TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Amerikaning transmilliy kompaniyasi Visa, O‘zbekistonda o‘z faoliyatining kengaytirmoqchi, deb xabar qildi bugun Milliy bank Boshqarmasi raisi Suxrob Xolmuradov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Visa rahbariyati o‘zlari uchun yangi bozor ochishdan manfaatdor, konvertatsiya ochilishi va iqtisod erkinlashuvi to‘lov tizimlari uchun katta imkoniyatlar ochmoqda.
“Biz kelishib oldik, ushbu yilning 9-oktabridan O‘zbekistonga ularning birinchi ishchi guruhi yetib keladi. Biz Milliy bank va Visa orasidagi munosabatlarni o‘zgartirish va ular O‘zbekiston bozorida ishtirok etishi uchun yangi konsepsiya, yangi yo‘l xaritasi ishlab chiqamiz”, — dedi boshqarma raisi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda plastik kartalarning ommaviylashishi va keng tarqalishi 2004-yilda, Uzcard plastik kartalaridan boshlangan edi. Birinchi plastik karta esa, milliy bank tomonidan 1996-yilda emissiya qilingan.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 19,4 mln dona plastik karta chiqarilgan. Umumiy savdo balansida plastik orqali amalga oshirilgan to‘lovlar 70%ni tashkil qildi.