TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. Rossiya oliy o‘quv yurtlarini tanlagan xorijlik abituriyentlar soni ortib bormoqda. Bu haqda Rossiya Ta’lim va fan sohasida nazorat federal xizmatishiuv ma’lum qildi.
Muassasa matbuot xizmatiga ko‘ra, birgina iyul oyida bunday arizalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 17 foizga ko‘paygan va 3 mingtadan ortiqni tashkil etgan.
Eng ko‘p arizalar O‘zbekiston, Eron, Misr, Iroq, Marokash, Saudiya Arabistoni va Tunis fuqarolaridan kelib tushgan.
Bugungi kunda Rossiyada 250 mingdan ortiq xorijlik talaba tahsil olmoqda. Bu mamlakatdagi jami talabalarning 5 foizini tashkil etadi.