Xitoy AQSh bilan savdo muzokaralarini bekor qildi - OAV

© AP Photo/Andy WongFlagi SShA i Kitaya
Flagi SShA i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan haftda AQSh Xitoyning 200 milliard dollarlik tovarlarga 10 foiz bojlarni kiritdi.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Ikki davlat o‘rtasida yangi import bojlari kiritilishi munosabati bilan Xitoy AQSh bilan savdo muzokaralarini bekor qildi. RIA novosti The Wall Street Journal nashriga asosan xabar qildi.

Ma’lum qilishicha, Xitoy AQShning bu taktikasini qo‘llab-quvvatlamaydi. Pekin muzokaralarni bekor qilgan holda, bosim ostidagi muzokaralardan voz kechish pozitsiyasida qoldi.

Shu o‘rinda, Xitoy Vashington bilan yangi muzokaralarni kelasi oydan boshlash imkoniyatini ochiq qoldirdi.

Voyennie ucheniya Vostok-2018 - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQSh sanksiyalariga qaramasdan Rossiya bilan hamkorlikni davom ettiradi

Bir hafta oldin AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoydan 200 milliard dollarlik tovarlarga 10 foiz bojlarni kiritishini ma’lum qilgandi. Ushbu qaror 24-sentabrdan kuchga kirdi. 1-yanvardan esa bu tariflar 25 foizgacha ko‘tariladi. Xitoy o‘z o‘rnida 24-sentabrdan AQShga nisbatan yangi import bojlarini kiritdi. Endi 5,2 mingdan ortiq jami hajmi 60 milliard dollarlik AQSh tovarlaridan import bojlari undiriladi.

Xitoy va AQSh o‘rtasida savdo urushi shu yil 6-iyuldan boshlandi. O‘sha vaqtda ikki davlat orasida o‘zaro bojlarni ko‘tarish choralari kuchga kirdi. AQSh Xitoyning 818 nomdagi yiliga jami hajmi 34 milliard dollarlik tovarlarga 25 foizlik bojlarni joriy etdi. Xitoy bunga qarshi shu kunning o‘zida AQShning shu miqdordagi tovarlariga 25 foiz bojlarni kiritdi.

Avgust oyida esa AQSh Xitoyning 16 milliard dollarlik tovarlariga 25 foiz bojni joriy etdi. Shundan so‘ng, Xitoy huddi shu choralar bilan javob qaytardi. Ikki davlat savdo-sotiq sohasidagi nomutanosiblik bo‘yicha AQShda norozilikni keltirib chiqarmoqda. Vashington hisobiga ko‘ra, Xitoy foydasiga 500 milliard dollar o‘tib ketmoqda.   

Yangiliklar lentasi
0