Toshkentda yangilangan "Chevrolet Captiva" namoyish etildi

© StringerYangilangan Chevrolet Captiva
Yangilangan Chevrolet Captiva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi Captiva ko‘proq sport mashinasini eslatadi. Model avtomat korobkaga ega bo‘lishi aytilmoqda. Avtomobil hafta boshida mamlakatdagi barcha avtosalonlarda sotuvga qo‘yildi. Yangi toychoqning bahosi 135 million so‘m atrofida.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. "O‘zavtosanoat" AK jamoatchilikka Chevrolet Captiva krossoverining yangilangan versiyasini taqdim etdi.

Yangi ko‘rinishdagi avtomobil shu haftada Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari majmuasining tarmoq sanoat yarmarkasida namoyish etildi.

© StringerObnovlennaya Chevrolet Captiva
Obnovlennaya Chevrolet Captiva - Sputnik O‘zbekiston
Obnovlennaya Chevrolet Captiva

"Bu model O‘zbekistonda 2007-yilning oktabridan boshlab ishlab chiqarilmoqda. O‘tgan yillar mobaynida u o‘z ko‘rinishini ikki marta o‘zgartirgan, bugungi kun tartibiga kiritilgan uchinchi o‘zgarish esa xalqaro bozor talablari asosida amalga oshirilgan", — deb xabar qildi kompaniya vakili.

Mashinaning tashqi ko‘rinishi ko‘proq o‘zgartirildi, deyish mumkin. U hozirda sport rusumidagi avtomobilni eslatmoqda. Yangi modeldagi avtomobil bosh yorug‘lik chiroqlari yorug‘lik-diodli yurish chiroqlari bo‘linmasi bilan jihozlandi. Bundan tashqari, emblemalarning o‘rni ham o‘zgardi. Old bamperlar ham qisman modifikatsiya qilingan, shu tufayli mashina yanada savlatli ko‘rinishga ega bo‘ldi.

© StringerObnovlennaya Chevrolet Captiva
Obnovlennaya Chevrolet Captiva - Sputnik O‘zbekiston
Obnovlennaya Chevrolet Captiva

Yangilangan Captiva yangi MyLink multimedia tizimi bilan boyitilgan. Yo‘ltanlamasning interyerida yangi rul chambari va ko‘rinishi o‘zgargan markaziy konsol paydo bo‘ldi.

Kompaniya vakilining aytishicha, yangi avtomobil hafta boshida mamlakatdagi barcha salonlarda sotuvga qo‘yilgan. Eng qizig‘i, model so‘m evaziga sotilmoqda, narxi esa 135 million dollar atrofida.

Yangiliklar lentasi
0