TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida China UnionPay prezidenti Shi Venchao boshchiligidani UnionPay International delegatsiyasi, O‘zbekiston Markaziy banki, O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi, tijorat banklari vakillari hamda turistik firmalar va OAV vakillari qatnashdi, Uzcard xabariga asosan.
UnionPay kartalarini Uzkard terminallar tizimida qabul qilish masalasi, marosimning asosiy mavzusiga aylandi. Tadbir davomida ushbu loyihani ishga tushirish UnionPay kartalarini 190 mingdan ziyod terminallardan iborat bo‘lgan Uzkard tizimida qabul qilish imkonini yaratishi qayd etildi.
Shu bilan bir vaqtda, Uzcard misolida O‘zbekistonda protsessing markazining zamonaviy texnologik platformasi yaratilgani ham alohida ta’kidlab o‘tildi. Ushbu protsessing markazi PCI-DSS sertifikatiga ega bo‘lganligi kelajakda uni boshqa xalqaro to‘lov tizimlariga to‘siqsiz ulanishiga imkon yaratadi.
Uzcard tizimi bugungi kunda barcha tijorat banklari to‘lov tizimlarini birlashtirgan yagona tizim bo‘lib u O‘zbekistonning barcha banklari chiqargan kartalariga xizmat ko‘rsatadi va ularning o‘zaro hisob-kitoblarini amalga oshirish imkonini beradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan 17 mln.dan ziyod plastik kartalar chiqarilgan bo‘lib, ularning 9,5 mln.i onlayn ishlaydigan kartalardir.
O‘zbekiston bank tizimining xalqaro UnionPay International tizimiga ulanishi ushbu sohaning rivojlanishi yo‘lida qo‘yilgan muhim qadam ekanligi alohida ta’kidlandi.