O‘zbekistonda Chevrolet Orlando mashinasini ishlab chiqarish to‘xtatildi

© ChevyChevrolet Orlando
Chevrolet Orlando - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtokompaniya yangi Tracker va takomillashtirilgan Cobalt avtomashinalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. GM Uzbekistan 2018-yil 16-aprelda Chevrolet Orlando avtomashinasini ishlab chiqarishni to‘xtatdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Bu General Motors kompaniyasining modellar qatorini yangilash borasidagi global strategiyasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Shu sababli kompaniya o‘tgan yilning noyabr oyida bu mashinalarga shartnomalarni olish bo‘yicha buyurmalarni rasmiylashtirishni to‘xtatgandi.

"Chevrolet Orlando rusumidagi avtomobillarga tuzilgan shartnomalar uchun iste’molchilar oldida o‘zining majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini hamda shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda avtomobilni to‘liq yetkazib berilishini ta’minlaydi", — deb ta’kidlandi kompaniyada.

Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan o‘z "xizmat"larini taklif etayotgan shaxslar va’dasiga ishonmaslikka chaqirdi

Chevrolet Orlando — Chevrolet Cruze platformasidagi yetti o‘rinli oilaviy avtomashinadir. 2008-yil oktabrda Parij avtosalonida ilk bor ushbu mashinaning taqdimoti o‘tkazilgandi. 2010-yilda ommaviy ishlab chiqarilishi boshlangan.

Orlando minivenlari Xorazm viloyatida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan avval GM Uzbekistan O‘zbekistonda "Tracker" va takomillashtirilgan "Cobalt" ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0