"Mehnat migratsiyasi": O‘zbekistondan Rossiyaga qonuniy ketish qanchaga tushadi?

© Sputnik / Denis Grishkin / Mediabankka o‘tishPosetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy jalb etish va ishga qabul qilish to‘g‘risida" Bitim imzolangan edi. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ushbu bitim bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini tavsif qildi

TOShKENT, 20 sen — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Bugungi kunda O‘zbekistondan chet elga ishlash uchun rasman chiqish tartibi qanday? Rossiya, Koreya yoxud boshqa chet davlatlarda ishlab kelishni rejalashtirgan mehnat migrantlari qayerga murojaat qilishlari lozim?

Rossiyada qonuniy ishlash imkoniga ega bo‘lish uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Mehnat migrantlarini qiziqtirgan shu va boshqa savollarga Tashqi Mehnat migratsiya agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Xafizov Abduaziz Dilshodovich javob berdi.

Murojaat manzili

Mehnat vazirligida migrantlarni Rossiyaga kuzatish marosimi - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vazirligida Rossiyaga ketayotgan mehnat muhojirlarini kuzatish marosimi o‘tkazildi
Abduaziz Dilshodovichning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda chet elga ishga ketishni rejalashtirgan samarqandliklar viloyat hokimiyati yonidagi 12-qavatli binoning 2-qavatida joylashgan Migratsiya markaziga murojaat qilishlari mumkin.

Fuqarolar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqovchi hujjat olishlari shart.

Xafizovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari Agentligi Rossiya Federatsiyasi, Yevropa, Yaponiya hamda Koreya bilan shartnomalar tuzgan.

Rossiyaga ishga yuborish qay tarzda amalga oshiriladi?

Mehnat Migratsiyasi agentligi tegishli malaka va ish tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan nomzodlar tanlovini amalga oshiradi. Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Ta’lim va fan vazirligi kompleks imtihonlarni topshirish bo‘yicha tavsiya etgan o‘quv-uslubiy materiallarga muvofiq o‘qitadi; ishga joylashtirishga nomzodlar tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkillashtiradi.

Xafizovning so‘zlariga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ish beruvchilar bilan talab etilayotgan malaka va tajribaga ega bo‘lgan nomzodlarni, shuningdek mehnat shartnomalari loyihalarini kelishadi; shuningdek, mehnatkash-migrantlarning tashkiliy jalb etish tartibida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga qadar yetib borishini tashkillashtiradi.

Ish haqi, tibbiy ta’minot, baxtsiz hodisa tufayli tovon pullari

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ishga joylashtirishga nomzodlarda ruxsatnoma (patent) olishga to‘sqinlik qiluvchi kasalliklar mavjud bo‘lishi holatlarining oldini olish maqsadida ularning sog‘lig‘i holati nazoratini amalga oshiradi.

Uchebnie posobiya po russkomu yaziku dlya migrantov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda bo‘lajak mehnat migrantlari uchun tayyorlov markazi ochiladi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishga joylashtirishga nomzodlarni ularning xalqaro yoki davlatlararo qidiruvda ekanligi, shuningdek chiqishiga to‘sqinlik qiluvchi boshqa sabablar; O‘zbekiston Respublikasi hududida Rossiya Federatsiyasi hududida ham jinoyat deb tan olinadigan jinoyati uchun tugallanmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganligining mavjudligi bo‘yicha tekshiradi.

Mehnatkash-migrantlarning Rossiya hududidagi tibbiy ta’minoti Rossiya qonun hujjatlari va Tomonlar davlatlari ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mehnatkash-migrantlarning daromadini soliqqa tortish Rossiya qonun hujjatlariga va Tomonlar davlatlari ishtirokchi bo‘lgan soliqqa tortish sohasidagi xalqaro shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Mehnatkash-migrantlar Rossiya qonun hujjatlarida belgilangan huquq va majburiyatlarga ega. Mehnatkash-migrantlar Rossiya qonun hujjatlari va Tomonlar davlatlari ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga muvofiq ijtimoiy sug‘urta (majburiy tibbiy sug‘urtadan tashqari) va pensiya ta’minoti huquqiga ega.

Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligiga chalinish natijasida mehnatkash-migrant vafot etgan yoki sog‘lig‘iga shikast yetgan taqdirda tegishli tovon puli Rossiya qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanadi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki ish beruvchining aybi bilan kasb kasalligiga chalinish natijasida mehnatkash-migrant vafot etgan yoki sog‘lig‘iga shikast yetgan taqdirda, ish beruvchi mehnatkash-migrantni O‘zbekistonga qaytarish yoki jasadni tashish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplaydi. Mehnatkash-migrant vafot etgan taqdirda ish beruvchi o‘lim fakti bo‘yicha materiallarni taqdim etgan holda bu haqda jo‘natuvchi tashkilotni darhol xabardor qiladi.

Rossiyada qonuniy mehnat qilish qanchaga tushadi?

Ish topish, chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq chiqish hujjatlarini rasmiylashtirish xizmatlari haqi eng kam ish haqining 4 baravari, ya’ni qariyb 600 ming so‘m miqdorida belgilangan.

5 sentabrya 2017 goda v Uzbekistan s ofitsialnim vizitom pribila delegatsiya Federatsii nezavisimix profsoyuzov Rossii vo glave s predsedatelem FNPR Mixailom Shmakovim - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi o‘zbek mehnat migrantlari o‘z kasaba uyushmalariga ega bo‘lishlari mumkin
Bo‘lg‘usi mehnat migranti, shuningdek, chet ellarga ketayotgan fuqarolarni oldindan ko‘niktirish va o‘qitish markazi kurslari uchun ham haq to‘lashi mumkin. Bu Rossiya, Polshaga borishni istaganlar uchun 600 ming, Janubiy Koreyaga boradiganlarga 900 ming so‘m atrofida.

Mazkur kurslarda mehnat migrantiga borayotgan davlat qonunlari, an’analari tushuntiriladi, muloqot qilish va ish uchun yetarli darajada til o‘rgatiladi, xavfsizlik texnikasi qoidalari va mehnat muhofazasi talablari haqida batafsil axborot beriladi. Yil boshidan beri ushbu markazda qariyb 500 kishi tahsil oldi.

Ayni paytda kompleks tibbiy ko‘rikdan o‘tish kerak bo‘ladi. Bunga 127 ming 500 so‘m ketadi. Agentlik doirasida sarflanadigan xarajatlar — shular. Ammo xodim, misol uchun, Rossiyada ishlaydigan bo‘lsa, patent uchun ham to‘lov qilishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, chipta, ish joyiga yetib olish uchun yo‘l haqi, viza tartibi amal qiladigan davlat uchun esa viza to‘lovlarini amalga oshirishi lozim.

Albatta, hammada ham yuqorida qayd etilgan to‘lovlar uchun yetarli darajada mablag‘ bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli ham agentlik moliya muassasalari va ayrim ish beruvchilarning e’tiborini mazkur muammoni hal qilishga qaratmoqda.

O‘zbekiston hamda Rossiyaning qator banklari ishga ketayotganlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash, o‘qitish, yo‘lkira hamda dastlabki yashash joyi uchun qisqa muddatli kreditlar ajratish istagini bildirishgan. Bunda kredit to‘lovi ish joyida oylik maoshidan ushlab qolish orqali qoplanadi. Bir qator ish beruvchilar nafaqat yo‘l haqini, ayni paytda patent uchun ketadigan mablag‘larni ham ko‘tarishga tayyor. Bu mablag‘lar keyinchalik xodimning oylik maoshidan ushlab qolinadi.

Yangiliklar lentasi
0