TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 1-oktabr holatiga O‘zbekiston aholisi soni 32 511,9 ming kishini tashkil qildi. Yil boshidan buyon aholi o‘sish soni 391,4 ming kishini tashkil qildi.
Hisobotda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston shahar va qishloqlarda yashaydigan aholi soni teng desa ham bo‘ladi: shaharda 16 451,9 ming, qishloqlarda 16 600 ming kishini tashkil qildi.
Shu bilan birga eng ko‘p aholi yashaydigan hudud Toshkent shahri (2,4 mln) va Toshkent viloyati (2,8 mln) bo‘lib qolmoqda. Viloyatlar bo‘yicha aholi soni Samarqand (3,7 mln), Farg‘ona (3,6 mln), Qashqadaryo (3,1 mln), Andijon (2,9 mln), Namangan (2,6 mln), Surxondaryo (2,5 mln), Buxoro (1,8 mln), Qoraqalpog‘iston (1,8 mln), Xorazm (1,7 mln), Jizzax (1,3 mln), Navoiy (0,9 mln) Sirdaryo (0,8 mln) kishini tashkil qilgan.
Ushbu yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 192,7 ming nikoh va 23,6 ming ajralish holatlari qayd etilgan. Ya’ni o‘rtacha 1000 aholi soniga 8ta nikoh va 1ta ajralish to‘g‘ri keladi.
Migratsiya masalasida, o‘tgan 9 oy davomida O‘zbekistonga kirib kelganlar soni 120,8 ming kishi, chiqib ketganlar soni esa – 136,1 ming kishini tashkil qildi. Migratsiya saldosi —15,63 ming kishidan iborat bo‘ldi. Bu 2016-yilgi ko‘rsagichga (-20,7 ming) nisbatan 5,4 ming kishiga kam.