Captiva o‘rniga nima ishlab chiqariladi?

© WikipediaChevrolet Captiva
Chevrolet Captiva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda birinchi krossover - Chevrolet Captivani ishlab chiqarish to‘xtatilmoqda.

TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Kuni kecha GM Uzbekistan Captiva modelini ishlab chiqarish to‘xtatilishi haqidagi xabarlarni rasman tarqatdi.

Haqiqatdan ham 11-yil oldin bozorga chiqarilgan ushbu avtomobilning "pensiyaga" chiqish vaqti ham kelgandir. Bugun hech qandan avtomobil konveyerda buncha uzoq "yashamaydi". Xo‘sh, biz ushbu avtomobil haqida yana nimalarni bilamiz?

Obnovlennaya Chevrolet Captiva - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan kompaniyasi “Captiva” ishlab chiqarishni to‘xtatadi

Chevrolet Captiva O‘zbekiston bozorida rasman sotilgan birinchi krossover bo‘ldi.

*Krossover so‘zi – asli musiqa sohasiga tegishli so‘z bo‘lib, turli janrdagi musiqalarning aralashmasini anglatadi. Avtomobillar sohasida esa bu o‘ziga xos o‘xshatish bo‘lib, yo‘ltanlamas avtomobillarning ma’lum xususiyatlarini hamda u yengil avtomobilning qulayligini o‘zida mujassam qilgan avtomobil ma’nosida ishlatiladi.

2000 yillar boshlarida dastlab AQShda so‘ngra Yevropa mamlakatlarida krossoverlar bozori ildam o‘sib bordi. Ko‘pchillik odatiy sedan yoki xetchbeklar o‘rniga ulardan ko‘ra klirensi balandroq, lekin shaharda foydalanishga qo‘ylay bo‘lgan, universal avtomobillarni xush ko‘ra boshladi.

Kaptiva ham GM kompaniyasi tomonidan aynan ana shunday avtomobil – zamon va bozor talablariga javob beradigan krosover sifatida yaratilgan edi.

*Captiva - bu  AQShning Florida shtatida joylashgan bir orolning nomidir. Kaptivada bir necha plyaj va dam olish maskanlari joylashgan. Quyida Keptiva orolidan bir necha fotosuratlar tomosha qilishingiz mumkin.

Chevrolet Orlando - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Chevrolet Orlando mashinasini ishlab chiqarish to‘xtatildi

Chevrolet kompaniyasi uchun o‘z avtomobillarini Amerika qit’asida joylashgan turli joylarining nomlari bilan atash - bu o‘ziga xos bir odatga aylangan. Masalan Tahoe, Malibu, Colorado, El Camino, Orlando va boshqalar.

Chevrolet Captiva – avtomobilsozlik tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil. Nega deganda ushbu avtomobil GM konsernining ma’lum bir bozor uchun emas, balkim butun dunyoda sotish uchun mo‘ljallangan birinchi global modeli bo‘ldi.

Chevrolet Captiva dunyoning turli burchaklarida Opel Antara, Vauxhall  Antara, Daewoo Winstorm, Holden Captivani nomlari bilan sotuvga chiqarilgan. Hamma joyda ham  ushbu avtomobil muvaffaqiyatli sotilgan deya olmaymiz. 

O‘zbekistonda xaridorlar Kaptiva uchun oylab navbatda turgan, millionlab “shapka” to‘lagan vaqtlarda AQShda Captiva umuman muvaffaqiyat qozona olmagan va aksincha bir necha bor “eng kam sotilgan krossover” yoki “eng muvaffaqiyatsiz model” degan nomlarni olgan. Avstraliyada Holden Captiva hatto eng sharmandali import avtomobillari ro‘yxatiga ham tushib qolgan.

Yangilangan Chevrolet Captiva - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangilangan "Chevrolet Captiva" namoyish etildi

Rossiya va O‘zbekistonda esa Captiva taqdiri ancha omadli bo‘ldi.

2007 yilda Rossiyada Captiva krossoverlar bozoriga kirib kelgan eng birnchi avtomobillardan biri edi. Boshqa krossoverlarga nisbatan Kaptiva kattaroq bo‘lib u 3 qator  joylashgan o‘rindiqlar bilan ham jihozlanishi mumkin edi.

Shuningdek uning klassik uslubdagi “vazmin” dizayni turli toifadagi yosh va qari hamda ayol va erkak mizojlar didiga mos edi. 2009-yilda kaptiva yangilanib yanada xaridorgir bo‘ldi. Shu sababli Captiva Rossiya bozorida o‘n minglab xaridorlarini topdi.

Rossiya yo‘llarida kaptivalar juda ko‘p uchraydi. Ularning egalari fikriga ko‘ra, avtomobil yetarli darajada ishonchli va saloni keng. Ko‘pchillik kaptivaning tejamkor emasligidan afsuslanadi. Avtomobil 100 km masofaga 14-18 litr yonilg‘i yoqadi. Zamonaviy krossoverlarda ushbu ko‘rsatgich 9 – 9,5 litrni tashkil qilmoqda. Bugungi kunda ishlatilgan avtomobillar bozorida kaptivaning o‘rtacha narxi 500-600 ming rublni tashkil qiladi.

Avtomobil eksperti va avtojurnalist Aleksandr Dobin fikriga ko‘ra, Captiva bir necha yil oldin narx/sifat xususiyati  bo‘yicha yaxshi avtomobil bo‘lgan. Lekin bugungi kunda ushbu avtomobil krossoverlar bozoridagi raqobatga dosh bera olmaydi.

Shevrole Treker - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Chevrolet Tracker namoyish etildi

Chunki ayni damda Rossiyada krossoverlar bozorida  eng katta raqobat mavjud desak xato bo‘lmaydi. Bugun har bir brend 2tadan 5tagacha turli o‘lchamlardagi krossoverlarni bozorga chiqargan. Undan tashqari ushbu avtombillarning tejamkorligi xavfsizligi ham ancha oshgan. Albatta, avtomobillar dizayn ham bir joyda turmaydi. Shuning uchun ham Kaptiva uchun bozorni tark etish vaqti kelgan.

Xo‘sh Kaptiva o‘rniga nima keladi?

GM kompaniyasi Kaptiva o‘rniga qanday avtomobil ishlab chiqarilishi hozircha ma’lum qilgani yo‘q. Ko‘pchillikda, yaqinda Jizzax forumida ommaga namoyish qilingan Chevrolet Tracker Kaptivaning o‘rniga keladi degan fikrga borishi mumkin, lekin bu noto‘g‘ri.  Chunki Tracker Kaptivadan ancha kichik bo‘lib u kompakt krossoverlar sinfiga kiradi.

Amerika bozorida Chevrolet kompaniyasi Kaptiva o‘rnida Equinox modelini savdoga chiqargan. Ayni damda Equinox Kanadaning Ontario shahrida ishlab chiqariladi. Kompaniyaning global bozorlardagi modellari  amerika bozorida sotilayotgan modellarga yil sayin ko‘proq uxshab borayotganligini hisobga olganda aynan Chevrolet Equinoxni Koreya yoki O‘zbekistonda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin, Chevrolet Malibu kabi.

Nima bo‘lganda ham Janubiy Koreyada Captiva o‘rniga aynan Chevrolet Equinox sotilmoqda. Ushbu fakt bizning ishonchimizga yanada ko‘proq ishonch qo‘shdi. Quyida Equinoxning bir necha fotosuratlarini keltiramiz.

© ChevroletChevrolet Equinox
Chevrolet Equinox - Sputnik O‘zbekiston
1/9
Chevrolet Equinox
© ChevroletChevrolet Equinox
Chevrolet Equinox - Sputnik O‘zbekiston
2/9
Chevrolet Equinox
© Chevrolet Chevrolet Equinox
Chevrolet Equinox - Sputnik O‘zbekiston
3/9
Chevrolet Equinox
© ChevroletChevrolet Equinox
Chevrolet Equinox - Sputnik O‘zbekiston
4/9
Chevrolet Equinox
© ChevroletChevrolet Equinox
Chevrolet Equinox - Sputnik O‘zbekiston
5/9
Chevrolet Equinox
© ChevroletChevrolet Equinox
Chevrolet Equinox - Sputnik O‘zbekiston
6/9
Chevrolet Equinox
© ChevroletChevrolet Equinox
Chevrolet Equinox - Sputnik O‘zbekiston
7/9
Chevrolet Equinox
© ChevroletChevrolet Equinox
Chevrolet Equinox - Sputnik O‘zbekiston
8/9
Chevrolet Equinox
© ChevroletChevrolet Equinox
Chevrolet Equinox - Sputnik O‘zbekiston
9/9
Chevrolet Equinox
1/9
Chevrolet Equinox
2/9
Chevrolet Equinox
3/9
Chevrolet Equinox
4/9
Chevrolet Equinox
5/9
Chevrolet Equinox
6/9
Chevrolet Equinox
7/9
Chevrolet Equinox
8/9
Chevrolet Equinox
9/9
Chevrolet Equinox
Yangiliklar lentasi
0