O‘zbekistondagi bir nechta oliy o‘quv yurtlari tanqid ostiga olindi

Obuna bo‘lish
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Joriy yil 30-avgust kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarining yakuniga bag‘ishlangan videoselektorda O‘zbekistondagi bir nechta oliy o‘quv dargohlari faoliyati tanqid ostiga olindi, deb xabar qildi O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot-xizmati.

Studenti v auditorii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi 15ta oliy o‘quv yurtida maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etiladi
"Jumladan, Guliston, Termiz, Urganch davlat universiteti, Jizzax politexnika, Jizzax, Nukus davlat pedagogika institutlarida, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali faoliyati va boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirildi.

Ayniqsa, kurslarda kamida 2 ta guruhda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida o‘qitishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish, ingliz tilida dars o‘tadigan professor-o‘qituvchilarni maqsadli tayyorlash borasidagi ishlar o‘ta sust ketayotganligi qayd etildi", — deyiladi xabarda.

Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari faoliyatiga baho berishda mazkur masalaga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlab o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, oliy ta’lim tizimida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini joriy yil 25-avgustga qadar to‘liq yakunlanishi kerak edi.

Videoselektorda o‘quv yuklamalarini taqsimlash, o‘quv dasturlarini, o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash, hududlarni obodonlashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq tadbirlarni yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilgan.

Shuningdek, ijro intizomi barcha oliy ta’lim muassasalarida talab darajasida emasligi aniq misollar bilan aytib o‘tilgan.

Videoselektor yakuni bo‘yicha barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Yangiliklar lentasi
0