Diplomatik "avianoses" O‘zbekiston, yoxud Rozenblyum Missiyasi

© MID UzbekistanaGlava MID Uzbekistana provel vstrechu s predstavitelem gosdepa SShA
Glava MID Uzbekistana provel vstrechu s predstavitelem gosdepa SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistondagi elchisini o‘zgartirmoqda. Respublikada 2015-yildan buyon ishlab kelgan Pamela Spratlen o‘rniga Daniel Rozenblyum tayinlangan. U yaqin kunlarda Mayqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan binoda boshqaruv tizginini o‘z qo‘liga oladi

Gevorg Mirzayan, Moliya universiteti siyosatshunoslik departamenti dotsenti – Sputnik uchun

Vashington Toshkentga o‘zining yangi "markaziy osiyo avianosetsi" sifatida qaramoqda. Shu bois ham elchixonani yuqori darajadagi professionallar bilan mustahkamlamoqda.

Spespredstavitel prezidenta Uzbekistana v Afganistane Ismatulla Irgashev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili AQSh elchisi bilan uchrashdi

Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistondagi elchisini o‘zgartirmoqda. Respublikada 2015-yildan buyon ishlab kelgan Pamela Spratlen o‘rniga Daniel Rozenblyum tayinlangan. U yaqin kunlarda Mayqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan binoda boshqaruv tizginini o‘z qo‘liga oladi.

Tarixchi, iqtisodchi, sovetshunos

Bu voqea oddiy voqeadek tuyulishi mumkin edi - AQSh elchilari muntazam o‘zgarib turadilar. Ammo ushbu boshqaruv baribir farq qiladi. Axir AQSh manfaatlari nazoratchisi o‘rniga allaqanday oddiy kongressmen yoki prezident saylov kampaniyasi sponsori (Vashington uchun ustuvor bo‘lmagan davlatlarda bo‘ladigan kabi) tayinlangani yo‘q, balki yuqori darajadagi mutaxassis tayinlandi.

Daniel Rozenblyum – Yels universiteti bitiruvchisi, tarixchi, sovetshunoslik va xalqaro iqtisodiyot bo‘yicha magistr, shuningdek, AQSh Bosh kotibi yordamchisining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘rinbosari.

Va Pamela Spratlendan farqli o‘laroq u nafaqat professional diplomat, balki "maydonlarda" ko‘p yillik ish tajribasiga ega professionaldir.

Vstrecha posla SShA po religioznim delam v komitete Musulman Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
AQSh diniy erkinlik bo‘yicha elchisi O‘MI rahbarlari bilan uchrashdi

"Elchi Rozenblyum – notijorat tashkilotlari va jamoatchilik tashkilotlarida katta ish tajribasiga ega bo‘lgan diplomat, sobiq ittifoq hududi bo‘yicha mutaxassis. Qaysidir ma’noda bu sulolaviy desa bo‘ladi, negaki uning otasi ko‘p yillar Sovet ittifoqidan emigratsiya qilishga yordam bergan yahudiylar tashkilotlari doirasida SSSRga qarshi ishlagan. Kichik-Rozenblyum uzoq muddat USAID orqali MDH mamlakatlarida notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish orqali AQSh siyosatini amalga oshirib kelgan, rus tilini biladi, professionallar orasida katta salmoqga ega", — deb tushuntiradi Yevroosiyo analitika klubi rahbari Nikita Mendkovich.

Uning tayinlanishi - Markaziy osiyo mintaqasi AQSh uchun tobora katta ahamiyat kasb etayotganidan dalolatdir.

"Shuni ishonch bilan aytish mumkin-ki, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning davlat tashrifi va Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyidagi tashrifidan so‘ng, AQSh Davlat departamenti vakillari va tahlilchilar Oq uyga Obama va Kerrining loyihasi bo‘lgan S5+1 (beshta markaziy osiyo davlatlari plyus AQSh) platformasini saqlab qolishning ahamiyati haqida yetkazishgan.

Endi bu loyiha davom ettiriladi va harbiy hamda siyosiy hamkorlikning aniq jihatlari bilan to‘ldiriladi", - deb ta’kidlaydi o‘z navbatida o‘zbek siyosatshunosi Rafael Sattarov.

Bunday e’tiborning zamirida nima yotibdi? Rozenblyumning o‘zi terrorizmga qarshi kurash zarurati to‘g‘risida gapirmoqda.

"Biz Markaziy Osiyo davlatlari, stabil, muvaffaqiyatli, inson huquqlarini hurmat qiluvchi va AQShning do‘stona kayfiyatdagi hamkorlari sifatida taraqqiy etishini xohlaymiz. Chunki, garchi ular bunday bo‘lmasa, Qo‘shma Shtatlarning o‘ziga jabr bo‘ladi. Biz uzoqlashgan va notinchlikni keltirib chiqaruvchi sabablarni inkor etgan Afg‘oniston 1990-yillarda nimalarni boshdan kechirgani, dunyoning boshqa mintaqalarida nima yuz bergani guvohi bo‘ldikku", – deydi bo‘lg‘usi elchi.

Deniyel Rozenblyum - Sputnik O‘zbekiston
AQShning yangi elchisi haqida nimalar ma’lum bo‘ldi

"AQShning azoblari" to‘g‘risidagi ajoyib hodisa haqiqatda o‘ta dolzarb. "AQShda va YeIda etnik o‘zbeklar tomonidan amalga oshirilgan seriya teraktlardan so‘ng amerika hukumati mamlakat u bilan xavfsizlik sohasida samarali hamkorlik qilishi hamda o‘zaro aloqalar uchun ochiq hamda harakatlarini oldindan bila oladigan darajada bo‘lishidan manfaatdor", - deb ta’kidlaydi Sattarov.

Ammo gap bunda emas. Va hattoki Rossiyani ushlab turish xohishida ham emas ("sulolaviy rusofob" Rozenblyum bu jihati bilan ajralib turadi, va uning Senatda nomzodini tasdiqlash chog‘ida so‘zlagan nutqida ham buni aniq ilg‘ash mumkin). AQShga hozir nazorat bo‘lmasa ham, ammo O‘rta Osiyodagi jiddiy ishtirok kerak, ayniqsa, jiddiy tus olayotgan AQSh-Xitoy mojarosida u shu yo‘l orqali o‘z pozitsiyalarini kuchaytirmoqchi.

Tasavvurimizga ko‘ra, Vashington mintaqadagi xitoy kommunikatsiyalariga(ya’ni YeIdagi savdo marshrutlari, Xitoyga olib boradigan o‘rta osiyodagi konlar truboprovodlarga) ehtiyotkorlik bilan "o‘tirib", shuningdek, Markaziy Osiyodagi ishttirokidan "uyg‘ur kartasini" o‘ynash uchun va Xitoy Sinszan-uyg‘ur avtonom respublikasida speraratizmni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanmoqchi.

Ushbu strategiya doirasidagi muhim davlat, bu tabiiyki, prezident Mirziyoyev davrida ko‘pvektorli siyosat asosida boshqarilayotgan O‘zbekistondir.

Politsiya Shvetsii - Sputnik O‘zbekiston
Stokgolmda O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Akilov ustidan sud jarayoni boshlandi

"Toshkent mintaqada aholi va armiya soni jihatdan ustun turadi. Bundan tashqari, transport infratuzilmasi nuqtayi nazaridan temiryo‘l marshrutlari tutashadigan mamlakatdir. Va nihoyat, O‘zbekiston Afg‘onistonga, Mozori-sharif va Hayratonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib boradigan temir yo‘lga ega, bu esa bugungi kunda NATOning afg‘onistondagi guruhlarini ta’minlab turish uchun muhim ahamiyatga ega", - deb izohlaydi Nikita Mendkovich.

Haqiqatdan ham, afg‘on yo‘nalishi O‘zbekiston amerikaliklarga nima uchun zarurligini anglatuvchi sabablardan biridir. Rafael Sattarovning fikriga ko‘ra, "Vashington va Toshkent o‘rtasidagi munosabatlar oq qog‘ozdan boshlangani yo‘q, ammo AQShning Afg‘oniston bo‘yicha bosh sherigi Pokistonning o‘rnini almashtirish bo‘yicha hisob-kitobi bundan buyog‘iga faqat qat’iylashib borishi mumkin.

Hech kimga sir emaski, AQShning Islomobod bilan munosabatlari muntazam ravishda o‘tkir tus olmoqda. Xususan, buning sababini AQSh o‘z siyosatini Pokistonning dushmani Hindiston bilan strategik hamkorlikka burgani va Pokistonning ittifoqdoshlaridan biri bo‘lgan Xitoy bilan yuz berayotgan mojaroda ko‘rish mumkin.

Toshkent bilan AQShda hech qanday muammo bo‘lmaydi, harholda toki amerikaliklar O‘zbekistondagi pozitsiyalarini Rossiyaga qarshi ishlatishga harakat qilmas ekan, bunday bo‘lmaydi.

"Mintaqa mamlakatlari Markaziy osiyoni Rossiya-Amerika munosabatlari jihatdan olib qarashlarini istashmaydi va Vashingtonni mintaqa mamlakatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, Moskvaga o‘girilmagan holda hamkorlik qilishga chaqirishmoqda", - deb hisoblaydi Sattarov.

Aqllilar haddidan oshmaydi

Umuman olganda, qaltisliklar ham yo‘q emas. Toshkentda aqlli odamlar o‘tirishibdi, va ular o‘zlari tushishi mumkin bo‘lgan tuzoq qanday rivojlanishini yaxshi bilishadi.

Ha, O‘zbekistonning yangi hukumati AQShning ko‘psonli islohotlarni o‘tkazishda beradigan ko‘magidan manfaatdor, va Daniel Rozenblyum ham O‘zbekistonning "iqtisodiy liberallashuvida" ko‘mak berishga tayyorligini yashirmayapti.

Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQSh bilan savdo muzokaralarini bekor qildi - OAV

Iqtisodiy liberalizatsiya chindan ham iqtisodiy o‘sishga olib boradi. Ammo (o‘rta bo‘g‘inning o‘sishi va uning hukumatga bo‘lgan talabi ortishi, shuningdek siyosiy islohotlarning iqtisodiy islohotlardan ortda qolishi tufayli) parallel ravishda amaldagi hukumat uchun muayan nostabillik omilini keltirib chiqaradi. Bu nostabillikdan xuddi mana shu AQSh albatta foydalanadi - nodavlat tashkilotlar bilan ishlashga ixtisoslashgan elchi manan shu uchun ham kerak.

Umuman, yuqorida ta’kidlangani kabi, Toshkentda aqlli odamlar o‘tirishibdi, ular muammoni u hali paydo bo‘lmasidan kattalashtirishga va mamlakat elchisiga allaqanday manfiy baho bermaydi, chunki bu mamlakat bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatilishi hozir O‘zbekistonga juda zarur.

Tasavvur qilinishicha, aqlli toshkentlik odamlar "ozodlik va demokratiya" avj olishiga yo‘l qo‘yib berish niyatida ham emas - ularga Maydonlar ham, Tananminlar ham kerak emas.

Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
AQSh o‘zbek paxtasini bolalar mehnati yordamida ishlab chiqarilgan tovarlar ro‘yxatidan o‘chirdi

"Tabiiyki, chet ellik faoliyati hukumat organlari tomonidan nazorat qilib boriladi, mamlakat mamlakat va jamiyat oldida mas’ul bo‘lgan o‘zining shaxsiy kuchli fuqarolik jamiyati va insonparvarlik tashkilotlari tizimini vujudga keltirishga harakat qiladi. O‘ylashimcha, bu yerda 2012-2014 yillarda grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi orqali fuqarolik va insonparvarlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlovchi allaqanday manfaatlarga xizmat qilmaydigan nodavlat tashkilotlarni yaratish bo‘yicha Rossiya tajribasi qisman inobatga olinadi. O‘ylaymanki, O‘zbekiston vujudga kelayotgan chaqiriqlarni muvaffaqiyatli yenga oladi", - deydi Mendkovich.

Va nihoyat, Rozenblyumning o‘zi Bush ma’muriyatining andijon voqealari vaqtida yo‘l qo‘ygan xatolarini takrorlash niyati yo‘qligini bildirmoqda (bunda AQSh "inson huquqlari" kartasini o‘ynamoqchi bo‘lib, O‘zbekiston hududidagi bazasini yo‘qotib qo‘ygan edi). Ha, yangi elchi AQSh inson huquqlari poymol etilgan taqdirda "an’anaviy amerika qadriyatlari doirasida" o‘zbek rahbariyatini tanqid qilishda davom etishini aytmoqda, ammo bu tanqid "konstruktiv" va "o‘zini oqlaydigan bo‘lsa" aytiladi.

Muallif nuqtayi-nazari tahririyat nuqtayi nazariga mos tushmasligi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0