbekiston rektorlar kengashi faoliyatini ham tubdan takomillashtirish vaqti kelgani ta’kidlandi. Rektorlar malakasini baholash, bunda ularning ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy salohiyatiga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Davlat rahbari ta’limdagi eng asosiy vazifa talabalar bilimini baholash, o‘quv dasturlari hamda mavjud ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishdan iborat ekanini ta’kidladi.

Xorijda tahsil olayotgan yoshlarning O‘zbekistonga qaytib kelishiga sharoit yaratish maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalari diplomlarini tan olish va nostrifikatsiya qilish tartibini yanada soddalashtirish, oliy ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiyalash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarori loyihasini tayyorlash vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston – Rossiya ta’lim forumi natijalariga ham e’tibor qaratildi.

Mediaforum Konstruktivnaya jurnalistika v kontekste regionalnix i globalnix trendov, kotoriy proxodil v gorode Yekaterinburge - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana bitta oliy ta’lim muassasasi tashkil qilinishi mumkin

Ma’lumki, ushbu forum yakunida rossiyalik hamkorlar bilan ta’lim va ilmiy faoliyatga oid 114 ta shartnoma va bitimlar imzolangan. Jumladan, O‘zbekistonda Rossiyaning 6 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasi filiali va 2 ta fakultet ochilishi, 52 ta qo‘shma ta’lim dasturi joriy etilishi nazarda tutilgan. Har bir kelishuv bo‘yicha “yo‘l xarita”lari ishlab chiqilgan.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur “yo‘l xarita”larida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Har bir filial, fakultet va qo‘shma dasturlar bo‘yicha tegishli huquqiy hujjatlarni sifatli ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliy ijrosini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Tashkil etilayotgan ushbu fakultetlarni filialga aylantirish choralarini ko‘rish istiqboldagi vazifalardir.

Yig‘ilishda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan kelishuvlar asosida professor-o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini mustahkamlash, malakasini oshirish, oliy ta’lim tizimiga ilmiy-texnologik ishlanmalar va axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Prezident kelasi yil Rossiyada o‘tadigan navbatdagi forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hozirdan aniq rejalar belgilab olish zarurligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0