Abdusalom Azizov Osiyo o‘yinlari g‘oliblariga harbiy unvonlarni topshirdi

© Ministerstvo oboroni RUzMinistr oboroni RUz Abdusalom Azizov nagradil pobediteley letnix Olimpiyskix igr
Ministr oboroni RUz Abdusalom Azizov nagradil pobediteley letnix Olimpiyskix igr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida Mudofaa vazirligi Sport klubining 50 nafar a’zosi ham O‘zbekiston sharafini himoya qilib, 10 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

TOShKENT, 9 okt - Sputnik. Mudofaa vaziri bugun, 9-oktabr kuni bir guruh Osiyo o‘yinlari g‘oliblariga harbiy unvonlarni topshirdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot-xizmati.

Abdusalom Azizov i Sherali Mirzo - Sputnik O‘zbekiston
Biz dushmanni qaytarishga tayyormiz - Abdusalom Azizov qo‘shma o‘quv-mashg‘ulotlari haqida

"Mudofaa vazirligida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etib, g‘oliblikka erishgan hamda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Mudofaa vazirligi Sport klubi sportchilari va ularning murabbiylarini sharaflashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi", - deyiladi xabarda.

Tadbirda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizovdan tashqari, Jismoniytarbiyava sport vaziri Dilmurod Nabiyev, O‘zbekiston Milliy olimpia qo‘mitasi raisi Umid Axmadjonov, O‘zbekiston Boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Abdullo Sagdiyev ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida Mudofaa vazirligi Sport klubining 50 nafar a’zosi ham O‘zbekiston sharafini himoya qilib, 10 ta oltin, 12 ta kumush va 11 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Bu mazkur Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar tomonidan qo‘lga kiritilgan jami medallar sonining 48 foizi demakdir.

Uzbekskiy tajeloatlet Ruslan Nurudinov - Sputnik O‘zbekiston
Osiyo o‘yinlari kundaligi: Ruslan Nuriddinov jamoaga 6 - oltin medalni olib keldi

Mardligi, fidoyiligi, Vatanga bo‘lgan cheksiz sadoqati uchun mudofaavaziri XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha rekord o‘rnatgan shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilar Ruslan Nurudinov, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo o‘yinlarining 4 karra g‘olibi Vadim Menkov hamda yengil atletikachimiz Nadiya Dusanovaga navbatdagi "leytenant" harbiy unvonlarini tantanali topshirdi.

"Bu yerda o‘tirgan sportchilarning qo‘lgan kiritgan yutuqlari haqida har birini alohida e’tirof berishimiz lozim. Ularga munosib shart-sharoitlarni yaratib berishda, sport turlarini yanada ommalashtirishdaboshlagan ishimizni shu ruhda davom ettiramiz", — dedi mudofaa vaziri.

Tadbir davomida Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda Olmaotada bo‘lib o‘tgan Boks bo‘yicha 22-xalqaro turnirida munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar mudofaa vazirligi tomonidan maishiy texnika buyumlari, ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari mamlakatda sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Abdusalom Azizov O‘zbekiston Milliy olimpia qo‘mitasi raisi, Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda O‘zbekiston Boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosariga Mudofaa vazirligining esdalik sovg‘alarini  topshirdi.

Yangiliklar lentasi
0