"Yandeks.Taksi" haydovchi va avtomobillarni qanday tanlab oladi?

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil slujbi "Yandeks-taksi".
Avtomobil slujbi Yandeks-taksi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Yandeks.Taksi" xizmati vakillari Sputnik muxbiriga haydovchilarni ishga qabul qilish va avtomobil texnik holatini tekshirish qanday amalga oshirilayotganini aytib berdi.

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Rossiyaning taniqli taksi xizmati "Yandeks. Taksi" aprel boshida O‘zbekistonda ish boshlagan edi. O‘tgan davr mobaynida yangi xizmat haydovchilarni ishga qabul qilishda davom etmoqda.

"Yandeks.Taksi" xizmati vakillari Sputnik muxbiriga haydovchilarni ishga qabul qilish va avtomobil texnik holatini tekshirish qanday amalga oshirilayotganini aytib berdi.

Avtomobil Yandeks. Taksi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
"Yandeks.Taksi" O‘zbekistonga nimalar olib kelmoqda?

Bugungi kunda “Yandeks.Taksi” O‘zbekistonda haydovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, ro‘yxatdan o‘tgan taksopark va dispetcher xizmatlari bilan ishlamoqda. Haydovchi o‘z avtombili bilan “Yandeks.Taksi”ga ulanishi uchun kompaniyaning mahalliy hamkorlaridan biriga murojaat qilishi kerak. Mahalliy hamkorlar ro‘yxatini taxi.yandex.com saytidan topish mumkin.

“Haydovchilarni tanlab olish O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Bizning o‘z talablarimiz ham bor – masalan, haydovchilik tajribasi uch yildan kam bo‘lmasligi kerak, sudlanmagan bo‘lishi kerak. Avtomobillarni dastlabki ko‘zdan kechirish ham hozircha mahalliy hamkorlar tomonidan amalga oshirilmoqda. Lekin bizning o‘z texnologiyalarimiz ham bor, masalan DKK (Masofadan turib sifat tekshirish)”, — dedi kompaniya vakili.   

“Har necha kunda bir marotaba haydovchi, buyurtmada bo‘lmagan vaqtda, "Yandeks.Taksometr" orqali avtomobilni sakkiz nuqtadan suratga tushirib kompaniyaga yuboradi. Kelajakda suratlar soni 15taga yetishi mumkin.

Avtomobil slujbi Yandeks-taksi. - Sputnik O‘zbekiston
"Yandeks. Taksi" O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlamoqda

Fotosuratlar dastur orqali amalga oshiriladi va kompyuter yordamida avtomatik ravishda ko‘zdan kechiriladi. Xususan, mashining tozaligi, shikastlanmaganligi va boshqa parametrlari tekshiriladi. Kamchiliklar aniqlanganda, ushbu haydovchiga buyurtma berish bermaslikni dasturning o‘zi hal qiladi. Munozarali vaziyatlarda avtomobilni kompaniya xodimi shaxsan ko‘zdan kechiradi va qaror qabul qiladi.

Biz, albatta, avtomobillarni va xizmat sifatini ko‘z bilan ham tekshiramiz. “Yashirin mijoz”larimiz ham bor, ya’ni kompaniya xodimlari mijoz sifatida avtomobildan foydalanishadi va unga baho berishadi.

Hozircha O‘zbekistonda faqat “Yandeks.taksi” faqat “Ekonom” tarif bo‘yicha ishga tushgan. Kelajakda “Komfort” yoki “Biznes” tariflari kiritilganida va avtomobillarga qo‘yiladigan  talablar kuchaytirilganda, ularning barchasini xodimlar shaxsan ko‘zdan kechirib tanlab olishadi. Tanlash jarayonida salonda hech qanday hid bo‘lmasligiga ham alog‘ida e’tibor beriladi”, — deyishdi kompaniya vakillari.

Ofis internet-kompanii Yandeks - Sputnik O‘zbekiston
"Yandeks" O‘zbekistonda yosh dasturchilarni tayyorlashda hamkorlik qiladi

Rossiyalik taksi agregatori kelajakda Toshkentda "Yandeks.Taksi" markazi ochishni rejalashtirgan. U yerda kompaniya xodimlari haydovchilarga "Yandeks.Taksometr" dasturi, karta va navigatorlardan foydalanishni o‘rgatishadi. Shuningdek haydovchilarning xaridorlar bilan xushmuomalaligiga, shahar ko‘chalarini bilish-bilmasligiga ham baho beriladi.

Haydovchilardan olinadigan komissiya masalasiga kelsak, ayni damda "Yandeks.Taksi" barcha hisob-kitoblar faqat taksoparklar bilan olib borilmoqda. Komissiya miqdori, turli mamlakatlarda turlicha bo‘lib, 5-20%ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda “Yandeks.Taksi” 4-apreldan ish boshlagan edi. Bu yerda taqdim etilgan “Ekonom” tarif bo‘yicha eng kam to‘lov 2000 so‘m. Safar 3 kilometrdan oshgan taqdirda qo‘shimcha har bir kilometriga 1000 so‘mdan, shahar tashqarisida 1500 so‘mdan olinadi.

Yangiliklar lentasi
0