O‘zbekiston mudofaa vaziri Qozog‘iston va Rossiya harbiy delegatsiyalarini qabul qildi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVizit Ministra oboroni RF Sergeya Shoygu v Uzbekistan
Vizit Ministra oboroni RF Sergeya Shoygu v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari tomonidan 2019-yilgi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining harbiy havo kemalari tomonidan ikki mamlakat havo makonidan foydalanish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Bugun, 12-oktabr kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Qozog‘iston hamda Rossiya mudofaa idoralarining rahbarlari bilan uchrashdi.

Ministr oboroni Uzbekistana Abdusalom Azizov - Sputnik O‘zbekiston
Azizov: dunyodagi vaziyat MDH mudofaa vazirlari kengashining ahamiyatini ko‘rsatmoqda

Abdusalom Azizov hamkasbi Nurlan Yermekbayevni Qozog‘iston Respublikasi mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, mamlakatlari o‘rtasida 2018-yilda strategik hamkorlikning yangi cho‘qqisiga chiqqan o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston mudofaa vaziri o‘z nutqida joriy yilning yoz oyida ikki mamlakat harbiy xizmatchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ikki bosqichli qo‘shma mashg‘ulotlar haqida ham to‘xtaldi.

Mazkur mashg‘ulotlar harbiy mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuviga zamin yaratib, ikki mamlakat armiyalari har qanday sharoitda ham birgalikda ishonchli harakatlana olishini ko‘rsatib berdi.

Shundan so‘ng, Abdusalom Azizov Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvlar davomida tomonlar O‘zbekiston-Qozog‘iston hamda O‘zbekiston-Rossiya davlatlari mudofaa sohasida hamkorlikning ayni vaqtdagi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollariga oid masalalarni muhokama qildi, harbiy texnika yo‘nalishida o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash borasida fikrlar almashdi.

Zasedanie Soveta federatsii RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya mudofaa vaziri Toshkentga keldi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirliklari o‘rtasida ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning normativ-huquqiy bazasi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo tuzilmalarning o‘ttizga yaqin hujjatlarida belgilangan.

2000 yildan boshlab O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasida har yili tasdiqlanadigan Harbiy hamkorlik rejasi asosida amalga oshiriladi.

Mazkur rejalarni amalga oshirish doirasida tezkor va o‘quv-jangovar, harbiy ta’lim, harbiy xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, havo harakatini boshqarish va parvozlar xavfsizligini ta’minlash, harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish, tibbiy ta’minotni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Rossiyalik hamkasbi bilan suhbat davomida Abdusalom Azizov rossiyalik harbiy mutaxassislar ishtirokida qo‘shma tadbirlarning muhim ahamiyatga ega ekaligini qayd etdi.

Ministr oboroni RUz Abdusalom Azizov nagradil pobediteley letnix Olimpiyskix igr - Sputnik O‘zbekiston
Abdusalom Azizov Osiyo o‘yinlari g‘oliblariga harbiy unvonlarni topshirdi

2017 yil oktabr oyining boshida Forish tog‘ dala o‘quv maydoni bazasida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma harbiy mashqlari ikki tomonlama munosabatlarning yanada mustahkamlanishi va o‘zaro manfaatli aloqalarning kuchayishiga yangi turtki berdi. Xususan, O‘zbekiston va Rossiya qurolli kuchlarining tog‘-o‘qchi bo‘linmalari eng qiyin tog‘ sharoitida hamkorlikda o‘quv jangovar vazifalarni bajarish bo‘yicha tajriba va qobiliyatlarini namoyish qildi.

2017 yil 24-oktabrda Toshkentda mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya maslahatlashuvlarining beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi. 2017-yil sentabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi huzurida harbiy attashe lavozimi joriy etildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari tomonidan 2019-yilgi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasi hamda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining harbiy havo kemalari tomonidan ikki mamlakat havo makonidan foydalanish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0