Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi suv muammosi
Ishenkoning so‘zlariga ko‘ra, Orol dengizi basseynidan keladigan hamda O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘istonning kattagina qismini sug‘oradigan suvlarning asosiy qismi Qirg‘iziston va Tojikiston hududidan o‘tib keladi. Shunday ekan, qirg‘izlar va tojiklar o‘z ehtiyojlari uchun qancha ko‘proq suv sarflasa, qozoq, o‘zbek va turmanlarga shuncha kam tegadi.
"Sobiq Ittifoq tarqab ketgach, Bishkek va Dushanbe Qambar-Ota va Rog‘un GESini qurishga bel bog‘ladilar. Natija aniq edi. Yozda, ya’ni suv havzalari to‘lishi kerak bo‘lib, damba suv oqimini to‘sib qo‘yganida, oqim bo‘yicha quyiroqda joylashgan davlatlar yerlari suvdan mahrum bo‘lar edi. Qishda esa, elektr ishlab chiqarish hajmi oshganida, suvning ortiqchasidan xalos bo‘lish kerak bo‘ladi va bu yana quyida joylashgan hududlarni suv bostirish xavfida qoldirishi mumkin edi", - deydi ekspert.
Bu masala hammasidan ham ko‘ra, O‘zbekiston uchun og‘riqliroq edi. Ammo Toshkentning o‘z ta’sir choralari bor edi (ular shunday o‘ylardilar). Ikkala davlat bilan umumiy chegaraga ega bo‘lgan O‘zbekiston chegarani uzil-kesil delimitatsiya qilish ishlarini ma’lum bir bosqichda muzlatib qo‘ydi. Bu bilan Toshkent suv resurslari bo‘yicha muzokaralarda Qirg‘iziston va Tojikistonni yanada konstruktiv pozitsiyaga undamoqchi edi.
Ekspertga ko‘ra, lekin bu sezilarli natijaga olib kelmadi. O‘zaro tan olingan davlat chegarasi yo‘qligi - barcha davlatlar chegarachilari va bojxonachilari ishini qiyinlashtirishi tabiiy. Umuman olganda, bu vaziyat, kimdir mojaroni yuzaga keltirishni rejalashtirmagunga qadar, tanqidiy yondashuvni talab etmasdi.
Mahalliy dehqonlar kimning dalasi qayerda joylashgan va qayerda tugashidan yaxshi xabardor, o‘rtada yuzaga keladigan mayda bahslarni esa, markaziy hukumat aralashuvisiz hal etadilar.
Vaziyat faqat yomonlashayotgani, O‘zbekiston obro‘si bunda faqat tushayotganidan jahllangan O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov, o‘z vafotidan biroz oldin, ushbu mojaro Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida urushni yuzaga keltirishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Bu aniq yo‘naltirilgan tahdid edi, u Bishkek va Dushanbe qattiq tobe bo‘lgan Moskvaning hamda Bishkekka homiylik qilayotgan va O‘rta Osiyoda mintaqaviy yetakchi roliga nomzod bo‘lgan Ostonaning e’tiborini tortish uchun aytilgan edi.
Ammo Islom Karimovning "o‘rab" aytilgan tahdidiga hech kim quloq solmadi. Buni birinchi sababi, O‘zbekiston cheklangan harbiy resurslarga ega bo‘lganida, qolaversa, Qirg‘iziston va Tojikiston ODKB a’zosi edilar, ya’ni agressiya yuzaga keladigan bo‘lsa Rossiya va Qozog‘istondan yordam so‘rashlari mumkin edi.
Ikkinchidan, (bu muhim) Tojikiston O‘rta Osiyoda afg‘on notinchligidan qalqondir, Qirg‘iziston esa Xitoy chegarasining kattagina qismini to‘sib turadi (u Xitoy uchun bufer vazifasini o‘taydi).
To‘g‘ri, Afg‘oniston bilan Turkmaniston va O‘zbekiston ham chegaradosh, ammo qurollangan guruh va narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ko‘proq tojik chegarasidan o‘tishga urinishi qayd qilingan. Shu tarzda, Tojikistonda harbiy nostabillikni yuzaga keltirish bilan Toshkent o‘z oyog‘iga o‘zi bolta urgan bo‘lardi, chunki O‘rta Osiyoda, xususan, O‘zbekistonning o‘zida jiddiy notinchliklar yuzaga kelishi aniq edi.
Shunday qilib, Karimov boshqaruvi davri oxiriga kelib, O‘zbekiston Bishkek va Dushanbega bosim o‘tkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlarini sarflab bo‘lgan, suv inqirozi masalasida esa kompromiss strategiyasidan voz kechib, muammoni siyosiy bosim yordamida hal etishga qilgan urinishi muvaffaqiyatsiz kechgani uchun obro‘yi jiddiy tushishi aniq bo‘lib qolgan edi.
O‘rta Osiyodagi mintaqaviy yetakchilik
O‘zbekistonning Qirg‘iziston va Tojikiston bilan mojarolari tufayli Qozog‘iston mintaqadagi yetakchilikni o‘zbeklardan yulib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari, sobiq ittifoq davlatlaridagi integratsiya loyihalaridagi ishtirokini Bishkek va Dushanbega bo‘lgan munosabatlari pozitsiyasi bilan bog‘lashga harakat qilish bilan Toshkent "qoyilmaqom izolyatsiya"ga chuqurroq botayotgandi.
To‘g‘ri, Turkmanboshi boshqaruvidagi qo‘shni Turkmaniston darajasida bo‘lmasa-da, ammo borgan sari chuqurlashayotgan edi.
O‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu yo‘nalishda o‘z siyosatini tubdan o‘zgatirdi.
U muzokara yo‘lini tanladi. Qirg‘iziston bilan chegarani delimitatsiya qilish masalasida O‘zbekiston texnik masalalarda unchalik ahamiyatli va muhim bo‘lmagan yon berishlarga bordi va munosabatlar jadallik bilan yaxshilana boshladi.
O‘zbekiston prezidenti bir vaqtning o‘zida Vladimir Putin bilan ham til topisha oldi. Mirziyoyev o‘zidan oldingi rahbar tomonidan aytilgan "O‘rta Osiyoda “portlashni yuzaga keltirish” va Rossiyani o‘z tomonidagi suv mojarosi domiga tortib ketishi" singari shantajlarni to‘xtatdi.
Toshkentning Bishkek bilan munosabatlari tezlikda iliqlashdi, muzokaralar esa konstruktiv xarakter tusini oldi.
Mirziyoyev Dushanbe bilan munosabatlarda ham xuddi shu yo‘ldan bormoqda, faqatgina bitta farq bilan, endilikda O‘zbekiston o‘z-o‘zini izolyatsiya qilishdan chiqdi, shu bois endilikda Tojikiston shoshilishi kerak, chunki O‘zbekiston konstruktiv pozitsiyani tanladi, mintaqadagi davlatlar bilan aloqalari yaxshilanmoqda. Bundan tashqari, Toshkent sobiq ittifoq davlatlaridagi integratsiyalashuv rejalariga katta qiziqish namoyon etgan (bu Rossiya uchun muhim).
Shu bois, Emomali Rahmonning muzokarachi sifatida qattiqqo‘lligiga qaramay, uning Toshkentga tashrifi, umuman olganda muvaffaqiyatli kechdi, tomonlarda haqiqatda bir -biriga yon bosish kuzatildi.
Toshkent uchun qo‘shnilar bilan yuzaga kelgan inqirozni muvaffaqiyatli bartaraf etish juda muhim, negaki bu yangi prezident uchun "diplomatik inqilob" bo‘lishi mumkin va buning natijasi uzoq yillik imkoniyatlarni taqdim etadi.
Gap shundaki, MDH davlatlari siyosatchilari va ekspertlarini O‘zbekistonda hukumat almashinuvi masalasi juda tashvishga solgan edi. Islom Karimov yosh emas va yangi yetakchining kelishi istalgan vaqtda ro‘y berishi mumkin edi.
Barchani hokimiyat kimga o‘tishi bilan birga, mamlakat elitasini hokimiyat uchun kurashdan saqlab qolish mumkin bo‘ladimi, degan savol ko‘proq qiziqtirgan edi.
O‘zbekiston imtihondan o‘tdi. Hukumat almashuvi tinchlik bilan va sezilarli o‘zgarishlarsiz kechdi. Tashqi siyosiy kursga esa oydinlik kiritildi.
Toshkentda hukumat almashibgina qolmay, u mamlakatni izolyatsiyadan chiqardi va yana mintaqaviy yetakchilikda Qozog‘iston raqobi darajasiga qaytdi.
O‘zbekistondagi stabillik o‘zgarmadi, ammo shu bilan birga uning faolligi ortdi, har qanday taqdirda ham, O‘zbekiston mintaqada faol rol o‘ynaydi, chunki Shavkat Mirziyoyev barcha qo‘shni davlatlar bilan konstruktiv munosabatlarni yo‘lga qo‘ymoqda, deya o‘z fikriga yakun yasaydi ekspert.