Sobiq rektor Allaqulov O‘zbekiston hukumatidan o‘z lavozimiga qayta tiklashlarini so‘ramoqda

© Foto : Iz lichnogo arxiva Xidirnazara AllakulovaXidirnazar Allakulov
Xidirnazar Allakulov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Termiz davlat universiteti sobiq rektori Allaqulovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar O‘zbekiston respublikasi hududlarida joylashgan 14ta sudlarda, xususan, Oliy sudda ham ko‘rib chiqilgan va sudyalarning barchasi Allaqulovni haq deb, oqlov hukmini qabul qilgan. Shunday bo‘lsa-da, sobiq rektor o‘z lavozimiga qayta tiklanmagan

TOShKENT, 21-may — Sputnik. 2002-2004 yillarda Termiz davlat universitetining (TerDU) rektori bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan, iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Allaqulov o‘z lavozimiga qayta tiklanish niyatida. Bu haqda u Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda ma’lum qildi.

Studenti pedagogicheskogo instituta v Chirchike - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning 16 oliy o‘quv yurtida sirtqi va kechki bo‘limlar ochiladi
Allaqulovning aytishicha, rektorlik faoliyati mobaynida Termiz Davlat universitetida sodir etilgan noqonuniyliklarga, universitet va uning atrofidagi korrupsiyaga vakolati doirasida qarshi kurashib chek qo‘yganligi uchun manfaatdor guruhlar va shaxslar unga tuhmat qilgan, prokuratura organlari esa adolatsizlik qilgan.

Allaqulovning so‘zlariga ko‘ra, test sinovlarida mutlaqo qatnashmagan yoki yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar universitetda noqonuniy o‘qitilib, ularga noqonuniy diplomlar berib kelingan. Aniqlanishicha, bunday "talabalar" soni 917 nafarni tashkil etgan.

Bunday talabalar tarkibida huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining farzandlari va qarindoshlari bo‘lgan.

Bu noqonuniy o‘qitilib kelinayotgan talabalar haqida Allaqulov yuqori idoralarga ma’lumotnomalar taqdim etgan, ammo muammo hal etilmasdan ochiq qoldirilgan. Shu muammoni ko‘tarib chiqqanligi uchun uning o‘zini eng oxirgi odam etib ayblamoqchi bo‘lishgan.

Allaqulovning aytishicha, uning rektorlik davrida talabalikga qabul qilishda adolatli usul qo‘llanilgan va abituriyetnlar qat’iy ballar ketma-ketligida qabul qilingan.

Bu borada mahalliy OAVlari orqali ballar bo‘yicha muntazam e’lonlar berib borilgan.

Talabalar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi bir nechta oliy o‘quv yurtlari tanqid ostiga olindi
"Abituriyentlarning yashash manzillariga shoshilinchnomalar yuborildi. Aks holda, 168 ball to‘plagan bir yoqda qolib, 68 balli "da’vogar"larning omadi chopgan bo‘lardi. Bu usul ham ularga yoqmadi. Chunki, bu usul mamlakatdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida joriy etilgudek bo‘lsa, ularning "tor" manfaatlari yo‘liga to‘siq bo‘lar edi", — dedi suhbatdosh.

Allaqulov huquqni muhofaza qiluvchi organlar himoyasida universitetning mansabdor shaxslari, firma va bank muassasalari rahbarlari tomonidan universitetning rasmiy kursda 600 ming AQSh dollariga teng talon-taroj qilingan pullarini universitetga qaytartirganini qo‘shimcha qildi.

Yuqorida kabi ishlari bu g‘ayriqonuniylikdan manfaatdor guruhlar, shaxslar manfaatlariga zid kelganligi uchun Allaqulovga nisbatan shunday jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Termiz davlat universiteti sobiq rektori Allaqulovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar O‘zbekiston Respublikasi hududlarida joylashgan 14ta sudlarda, xususan, Oliy sudda ham ko‘rib chiqilgan va sudyalarning barchasi Allaqulovni haq deb, oqlov hukmini qabul qilgan. Shunday bo‘lsa-da, sobiq rektor o‘z lavozimiga qayta tiklanmagan.

Bugungi kundagi rektorlikka qayta tiklanish qarorini izohlar ekan, Allaqulov shunday dedi:

O‘zbekiston milliy universiteti - Sputnik O‘zbekiston
Milliy universitetga ikki yil davomidagi uchinchi rektor tayinlandi
"Mening rektorlik davrimda talabalarning fan olimpiadalari bo‘yicha 59-o‘rinda turgan Termiz universiteti viloyatlar ichidagi oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida 1-o‘ringa ko‘tarilgan. Termiz davlat universiteti talabalari tarkibidan sport bo‘yicha Osiyo chempionlari yetishib chiqqan. Universitetda ko‘plab fan nomzodlari va fan doktorlik dissertatsiyalari yoqlangan. Universitet professor o‘qituvchilari Oliy va o‘rta maxsus vazirligining grifi bilan 13ta fandan darslik va o‘quv qo‘llanmalari yozib, respublikadagi barcha oliy o‘quv yurtlariga darslik o‘quv qo‘llanmalari sifatida joriy etilgan. Talabalar, magistrantlar xalqaro grantlarni yutib, Yaponiyada oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun ketgan. Universitet Janubiy Koreya, Gollandiya, Rossiya hatto Avstraliya oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirgan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro aloqalar o‘rnatilgan. Universitetning barcha kafedralari, dekanatlari internet tizimiga ulanib, elektron pochtalar orqali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan edi, undan tashqari elektron kutubxonalar tashkil etilgan va eng asosiysi, talabalarga subtitrli ma’ruzalar o‘qish yo‘lga qo‘yilgan edi. Professor-o‘qituvchilarning ijodiy mehnat faoliyati samaradorligini oshirish uchun universitetda ustama tabaqalashtirilgan ish haqlari joriy etilgandi".

Allaqulovning maqsadi, rektorlik lavozimiga tiklanish orqali toptalgan sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘yini, jamoatchilik orasida to‘kilgan obro‘yini tiklash va mamlakatdagi ilm-u ma’rifat va ta’lim jarayonini rivojiga hissa qo‘shish, O‘zbekistonda dunyo miqyosidagi raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga o‘zining tajribasi, ilmi va tashkilotchilik qobiliyatini ko‘rsatish.

"Menga nisbatan adolatni qaror toptirish bo‘yicha Muhtaram prezidentimiz va davlat arboblari nomlariga 12 marotaba murojaatlar taqdim etdim. Ammo bu murojaatnomalarim prezidentimizning e’tiboriga yetkazilmagan, degan fikrdaman. Prezident Shavkat Mirziyoyevdan avvalgi ishim, rektorlik lavozimiga tiklashni shu orqali sha’nim, qadr-qimmatim, ishchanlik obro‘yim tiklanishiga e’tibor qaratishini va menga nisbatan adolatni uzil-kesil qaror toptirishda yordam berishini so‘rayman", — deb suhbatga yakun yasadi Allaqulov.

Yangiliklar lentasi
0