Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt miqdori e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Oliy ta’limning barcha yo‘nalishlari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari e’lon qilindi.

TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. Bugun oliy ta’limning barcha yo‘nalishlari uchun to‘lov-kontrakt miqdori e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda “Xalq So‘zi”.

Xabarda aytilishiga ko‘ra 2018/2019 o‘quv yilida bakalavriatda bir yillik o‘qish uchun quyidagi to‘lovlar e’lon qilingan:

  • EKIHning 45 barobari miqdorida — 8 293 500 so‘m. Pyedagogika, Gumanitar fanlar, Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar, Sotsiologiya va psixologiya, Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari, Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya, Ijtimoiy ta’minot, Sport faoliyati,  Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi.
  • 46 barobari miqdorida – 8 477 800 so‘m. Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti, Jurnalistika va axborot, Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari, Arxitektura va qurilish, Xizmat ko‘rsatish sohasi, Transport.
  • 50 barobari miqdorida – 9 215 000 so‘m. San’at, Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish
  • 55 barobari miqdorida – 10 136 500 so‘m. Iqtisod, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment, Sog‘liqni saqlash.
  • 60 barobari miqdorida – 11 058 000 so‘m. Jahon siyosati, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Huquq.

O‘zbekiston oliygohlarida yangi o‘quv yilidan to‘lov-kontrakt miqdori oshgani haqida oldin xabar bergan edik. Xususan, o‘tgan yilda to‘lovlar miqdori 6 650 000 so‘mdan — 9 850 000 so‘mgacha edi.

Yangiliklar lentasi
0