O‘zbekiston va Qirg‘iziston teng yer maydonlari bilan almashadi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRazgranichitelnaya liniya zoni deystviya mirotvorcheskix sil mejdu Yujnoy Osetiyey i Gruziyey
Razgranichitelnaya liniya zoni deystviya mirotvorcheskix sil mejdu Yujnoy Osetiyey i Gruziyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Qirg‘izistonga “Barak” eksklavi o‘rniga teng yer maydoni ajratib beradi.

TAShKENT, 14 avg - Sputnik. O‘zbekiston va Qig‘iziston teng bo‘lakli yer maydonlari bilan almashadi, bu haqida tomonlar chegarani delimitatsiya qilish jarayonida kelishib olishgan, deb xabar qilmoqda Russia Today.

Kelishuvga ko‘ra, Qirg‘iziston O‘zbekistonga “Barak” eksklavini beradi, O‘zbekiston esa Qirg‘izistonning O‘sh viloyati, Qorasuv tumanidagi Oq-Tosh qishlog‘iga chegaradosh bo‘lgan hududdan ushbu eksklavga teng maydonni ajratib beradi.

Ustanovka ograjdeniya na granitse, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ikki hududdan o‘tuvchi chegara chizig‘ini belgiladi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, mahalliy aholi davlatlararo komissiyaning ushbu qaroriga rozi bo‘lgan.

Chegarani demarkatsiya va delimitatsiya qilish davlatlararo komissiyaning so‘nggi uchrashuvi 1-7 avgust kunlari Farg‘onada bo‘lib o‘tgan edi. Komissiya kun tartibida hali yana ikkita anklav masalasini ko‘rib chiqish turibdi: Shoximardon va Gaznov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlarida so‘nggi 10-yil davomida ilk bor ijobiy natijaga o‘tgan yil Davlat chegarasi haqidagi dastlabki shartnoma imzolanganidan keyin erishilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0