Toshkentdagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasidan reportaj: ishga muhtojlar nimadan afsuslandi

© SputnikYarmarka vakansiy v Tashkente
Yarmarka vakansiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sputnik O‘zbekiston muxbiri Toshkentda o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida bo‘lib, ish beruvchilar taklifi ishga muhtojlar talabiga qay darajada javob berdi, degan savolga javob izladi

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘z ishini boshlash, bandlikning o‘ziga mos variantini topish, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashish yoki hunar o‘rganish – bugungi kunda O‘zbekistonda har bir fuqaro istalgan yo‘nalishda o‘zini topa olishi mumkin. Xohish bo‘lsa bas.

Albatta, ishning sizga ma’qul kelishi, qolaversa, oylik masalasi ham muhim. Demak, taklif ham bu yerda muhim rol o‘ynaydi.

Bugun Toshkent shahridagi Chilonzor tumanida joylashgan Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universitetida o‘tkazilgan kengaytirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida fuqarolarga Toshkent shahrining Chilonzor, Sergeli, Uchtepa, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida faoliyat yuritayotgan 200 dan ortiq korxona va tashkilotlardagi 3 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

© SputnikYarmarka vakansiy v Tashkente proshla vo dvore pedagogicheskogo universiteta imeni Nizami
Yarmarka vakansiy v Tashkente proshla vo dvore pedagogicheskogo universiteta imeni Nizami - Sputnik O‘zbekiston
Yarmarka vakansiy v Tashkente proshla vo dvore pedagogicheskogo universiteta imeni Nizami

Sputnik O‘zbekiston muxbiri ushbu bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida bo‘lib, ish beruvchilar taklifi ishga muhtojlar talabiga qay darajada javob berdi, degan savolga javob izladi.

Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Koreyada ishlash uchun testdan muvaffaqiyatli o‘tganlar hujjatlarini taqdim etishlari so‘ralmoqda
Universitet binosi ertalabki soat 10dan odamlarga gavjum. Katta yoshdagi erkaklardan tortib, kollejni endi tamomlash arafasida turgan talabalargacha, ish bilan band bo‘lmagan yoshlar va turli yoshdagi ishga muhtoj ayollar shu yerda to‘planishgan.

Statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda 837 ming kishi rasmiy ishsiz deb qabul qilinganini e’tiborga olsak, odamlar gavjumligiga ajablanmasa ham bo‘ladi.

O‘zbekistonning turli hududlarida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalarida “minglab ish izlovchilar ishga yo‘llanma olishgani” haqidagi hisobotlarni mahalliy OAVlarda va Mehnat vazirligi rasmiy saytida ko‘p o‘qigansiz.

© SputnikYarmarka vakansiy v Tashkente
Yarmarka vakansiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Yarmarka vakansiy v Tashkente

Ammo bugun o‘tkazilgan yarmarkada fuqarolarning qanchasi ish bilan ta’minlangani haqida emas, balki yarmarkaga ish izlab kelgan ishga muhtojlar (ular orasida oliy ma’lumotlilari ham bor) duch kelgan muammolarga to‘xtalishni lozim topdim.

Misol uchun, Sergeli tumani stendida tashkil etilgan Narkologiya shifoxonasida mavjud bo‘sh ish o‘rinlaridan o‘ziga ma’qul bo‘sh vakansiyani topgan mutaxassisligi iqtisodchi bo‘lgan fuqaro ish beruvchilardan yo‘llanma ololmadi. “Propiskangiz” yo‘q ekan, biz faqat “propiskasi”ga qarab yo‘llanma beramiz, boshliq shunday dedi”, — degan javob berildi unga.

Chegirmali chipta - Sputnik O‘zbekiston
Chet elga ketayotgan migrantlar qanday qilib chegirmali chipta olishi mumkin ?
Keyingi stolda joylashgan ish beruvchilar o‘z atrofida yig‘ilgan fuqarolarga qanday qilib qonuniy haqqini talab qilish asnosida ishga joylashish mumkinligi haqida ma’lumot berayotgan ekan. "O‘zingiz propiska qilingan hududdagi bandlikka ko‘maklashish markazlariga “meni kvota bo‘yicha ishga qabul qiling” deb qonuniy haqqingizni talab qilsangiz, ular sizni ish bilan ta’minlaydi…"

Darvoqe, Bandlikka ko‘maklashish markazlari O‘zbekistondagi barcha hudud, shahar va tumanlari bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni jamlab, har oyda ish.mehnat.uz veb saytida e’lon qilib bormoqda.

Mehnat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, saytda 5000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot mavjud. Saytning Interaktiv xizmatlar bo‘limi orqali o‘zingizga mos lavozimga taklif olishingiz va ishga joylashishda yordam olishingiz mumkin. Hatto o‘rindoshlik asosida ham ish boshlashingiz mumkin. Shuningdek, ish izlovchi saytga o‘z ma’lumotnoma(rezume)sini joylashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxona-tashkilotlarga jo‘natish imkoniyatiga ham ega. Ish qidirish jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari hudud, shahar va tumanlar bo‘yicha kiritilgan. Ishga joylashish bo‘yicha shaxsiy yordamchi ish izlovchiga unga mos bo‘lgan ishni topishda yordam beradi. Faqat oyligi qoniqtirsa bas. Ish topish muammo bo‘lmaydi.

Keyingi — “Chet elga ishga yuborish” deb yozilgan stol qarshisida o‘tirgan yigitga murojaat qilaman: “Chet elga ishga yuborasizlarmi?”

“Ha, chet elga ishga jo‘natamiz, qonuniy jo‘natamiz”, — deydi u savolimga javoban va qaysi davlatga ishga bormoqchi bo‘layotganimga qiziqdi. Ammo ma’lumotim “oliy” ekanligini bilgach, bakalavr diplomiga ega fuqarolarga hozircha vakansiya yo‘qligini aytdi.

Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
"Mehnat migratsiyasi": O‘zbekistondan Rossiyaga qonuniy ketish qanchaga tushadi?
U bilan suhbat davomida agar qora ishchi bo‘lib ishlashga rozi bo‘lsam, Rossiyaning Samara shahrida 35 mingdan-60 ming rublgacha ish haqi to‘laydigan ishlar borligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldim.

Ishga joylashish uchun mendan Mehnat vazirligiga shaxsan murojaat qilish, ish beruvchi bilan suhbatdan o‘tish (bunda ish shart-sharoitlari, ish talablarini bilan tanishish) va agar ma’qul bo‘lsa chet elga migrant sifatida yo‘lga chiqaverishim mumkinligini bilib oldim.

Albatta, chet elga ketish shartlari va talablari haqida shu vaqtgacha Sputnik nashri ko‘p yozgan. Agar qiziq bo‘lsa, quyidagi havolada o‘qishingiz mumkin.

Yarmarkani aylanishni davom etaman.

Sergeli tumani bo‘yicha haydovchilar va chipta puli teruvchilarni ishga taklif qilayotgan 12 avtosaroy ish beruvchi vakillari yonida to‘xtayman.

Chipta teruvchilar qancha oylik olishlariga qiziqaman. "Bir yarim million so‘mgacha", — deyishadi javoban.

Yozgi mavsumda talabalarni uch oylik ishga qabul qilasizlarmi, deyman. "Yo‘q, bizga doimiy ish bilan band bo‘ladigan ish izlovchilar kerak", — deyishadi.

Sergeli tumani ish beruvchilari qatorining eng oxirida milliy hunarmandchiligimiz mahsulotlari chiroyli qilib terilgan stolga ko‘zim tushadi. Ammo bu yerda boshqalardan farqli o‘laroq hech kim yo‘q edi.

© SputnikAssotsiatsiya narodnix umelsev "Xunarmand" predstavila svoy stend v yarmarke vakansiy, Tashkent
Assotsiatsiya narodnix umelsev Xunarmand predstavila svoy stend v yarmarke vakansiy, Tashkent - Sputnik O‘zbekiston
Assotsiatsiya narodnix umelsev "Xunarmand" predstavila svoy stend v yarmarke vakansiy, Tashkent

Hunarmandlar uyushmasi vakilidan qanday ish o‘rinlarini taklif etayotganiga qiziqib ko‘raman.

"Biz ishni "nol"dan boshlashni maqsad qilgan, hunarmandchilikka qiziqish bildirgan va o‘z ishini boshlamoqchi bo‘lgan insonlarga yordam beramiz", — deydi suhbatdosh.

Aniqroq tushuntirishni so‘raganimdan so‘ng, davom etadi: "Masalan siz haykalchalar yasaysiz, siz qonuniy ishlashingiz kerak, mahsulotingizni sotishingiz, ko‘rgazmalar tashkil qilishingiz kerak — buning uchun fuqaro albatta hunarmandlar uyushmasiga a’zo bo‘lishi kerak".

Sentr remeslennikov v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Hunarmandlarga mikrokreditlar beriladi va soliqdan ozod etiladi
Hunarmandlar uyushmasiga a’zo bo‘lsam, bu menga nima beradi, deb savol beraman.

"Olti oy imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan eng kam oylik ish haqining 300 barobaridan (51,6 mln so‘m) oshmagan miqdorda imtiyozli mikrokreditlar beriladi. Hunarmandlar uyushmasiga a’zo bo‘lgan hunarmand shunaqa kredit oladi. Ammo bizni maqsadimiz fuqarolarni kreditga emas, hunarmandchilikka jalb qilish", — deb aniqlik kiritadi uyushma vakili.

Suhbat davomida Hunarmand uyushmasiga a’zo bo‘lgan inson, agar u biror hunarga ega bo‘lmasa, ustoz hunarmandga biriktirilishi, hunar o‘rgangach esa o‘z ishini boshlashi mumkinligi, hunarmandlar kelajakda pensiya bilan ta’minlanishi va yana qator imtiyozlarga ega bo‘lishlari mumkinligi haqida ma’lumot olaman.

"Nega sizlarni stendlaringiz oldida hech kim yo‘q, boshqalarda ko‘rib turibsizki ish izlovchilar gavjum ko‘p", — deyman xayrlasha turib. "Quyosh bo‘lsa kerak sababi”, — deydi tabassum bilan suhbatdosh. Darvoqe, Toshkentda hali soat 11 ham bo‘lmaganiga qaramay, jazirama, quyosh nafas olib bo‘lmaydigan darajada qizdirgan.

Suhbatdoshimning so‘zlariga shubha bildirmayman.

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga sayohatimni yakunlash qaroriga kelib endi ortga qaytgandim ham bir guruh ayollarga duch keldim. "Bekor kelibmiz, ish yo‘q ekan", dedi ulardan biri yonidagi ayolga murojaat qilib. Qolganlari ma’qullashadi.

Ayollar turgan stend yoniga yaqinlashaman. Tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJlar tikuvchi va shu yo‘nalishdagi kasbga ega ayollarga ish taklif qilmoqda ekan.

Oyligiga qiziqdim — 500 ming. "Oylikni oshirishni iloji bormi?", — deyman boshini quyoshdan pana qilib o‘tirgan ish beruvchi vakiliga. Javob berish o‘rniga qo‘limga bir parcha qog‘oz tutqazdi.

Qog‘ozga ko‘z yugurtiraman, "1 mahal issiq ovqat va avtobus xizmati", deb yozilgan. Pastroqda telefon raqami keltirilgan.

Tikuvchilik sohasida ish izlab yurgan ayollarga ham propiska kerak bo‘larmikin, degan o‘yda qog‘ozda ko‘rsatilgan raqamlarni teraman. Afsuski, qog‘oz parchasida keltirilgan telefon raqami o‘chirilgan bo‘lib chiqdi.

Samarkand tumanidagi kasb-hunar kolleji - Sputnik O‘zbekiston
Barcha kollej bitiruvchilari ishga joylashtiriladi
Yarmarkani tark eta turib, "Aytishniklarga vakansiya yo‘qmi", deya ish beruvchilarni xol-joniga qo‘ymayotgan yosh yigitchaga ko‘zim tushdi.

Yonidagi sherigi ham ish izlayotgan, ammo qanday sohadagi ishga joylashmoqchiligini o‘zi ham bilmasdi.

"Ma’lumot bermaysizlarmi, axir ish izlayapti bular", deyman ish beruvchi vakillariga.

"Mana ro‘yxatni berdik, o‘ziga keraklisini tanlab olaversin". — degan javob oldim.

O‘zi nima ish keladi qo‘lingizdan, deyman yigitchaga qarab. U bir pas jim turadi. "Shukr, sog‘lomman, hamma ishni uddalayman. Lekin kollejni Ay-ti texnologiyalar bo‘yicha shu yil tugataman, o‘z soham bo‘yicha ish qidirayotgandim, topa olmadim", — deydi suhbatdoshim.

To‘g‘ri, bu turdagi yarmarkalar hali ko‘p o‘tkaziladi, bunga shubha yo‘q. Ammo tashkilotchilarga iltimosimiz, bor. Yarmarkani o‘tkazganingiz haqida hisobot topshirishga emas, balki bugungi kunda vakansiyalarga kiritilmagan mutaxassislikka ega bo‘lgan mana shu yosh "aytishnik" singari yigitlarga — ular o‘z imkoniyatlarini yana qaysi sohalarda sinab ko‘rishlari mumkinligi haqida ham ma’lumotlar berishga tayyor bo‘lsangiz…

Yangiliklar lentasi
0