Azizov: dunyodagi vaziyat MDH mudofaa vazirlari kengashining ahamiyatini ko‘rsatmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr oboroni Uzbekistana Abdusalom Azizov
Ministr oboroni Uzbekistana Abdusalom Azizov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda Ozarbayjon, Armeniya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari delegatsiyalari ishtirok etdi.

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Bugun, 12-oktabr kuni Toshkentda Rossiya mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu raisligida 75-chi MDH davlatlari mudofaa vazirlari Kengashi o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Zasedanie Soveta federatsii RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya mudofaa vaziri Toshkentga keldi

Kengash yig‘ilishida Ozarbayjon, Armeniya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa vazirliklari delegatsiyalari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov MDH mudofaa vazirlari kengashi ilk bor respublikada o‘tkazilayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Kengash bu ko‘p tomonlama harbiy hamkorlikni kengaytirish uchun muhim platformadir. Bugun MDH hamkorlarini yagona istiqbollar birlashtirmoqda – yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatli hamkorlik va mintaqaviy barqarorlik” – deb ta’kidladi Azizov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, MDH mudofaa vazirlari yillar davomidagi faoliyatda ko‘p tomonlama hamkorlikni ta’minlaydigan samarali jamoaviy tashkilotdir. Shuningdek, harbiy siyosat masalalariga konseptual yondoshuvlarni ko‘rib chiqish hamda harbiy mojarolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish platforma bo‘lib xizmat qildi.

“Bugun uchrashuvimiz tez o‘zgaruvchan, geosiyosiy ziddiyatlar va diniy aqidaparatlik kuchayotgan, yaqin va uzoq hududlarda mojaroli vaziyat keskinlashuvi sharoitida o‘tmoqda. Hamdo‘stlik mudofaa vazirlari kengashi milliy va umumiy manfaatlarni inobatga olgan holda o‘zaro ta’sir doirasini kengaytirish imkonini bermoqda. O‘zbekiston ushbu jamoat tashkilotining faoliyatida ishtirok etishga katta ahamiyat beradi”, - dedi Azizov.

Azizovning so‘zlariga ko‘ra, MDH mudofaa vazirlari kengashi platformasi mudofaa sohasida davlatlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, harbiy va harbiy-texnika hamkorlik turli yo‘nalishlari bo‘yicha aloqalarni kengaytirish imkoniyatini beradi.  

Ministr oboroni Uzbekistana Abdusalom Azizov vstretilsya s glavami oboronnix vedomstv Respubliki Armeniya, Belarus i Azerbaydjana. - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Belarus va Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

“O‘zbekiston deyarli barcha MDH davlatlari bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni kuchaytirdi. O‘zbekiston vakillari kengashning barcha qo‘mitalar ishida ishtirok etishmoqda. Toshkentda shu yil aprel oyida havo mudofaasiga qarshi masalalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Harbiy razvedka va axborot almashinuvi sohasida ham hamkorlik rivojlanmoqda. Biz armiya o‘yinlari, harbiylar o‘rtasida olimpiada va sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqdamiz”, - deb ta’kidladi O‘zbekiston mudofaa vaziri.

Azizov bugungi uchrashuv natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning Hamdo‘stlik formatida ko‘p tomonlama harbiy hamkorlik tizimini takomillashtirishga, umumiy, mintaqaviy va milliy manfaatlarga asoslangan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga yordam berishiga ishonch bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0