Rossiya mudofaa vaziri Toshkentga keldi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishZasedanie Soveta federatsii RF
Zasedanie Soveta federatsii RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun, 12-oktabr kuni Toshkentda Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu raisligida MDHga a’zo davlatlari vazirlari kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Afganskie sili bezopasnosti pribivayut na mesto napadeniya i obstrela v Kabule - Sputnik O‘zbekiston
Shoygu Afg‘onistondagi vaziyatni nostabil deb hisoblaydi

Xabarda aytilishicha, ayni vaqtda ikki mamlakat mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilish davomida bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 12-oktabr kuni Toshkentda Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu raisligida MDHga a’zo davlatlari vazirlari kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Tadbirda Ozarbayjon, Armeniya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiy idoralari delegatsiyalari ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0