Iqbol Mirzo prezident topshirig‘i, to‘ylar masalasi va chetda turib tosh otuvchilar haqida

© senat.uzIkbol Mirzo predsedatel Komiteta Senata po voprosam molodeji, kulturi i sporta
Ikbol Mirzo predsedatel  Komiteta Senata po voprosam molodeji, kulturi i sporta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senator Iqboljon Mirzaliyev Shavkat Mirziyoyev u boshqarayotgan Qo‘mita oldiga qanday vazifalar qo‘ygani, mahalla oqsoqollari kamxarj to‘y qilayotgan fuqarolar ro‘yxatida boylarni yashirayotgani hamda chetda turib O‘zbekistonga tosh otayotganlar haqida gapirdi

TOShKENT, 9 avg - Sputnik. 2018 yil 8-avgust kuni Toshkentdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining o‘tgan davrdagi faoliyati yakunlari va istiqboldagi yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi  Sputnik O‘zbekiston muxbiri. 

Shavkat Mirziyoyev posetil v Ferganskoy oblasti voinskuyu chast Vostochnogo voyennogo okruga - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev: Vatanni sevish - ulug‘ fazilat

Qo‘mita raisi Iqboljon Mirzaliyev (Iqbol Mirzo, tahr.) tadbir davomida O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ishni endi boshlayotgan senator oldiga qanday vazifalar qo‘ygani, mahalla oqsoqollari kamxarj to‘y qilayotgan fuqarolar ro‘yxatida nega boylarni yashirayotgani hamda chetda turib O‘zbekistonga tosh otayotganlar haqida gapirdi.

O‘zbekiston prezidenti qanday vazifa qo‘ygan edi?

Iqbol Mirzoning aytishicha, joriy yil aprel oyida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tashkil qilingach, u o‘z nomzodi qo‘mita raisligiga qo‘yilganidan xabar topgan. Shundan so‘ng, u Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatga chaqirtirilgan.

O‘zbekiston prezidenti Iqbol Mirzo bilan suhbatda gapni qisqa qiladi: Qo‘mita o‘z faoliyati davomida asosiy e’tiborni yoshlarning vatanparvarlik ruhida tarbiya topishiga qaratishi lozim edi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar - ulkan kuch: Mirziyoyev yoshlarga Hukumat eshiklarini ochdi

"Qo‘mita nomida yoshlar, madaniyat va sport o‘z aksini topgani, bir nuqtada tutashgani ham bejizdan emas. Hammasi vatan taraqqiyoti, himoyasi, vatanparvarlik uchun yo‘naltirilgan, aslida olganda", - deydi senator va yoshlar madaniyatli hamda sportchi bo‘ladigan bo‘lsa, hech qachon hech qanday muammo bo‘lmasligini qo‘shimcha qiladi.

"Meni senator emas, shoir sifatida ko‘rishga o‘rganib qolishgan"

Aytish joizki, Iqbol Mirzo raisligidagi qo‘mita matbuot-anjumani qiziqarli va erkin kechdi. O‘zbekiston xalq shoiri jurnalistlar bilan uchrashuvda shu kechayu-kunduzda guvohi bo‘layotgan qiziqarli voqealardan ham ko‘pgina misollar keltirdi.

Siyohdon - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo 50 yoshda!

Ana shunday misollardan biri xalq Iqbol Mirzoni senator emas, balki shoir sifatida ko‘rishga o‘rganib qolganligi xususida bo‘ldi.

"Kecha bir og‘aynim menga aytaptiki, sen televizorda chiqsang, farzandlarim "Iqbol tog‘am chiqdi televizorda!", deb yugurishadi. Men she’r o‘qiysanmi desam, nuqul boshqa gaplarni gapirayotgan bo‘lasan deydi. Televizorda senator sifatida chiqishlarimiz ko‘p, qo‘limizdan kelgancha bizga yuklatilgan ishlarni olib borapmiz", - deydi Iqbol Mirzo.

"Bugungi kabi talab va mas’uliyat hech qachon bo‘lgan emas"

Iqboljon Mirzaliyev o‘z chiqishi davomida senatorlik vazifasi mas’uliyati haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Prodaves vzveshivayet arbuz - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda poliz mahsulotlari nega arzonlamayapti - senator javobi

"Bugungi kabi talab va mas’uliyat hech qachon bo‘lgan emas. Bugungi kabi Senatning ichki muhiti va ichki hayoti bu darajada jo‘shqin, bu darajada qaynoq bo‘lgan emas. Hozir senatorlar o‘zini haqiqiy senator deb his qilib, ishlashayapti. Men buni sizlarga kafolat berib aytishim mumkin", - deydi senator.

Iqbol Mirzoning so‘zlariga ko‘ra, hozir bajarilayotgan ishlar birdaniga ko‘zga ko‘rinmayotgan bo‘lishi mumkin, lekin aslida hamma sohada senatorlar faol ishtirok etishmoqda.

Iqbol Mirzoning to‘ylar haqidagi o‘ylari

Senator Qo‘mitaga to‘ylar borasida ham qator vazifalar yuklatilganini qayd etib o‘tdi.

Svadba docheri tadjikskogo oligarxa Shokirova  - Sputnik O‘zbekiston
Senat vakili dabdabali to‘ylarni taqiqlash nega kerakli natijani bermasligini tushuntirdi

"O‘rganishlar, tahlillar shuni ko‘rsatayaptiki o‘zbek uchun eng asosiy narsa - to‘y ekan. Hamma narsamiz to‘yga qaratilgan ekan. Hamma maqsadimiz, murodimiz hatto ertaklarimiz ham to‘y bilan tugaydi-da. "Qirq kecha-yu, qirq kunduz to‘y berib, murodu-maqsadiga yetibdi", deb tugaydi ertaklarimiz. Hayotda duolarimiz ham "to‘ylarga yetqazsin" degan duolar", - deydi u va to‘ylar borasida o‘z yechimini kutayotgan masalalar nihoyatda ko‘pligini aytadi.

Senator xalq orasida "to‘ylar to‘g‘risidagi qarorning bekor bo‘lganligi va xalq endilikda xohlagancha to‘y qilishi mumkinligi" haqidagi mish-mishlar borasida ham to‘xtalib o‘tdi.

Iqbol Mirzoning aytishicha, bu tarqalgan gaplar noto‘g‘ri. O‘zbekiston prezidenti senatorlar oldiga qarorni yanayam takomiliga yetkazish topshirig‘ini qo‘ygan. Ertaga, masalan, bu qaror qabul qilinadigan, qonunlashadigan bo‘lsa, og‘riqli savollar chiqmasin. Bundan tashqari, O‘zbekiston ko‘pmillatli davlat bo‘lgani uchun boshqa millat vakillari manfaatlari ham hisobga olinmog‘i kerak. "Qonun chiqqandan keyin hammaga barobar bo‘ladi. Biz bu borada ham monitoring ishlarini olib borapmiz", - dedi Mirzaliyev.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev amaldorlarga to‘ylarga borishni man etdi

Senator bir masala ko‘tariladigan bo‘lsa "ura-ura" qilib boshqa tarafga tortib ketish singari "qiziq odatlarimiz" bor, deya ta’kidladi.

"Prezidentimizning o‘zlari 150-200ta odam bilan (to‘y o‘tkazishni) taklif qilib turibdilar. Lekin go‘yoki buyam musobaqa-da. "Biz 50ta odam bilan to‘y qilamiz, biz 60ta odam bilan to‘y qilamiz", deb odamlarni qiynashni nima keragi bor? Mahalla oqsoqollari turib shunga o‘xshagan takliflarni gapirgan, endi buning orqasidan qancha noqulay vaziyatlar yuzaga kelayapti. Bo‘ladigan gapni gapirish kerak, bo‘ladigan ishni qilish kerak. Odamlarning jig‘iga tegmaslik kerak", - deydi qat’iy Iqbol Mirzo.

Senatorning aytishicha, bu masalada prezidentning asosiy talabi - odamlar, xususan, o‘rta qatlam qiynalmasligida. Va bu yerda, ushbu qaror, boylarni "chetlab o‘tishi" holati bo‘lmaydi.

"Olmazor tumani mahallalaridan kamtarona to‘ylarni ro‘yxatini beringlar, desak, bizga shunaqa ro‘yxat berishaptiki, ro‘yxatdagilar xohlasa ham katta to‘y qila olmaydi. Chunki bir joyda ishlamaydi, ota-onasi yo yo‘q, yoki pensioner, kambag‘al, faqir, ishsiz odam. Shu odam 100 kishilik to‘y qilyapti, deb bizga ro‘yxat berishayapti. O‘zi imkoniyati shu uni, boylarni esa yashirishayapti. Bizga shu paytgacha boy odam kamxarj to‘y qilayapti, kamtarona to‘y qilayapti degan axborot kelib tushgani yo‘q", - deydi senator.

"O‘zi asl maqsadimiz nima? Pul topib, to‘g‘ri pulni xalol mehnat qilib, tadbirkorlik orqali oshib-toshib ketgan odamlarimiz ham ko‘p, lekin asl maqsadimiz, shuki, shular boshqalarga o‘rnak bo‘lib, kamtarona to‘y qilsa, quturib ketmasa, odamlarning jig‘iga tegmasa, g‘ashini keltirmasa. Axir shu ma’noda qilinayapti-ku bu siyosat!?". 

Jenix i nevesta na brakosochetanii - Sputnik O‘zbekiston
Senat qarori loyihasi: "ota ko‘rdi", "kuyov chaqirdi" kabi tadbirlar man etiladi

Ayni vaqtda Olmazor tumanida senat vakillari va deputatlar aynan to‘ylarni ixchamlashtirish borasida ish olib borishmoqda. Va hatto, tez kunda Olmazor tumani mutasaddilari ixcham to‘ylar qanday o‘tkazilishi kerakligi borasida butun respublikaga o‘z takliflari bilan chiqishga tayyor. Olmazor tumanidagi deputatlarning aytishicha, "ixcham" to‘ylarga ketadigan sarf-xarajatlar 6-8 million so‘mni tashkil qiladi.

O‘zbekistonga tosh otadiganlar haqida

Iqbol Mirzo o‘z chiqishi davomida "Yoshlar Ittifoqi" faoliyatiga ham to‘xtaldi.

"Yoshlar Ittifoqi" ishlamayapti, deb tosh otayotganlar bekorni aytibdi. Juda katta ish bo‘layapti. Qizig‘i shundaki, mana shu e’tiroz bildirayotgan odamlar o‘zlari shu narsadan bexabar. O‘zlari bilmaydi shu hayotda nimalar kechayotganini. O‘zlari chetlarda turib olib, faqat telefon o‘ynab yotadi-da, faqat Feysbukka kirib, "hayot shundan iborat ekan-da", deb o‘ylaydi-da, aslida bu yoqda ketayotgan ishlardan va bu ishlar osonlikcha ketmayotganligidan ularning xabarlari yo‘q", - deydi senator.

O‘zbekiston aholisi 32,5 milliondan oshdi

Iqbol Mirzo O‘zbekiston xalqi har yili yarim millionga ko‘payayotgan xalq ekanligini eslatib o‘tdi.

"Yarim million degani - Lyuksemburgdan ko‘ra, Islandiya degan mamlakat aholisidan ko‘proq-da. Xudo xohlasa, yana 20-30 yildan keyin 50 millionga yetamiz. Har yili besh yuz ming nafar dunyoga kelayotgan, har yili besh yuz ming nafar maktab-kollejlarni bitirayotgan bolalarni ish bilan ta’minlash, ularni o‘qitish, qornini to‘qlash, ularning xavfsizligi, sog‘lig‘i masalalari - bu oson masalalar emas", - deydi u va bu yerda chekkada turib tosh otgandan ko‘ra, yordam berish to‘g‘riroq bo‘lar edi, deb qo‘shimcha qiladi.

Chetdan turib, "e, hech narsa bo‘lmadi", deb tosh otish juda oson. Undan ko‘ra, yordam ber. Hech bo‘lmasa yaxshi gap, yo maslahating bilan ishtirok et, deya o‘z nutqini yakunlaydi senator.

Yangiliklar lentasi
0