"Tarixdagi inqilobiy yil": Mirziyoyev va Rahmon nimalar haqida gapirishdi

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaEmomali Raxmon i Shavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi v Tashkente
Emomali Raxmon i Shavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlat rahbarlarining hamkorlikdagi matbuot-anjumanida O‘zbekiston va Tojikiston nimalarga kelishgani, kelgusidagi aloqalar va dolzarb masalalar yuzasidan muzokaralar natijasi haqida so‘z bordi

Bugun, 17-avgust kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 17-yil deganda birinchi marta O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Aytish joizki, Mirziyoyev joriy yil mart oyida 18-yilda ilk marotaba Tojikistonga rasmiy safar uyushtirgan edi.

Emomali Raxmon i Shavkat Mirziyoyev vo vremya podpisaniya dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston bilan strategik sheriklik haqida shartnoma imzolandi

Mirziyoyevning aynan shu tashrifi, xalqaro ekspertlar ta’kidiga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning tiklanishida muhim qadam sifatida e’tirof etildi.

O‘zbekiston va Tojikiston davlat rahbarlarining tor va keng doiradagi muloqoti Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Ushbu dargohni 2017-2018 yillar davomida ko‘plab tarixiy uchrashuvlar va kelishuvlarga guvoh bo‘layotgan joy sifatida e’tirof etish mumkin.

Ikki davlat prezidentlarining tor va keng doiradagi muzokaralaridan so‘ng, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida tadbir o‘tkazildi - prezidentlarning bugungi uchrashuv natijalariga bag‘ishlangan nutqi tinglandi.

Sputnik O‘zbekiston davlat rahbarlari bayonotida jarang topgan asosiy fikrlarni keltirib o‘tadi.

"2018 - inqilobiy yil"

Jurnalistlar qarshisida chiqish qilgan O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning tashrifidan g‘oyat mamnunligini, bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasi juda ham qoniqarli ekanini va bugungi kun ikki davlat tarixiga oltin harflar bilan yozilishini ta’kidlab o‘tdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
"Endi to‘siqlar yo‘q": O‘zbekiston — Tojikiston strategik hamkorlik yo‘lida

"O‘tmishda yaxshi yillar ham, tushunarsiz yillar ham ko‘p bo‘lgan, lekin 2018-yil tariximizda - inqilobiy yil bo‘lib qoladi. Mana shunisi eng muhimi. Chunki inqilobiy yilda bizning xalqlarimizning istagi, o‘zbek-tojik munosabatlarining ko‘p asrlik tarixi mujassam. Hurmatli Emomali Sharifovich bilan, o‘rtada ko‘plab savollar bo‘lganiga qaramay, shu natijaga erisha oldik. Biz bu uchun uzoq tayyorgarlik ko‘rdik. Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi mana bugun bo‘y ko‘rsatdi", - deb ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti.

Mirziyoyevga ko‘ra, o‘tgan 1,5 yil davomida O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari eng muhim, nozik va ta’bir joiz bo‘lsa, strategik masalalarni muhokama qilib borishgan. "O‘rtadagi muloqot oson kechmadi, murakkab kechdi, lekin u zarur muloqot edi. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida hech qanday savollar qolmadi", dedi o‘z bayonoti davomida Mirziyoyev. 

O‘zbekiston va Tojikiston bugungi kunda do‘st bo‘lishni, qardoshlik rishtalarini yanada mustahkamlashni va, eng asosiysi, xavfsizlikda hayot kechirishni xohlaydi, shu bois, taraqqiyot yo‘lini tanladi.

"Qo‘shni Tojikiston bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish, O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor jihatlaridan biri sanaladi, men buni bugun yana bir karra ta’kidlab o‘taman", dedi Mirziyoyev.

O‘z navbatida, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon "biz bu tashrifdan g‘oyat mamnunmiz, uning yakunlariga katta ahamiyat qaratamiz", - deya qayd etdi.

Siyosat, iqtisod va Strategik sheriklik

Ikki davlat siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika va boshqa muhim sohalarda hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Shu bugun O‘zbekiston va Tojikiston Strategik sherikligi to‘g‘risida shartnoma imzolandi. "Bu hujjat munosabatlarimizda yangi bosqich boshlanganidan dalolatdir", - deb ta’kidladi Mirziyoyev. Rahmon esa, tarixiy ahamiyatga ega ushbu hujjat o‘zbek-tojik munosabatlari asosini aniqlashtirishini qayd etdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Aslida salohiyatimiz – kamida 1 milliard dollar – Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston va Tojikiston eng yaqin qo‘shnilar bo‘lgani bilan, o‘tgan yillar davomida Strategik sheriklik to‘g‘risida shartnoma ular o‘rtalarida imzolanmagan.

Ko‘ksaroydagi muzokaralar natijasida, ikki davlat o‘rtasida, umumiy hisobda 27ta ikkiyoqlama hujjatlar imzolandi. Tojikiston prezidenti "bu hujjatlar ikki davlat o‘rtasidagi serqirra munosabatlarning huquqiy-kelishuv asoslarini sezilarli kengaytirdi", dedi.

Tojikiston va O‘zbekiston biznes doiralari o‘rtasida imzolangan shartnomalarning umumiy miqdori qariyb 800 million AQSh dollarini tashkil qilgani e’tirof etildi.

Hukumatlararo komissiyalar uchrashuvi natijalari

O‘zbekiston prezidenti ta’kidiga ko‘ra, rasmiy Toshkent va Dushanbe o‘rtasida Hukumatlaro komissiya faol ish olib bormoqda. Joriy yilning o‘zida ular 4 marotaba uchrashishgan.

Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tojikistonga uch oy ichida 4,5 million kub metr gaz eksport qildi

"Bu uchrashuvlar Tojikiston prezidenti bilan bo‘lgan kelishuvlarimizni tezroq amalga oshirish istagidan dalolat beradi", - dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston yetakchisi Tojikiston bilan tovar aylanmasini yaqin kelajakda 1 milliard dollarga yetkazish rejalari bilan bo‘lishdi. Shuningdek, ikki davlat biznes tuzilmalari va chegaraga yaqin hududlar o‘rtasida hamkorlik va kooperatsiyalarni kuchaytirishga, qurilish materiallari, tayyor tekstil, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalarni hayotga tatbiq etilishini tezlashtirish bo‘yicha ham kelishuvlar bo‘lgani haqida ma’lum qilindi.

Tojikiston prezidenti ikki mamlakat o‘rtasida eksport-import operatsiyalari uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, hamkorlikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, investitsiyaviy hamkorlik masalalariga katta e’tibor qaratilganini ta’kidladi.

Gaz va GESlar

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida energetika sohasida sermahsul hamkorlik kuzatilmoqda.

O‘zbekistondan Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berish ishlari qayta yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Tojikistondan xarid qilinadigan elektr-manbai hajmini oshirgan. Ikki davlat transport va xalqaro transport koridorlari masalalarida hamkorlikni davom ettirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘z ijobiy pozitsiyalarini bildirganlar.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov i premyer-ministr Tadjikistana Koxir Rasulzoda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari qanday masalalarni muhokama qilishdi

"Biz bugun birgalikda, Tojikiston hududida, Zarafshon darosi bo‘yida umumiy quvvati 320 MVt bo‘lgan ikkita GES qurishga tayyormiz. Gidroelektrostansiya qurilishi  - bu juda jiddiy masala. Biz birinchi uchrashuvdayoq buni muhokama qilganmiz. Bugun esa, keling, istaklarimizni aniqlashtiraylik dedik. Emomali Sharifovich xalqaro standartlardan o‘tgan tayyor loyihalar borligini ta’kidladi, o‘ylaymanki, ushbu loyiha bizning hududiy hamkorligimizda o‘ta jiddiy masala bo‘ladi", - dedi O‘zbekiston prezidenti.

Tojikiston prezidenti o‘z navbatida Mirziyoyev bilan birgalikda, suv-energetika resurslaridan foydalanish masalasida amaliy hamkorlikni davom ettirish lozim, deya qayd etishganini aytdi. 

" ... Men bugun yana bir marta ta’kidlab o‘tmoqchiman, biz hech qachon qo‘shnilarimizni suvsiz qoldirmaganmiz va qoldirmaymiz. Aksincha, bugun biz shu narsaga kelishdik va tegishli idoralar va institutlarga Sarez ko‘lining suvini o‘rganishni boshlashlari bo‘yicha topshiriq berdik. Bizning mamlakatlarimiz va mintaqa bo‘yicha qo‘shni davlatlarning ichimlik suviga bo‘lgan zarurati masalasiga yechim topish uchun Sarez ko‘li suvidan qanday foydalansa bo‘ladi, degan masalani muhokama qildik", - dedi Rahmon.  

Tojikiston prezidentining ta’kidlashicha, ushbu loyiha kelgusida mintaqa mamlakatlarini suv bilan ta’minlashda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shadi.

Afg‘oniston masalasi, terrorizm va diniy ekstremizm

Davlat rahbarlari bayonotida aytildiki, muzokaralar davomida terrorizm, diniy esktremizm, narkotrafik, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va xalqaro xavfsizlikka tahdid masalalari ham muhokama qilingan. 

"Afg‘oniston masalalarini jiddiy muhokama qildik. Nega deganda, Emomali Sharifovichning tajribasi katta. U yerda nimalar bo‘layotganidan xabardor. Qolaversa, Afg‘oniston ayni vaqtda katta siyosiy o‘zgarishlar ostonasida turibdi - parlament va prezident saylovlari bo‘lib o‘tishi kutilmoqda", - dedi Mirziyoyev va chegara xavfsizligi masalasi ikkala davlat rahbarlarini ham juda chuqur o‘ylantirishini qo‘shimcha qildi.

Tadjiki i uzbeki blagodarat vlasti za otkritie granisi - Sputnik O‘zbekiston
"Prezidentlarimizga mingdan-ming rahmat": o‘zbeklar va tojiklar chegara ochilganidan quvonchda

Emomali Rahmon Mirziyoyevning gaplarini tasdiqlagan holda, tomonlar terrorizm, ekstremizm, terrorizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasi va transmilliy uyushgan jinoyatchilik muammolariga qarshi kurash hamda harbiy va harbiy-texnik masalalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratishlarini ta’kidlab o‘tdi.

Tojikiston yetakchisi, shuningdek, joriy yil mart oyida Toshkentda o‘tkazilgan Afg‘oniston anjumani yakunlariga yuqori baho berishini va shu kontekstda, rasmiy Dushanbe Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonida kelgusida hamkorlikda harakat qilishini qo‘shimcha qildi.

"Biz O‘zbekistonning muvaffaqiyati va yutuqlarini muntazam kuzatib boramiz. Biz qardosh o‘zbek xalqiga havas qilamiz, ular bilan faxrlanamiz. Tojikiston tomon ikki mamlakat hamkorligi dinamikasidan to‘liq qoniqadi. Biz turli daraja va shakldagi davlatlararo yaqin muloqotni bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlaymiz", - deb e’tirof etdi Rahmon. 

Generalni sekretar OON Antoniu Guterresh - Sputnik O‘zbekiston
Guterresh zudlik bilan Afg‘onistonda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Tojikiston prezidenti o‘z nutqi davomida Shavkat Mirziyoyevni "qadrdon og‘am", deya tilga oldi va O‘zbekiston prezidentini u uchun qulay vaqtda Tojikistonga rasmiy tashrif uyushtirishga taklif etdi. 

"Shavkat Miromonovich, sizlarning an’anaviy mehmondo‘stligingiz va meni favqulodda iliq kutib olganlaringiz uchun Sizga va qardosh o‘zbek xalqiga chuqur minnatdorlik izhor etaman. O‘tgan 27-yil ichida bu darajada yuqori martaba bilan ilk marotaba kutib olindim. O‘zbekiston xalqiga bizning delegatsiyamizni samimiy va xursandchilik bilan kutib olganliklari uchun yana bir bor o‘z minnatdorligimni bildiraman", - deya o‘z nutqiga yakun yasadi Tojikiston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0