"Yandeks. Taksi" O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlamoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil slujbi "Yandeks-taksi".
Avtomobil slujbi Yandeks-taksi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent bo‘yicha taksi haqi uch kilometrga ikki ming so‘mni tashkil qiladi

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Yaqin vaqtlarda Rossiyadagi "Yandeks" — eng yirik taksi xizmati agregatlaridan biri O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ayni vaqtda o‘zbekistonliklar App Store va Google Play dan "Yandeks. Taksi" ilovasini yuklab olishlari, ro‘yxatdan o‘tishlari va profilni tasdiqlovchi SMS-kodni olishlari mumkin. Ta’kidlab o‘tish joizki, ilgariroq ushbu ilova Toshkent shahrida taksi buyurtmasi uchun ishlamasligi haqida ma’lumot berar edi.

"Bombilalik" kimlargadir daromad, davlat uchun - buromad
Tez orada yo‘lga qo‘yiladigan taksi xizmatining birinchi — "Ekonom" tarifi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bunda shahar ichida harakatlanish har uch kilometr uchun eng past narx — ikki ming so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda.

So‘ngra har bir kilometr uchun 1000 so‘mdan haq olinadi. Shu bilan birga shahar tashqarisi uchun yo‘l kira haqi bir kilometrga 1500 so‘mgacha boradi.

Bepul kutish limiti uch daqiqani tashkil etadi, so‘ngra har bir daqiqasi uchun 400 so‘mdan hisoblanadi.

Hozirda ushbu ilova plastik kartani unga bog‘lash imkonini bermayapti.

Agregatorning aniq ishga tushirilishi sanasi hozircha noma’lum. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda "Yandeks. Taksi" logotipi o‘rnatilgan o‘zbek avtomobil raqamlariga ega mashinalar suratlari paydo bo‘la boshladi.

Bugungi kunda ushbu servis faoliyati Rossiyada, Belorussiyada, Moldaviyada, Ukrainada, Armanistonda, Gruziyada, Qirg‘izistonda, Qozog‘istonda va Latviyada yo‘lga qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0