TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Juma kuni e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endilikda respublikadagi korxona va tashkilotlar kollej va litsey bitiruvchilarini ishga qabul qilishi shart etib belgilandi.
Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokamaga qo‘yilgan. Rejaga muvofiq, yangi loyiha oktabr oyida hukumat e’tiboriga taqdim etilib, noyabr oyida esa parlament tasdig‘idan o‘tishi lozim.
Mehnat Kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra bundan buyog‘iga ish beruvchi 18 yoshgacha bo‘lgan kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga qabul qilishi shart. Kollej bitiruvchilarini ishga qabul qilishdan bosh tortgan tashkilot qarori sud orqali qayta ko‘rib chiqilishi belgilangan.