"Mir" to‘lov kartalari O‘zbekiston hududida ham ishga tushishi mumkin

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya platejnoy karti "Mir"
Prezentatsiya platejnoy karti Mir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2014 yilda sanksiyalar tufayli Visa va Mastercard Rossaning ayrim banklarini o‘z to‘lov tizimlaridan uzib tashlashgan edi. O‘tgan davr mobaynida Rossiya o‘zining mustaqil to‘lov tizimini ishga tushirdi.

TOShKENT, 1-iyul – Sputnik.  Rossiyada 1-iyuldan barcha budjet oylik to‘lovlari "Mir" bank kartasiga o‘tkaziladi. Xalqaro Visa va MasterCard tizimiga to‘lovlar to‘xtatiladi, RIA Novosti xabariga asosan. 

Yangi kartalar tizimiga o‘tish aholi uchun katta qiyinchiliklar tug‘dirmasligi kerak, chunki Rossiya to‘rt yildan beri o‘z Milliy to‘lov tizimini bosqichma-bosqich qurib kelmoqda.

Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
Visa to‘lov tizimi O‘zbekistonda faollashadi

Ma’lumki 2014  yildagi siyosiy krizis va sankitsalar natijasida bosh ofisi AQShda joylashgan Visa va Mastercard to‘lov tizimlari Rossiyaga nisbatan ayrim cheklovlar kirita boshladi. Xususan ular Rossaning ayrim banklarini o‘z tizimlaridan uzib tashlashgan edi.

Shundan so‘ng Rossiya 2014-yilning 23-iyulida xorijiy to‘lov tizimlariga mutlaq bog‘lanmagan “Mir” to‘lov tizimini qurishni boshlagan edi. O‘tgan davr mobaynida budjetdan maosh oladigan barcha ishchilar, ya’ni Duma deputatlaridan boshlab, o‘qituvchilar, shifokorlar, kattayu-kichik mansabdorlarning barchasiga “mir” kartalari berildi. Bugungi kunda budjet tizimining 95 % ishchilariga ushbu karta bilan ta’minlangan.

Rossiyaning Milliy to‘lov kartalari sistemasi 2020-yilga qadar 70 million kishini qamrab olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Bugungi kunda 37 million kishi “Mir” kartalari bilan ta’minlangan.  Ushbu kartalar Rossiyaning 150 ta banki tomonidan berish yo‘lga qo‘yilgan.

Naqd va plastik karta orqali hisob-kitoblar o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi

Davlat ishchilari uchun yangi to‘lov tizimiga o‘tish juda oson: ulari ariza yozadi va 10 kunda kartani qo‘llariga oladi. Rossiyada yashayotgan 43,6 million nafaqaxo‘lar esa “mir” kartasi olishga majbur emas. Ular 2020-yilning iyul oyiga qadar o‘z xoxishiga qarab yangi to‘lov tizimiga o‘tishlari mumkin.

Bugungi kunda “Mir” kartalari egalari ulardan foydalanishda hech qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani yo‘q. Ushbu kartalarda naqd pul istalgan bankomatda yechib olish mumkin, xarid uchun to‘lovlar esa, boshqa bank kartalari qabul qilinayotgan barcha terminallarda qabul qilinadi.

Ayni damda Rossiya YeOII a’zo mamlakatlari hududlarida ham ushbu kartalarni qabul qilish imkoniyati bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Armanistonda esa “Mir” kartalari allaqachon qabul qilinmoqda.

Visa, Mastercard kabi dunyoning yirik to‘lov tizimlari esa, “Mir” kartalari bilan raqobat qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

“Bozor hajmi yiliga 20%ga oshib bormoqda, ikkinchidan hozircha barcha xaridlarning faqat 35% plastik kartalar orqali amalga oshirilmoqda. Bu barcha uchun hali imkoniyatlar keng degani. Sog‘lom raqobat esa — mijoz foydasi”, — deb javob berdi Visaning  Rossiyadagi direktori Yekaterina Petelina.

MasterCard rahbari Aleksey Malinovskiy, bozorda 20-yildan beri ishlayotganlarini va ular o‘z mijozlari uchun juda yaxshi taklaflarga ega ekanliklarini xabar qildi.

UnionPay - Xitoy to‘lov tizimi - Sputnik O‘zbekiston
UnionPay xalqaro to‘lov tizimi Uzcard tizimiga ulandi

“Mir” kartasi vakillari esa erishilgan natijalarda to‘xtamasdan, mijozlar uchun yanada qiziqarliroq xizmatlar taklif qilish niyatida. Xususan, Milliy to‘lov tizimi rahbari Vladimir Komlev aytishiga qarganda, ular “Mir” asosida Rossiyaning barcha yirik shaharlarida yo‘lovchi transportida foydalansa bo‘ladigan universal proyezdnoy ishlab chiqishmoqchi.  Undan tashqari kontaktsiz to‘lovlar va keshbek tizimlarini ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. 2020-yildan keyin “Mir” to‘lov tizimi muvaffaqiyatli bo‘lishiga Komelevning ishonchi komil.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkin-ki, to‘rt yil davomida Rossiya o‘z hududida stabil ishlaydigan to‘lov tizimini tashkil qila oldi. Bugungi kunda “Mir” kartalari Rossiyaning barcha savdo nuqtalarida qabul qilinadi. Xorijiy mamlakatlarda foydalanish uchun Maestro, JCB yoki Unionpay to‘lov tizimlaridan biri orqali kobeydjing karta ochish kerak bo‘ladi.

"Mir" to‘lov kartalari yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda ham ishga tushishi mumkin. Uzcard-Mir kobeyjing kartalari ishga tushirilishi mumkinligi haqida O‘zbekiston Yagona protsessing markazi direktori Axror Maxmudov Spot.uz nashiga  xabar qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0