TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Senati 18-sentabr kuni AQShning O‘zbekistodagi Favqulodda va muxtor elchisi sifatida Daniyel Rozenblumni tasdiqladi.
AQSh Senati sahifasida joylashtirilgan tarjimai holida Daniel Rozenblum o‘zi haqida quyidagilarni aytib bergan:
Men Ohayo shatatining Klivlend shahri yaqinida Evelin va Lyuis Rozenblumlar oilasida tug‘ildim. Onam diniy maktabida o‘qituvchi bo‘lib otam Amerika kosmik agentligida (NASA) kimogar bo‘lib ishlardi.
1960 yillarda otam Luis Rozenblum SSSRda yahudiylar huquqlari cheklanishiga qarshi namoyishlarning faol ishtirokchisi edi va keyinchalik otam Amerikada tashkil qilingan Sovet yahudiylari ittifoqiga a’zo bo‘ldi.
Men jamoat hayotida faol ishtirok etishni yoshligimdan o‘z otamdan o‘rganganman. Otamning ushbu faoliyati, mening keyinchalik hayot yo‘limga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Men Rossiya tarixi, tili va adabiyotini chuqur o‘rgana boshladim. Keyinchalik "Sovet ilimlari" bo‘yicha magistr bo‘ldim.
Tashqi Ishlar departamentiga kirish oldidan, 1991-yilda men NNT (Nodavlat notijorat tashkilot) vakili sifatida sobiq Ittifoq respublikalarida va sharqiy Yevropada mehnat huquqlarini qo‘llab-quvvatlash sohasida ishladim.
1997 yildan boshlab Davlat departamentida, qo‘lga kiritgan bilimlarim tajribamdan foydalangan holda ishlay boshladim. Mening vazifam sobiq Ittifoq respublikalariga AQSh yordamini koordinatsiya qilish edi.
2014 yildan boshlab, men Markaziy Osiyo mamlakatlariga jumladan O‘zbekistonga nisbatan siyosat ishlab chiqarish va diplomatik munosabatlarni boshqarish bilan shug‘ullandim.
Qarindoshlarim va dustlarimning nima uchun AQSh O‘zbekiston bilan shug‘ullanishi kerak degan savollariga menining javobim odatda ikki qismdan iborat:
Birinchidan, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda nima bo‘layotgani AQSh xavfsizligiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Biz ushbu mamlakatlar tinch-totuv, inson huquqlari himoyalangan holda rivojlanishini istaymiz. Aks holda bu bizga qimmaga tushadi. Biz 1990-yillarda Afg‘onistonda nima bo‘lganini yaxshi eslaymiz. Shuning uchun tinch va barqaror O‘zbekiston AQSh uchun juda mumhim.
Ikkinchidan, oxirgi 25-yil davomida bizning mamlakat kommunizm inqirozidan so‘ng paydo bo‘lgan mustaqil mamlakatlar suverenitetini ta’minlashga katta kuch sarfladi. Ushbu hududda yagona Kuch hukumronlik qilishi (ya’ni Rossiya) bizning siyosiy va iqtisodiy manfaatlarimizga va uzoq muddatli xavfsizligimizga zid keladi. Biz uchun Yevroosiyo hududida turli katta va kichik mustaqil mamlakatlar bilan alohida-alohida o‘zaro foydali munosabatlar qurish afzal.
Men O‘zbekiston hukumati va fuqarolari Amerika 1991-yildan buyon ko‘rsatayotgan yordamni qanchalik qadrlashayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman.
AQSh O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi mamlakat bo‘lgan. O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning to‘laqonli a’zosi bo‘lishga tayyor bo‘lgan. Butunlay suveren O‘zbekiston - AQSh uchun juda katta ahamiyatga ega.