Bu safar Ilya Buyanovskiy Sputnik Tojikiston tahririyatiga Tojikistonga sayohat qilganda mahalliy urf-odatlarga rioya qilish muhimligi haqida o‘z fikrlarini bayon qildi. Sharqda o‘zini tutish qoidalarini u Markaziy Osiyo davlatlarida qilgan sayyohatlar davomida yaxshi o‘zlashtirib oldi.
Tojikiston sayyohni ulkan tog‘lari va mehmondo‘stligi bilan hayratda qoldiradi. Bu yerda odam tashvishli holatga tushadi — "kech tushguncha hamma narsaga ulgurish kerak". Yo‘lovchi tun bo‘lishi bilan yotish uchun joyni topadi.
Tojikiston ko‘pchilik aholisi rus tilini biladi. Shuning uchun sayyohlar taksida, gavjum bozorlarda, dasturxon tepasida albatta suhbatlashadi.
Buyanovskiy, Tojikiston bo‘ylab sayyohat qilganda qanday o‘ziga xos xususiyatlarga e’tibor berish kerakligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tojikistonda uzoq vaqt suhbatlashish odati bor
Bir qarashda tojikistonliklar, Markaziy Osiyo qolgan xalqlari kabi oddiy sodda odamlarga o‘xshashadi.
Ko‘cha va bozorlarda notanish odamlar sizlarni eski do‘st sifatida qarshi olib, qiziqarli suhbatga chorlashi mumkin. Har bir odam bir hil: qayerdan siz? qachon keldiz? qiziqarli joylarda bo‘ldizmi, qachon tug‘ilgansiz, oila va bolalar bormi? kim bo‘lib ishlaysiz? degan savol berishiga harakat qiladi, bundan hayron bo‘lish kerak emas. Sayyoh bu savollarga qayta-qayta javob berishga to‘g‘ri keladi.
Ko‘rinib turganidek, xalqlar chuqur ma’noli ahloqiy an’analarga ega. Islomiy ahdlar va qadimiy urf-odatlar mahalliy aholiga har bir hayot holatiga o‘z yo‘riqnomalarini qoldirgan.
Shuning uchun tojik yoki o‘zbek tez va osongina so‘zlarni tanlab-tanlab aytadi. Muloyim tabassum madaniyati va "kichik suhbatlar" katta ahamiyatga ega. Umumiy gaplardan iborat suhbatlarni tojiklar soatlab davom etishlari mumkin. Mehmon bilan suhbatlashish ko‘pchilik uchun, unga hurmat ko‘rsatish belgisi hisoblanadi.
Tojikiston mehmondo‘stligi
Sharqning eng ulug‘ an’anasi bu — mehmondo‘stlik.
Tojikiston tog‘laridagi yo‘llar yaqinda paydo bo‘ldi. Avvallari bu yo‘llarda bo‘rilar va qaroqchilar yurgan, mehmondo‘stlik esa omon qolish masalasi bo‘lgandi.
Markaziy Osiyo aholisi ko‘pchiligi Rossiyaga tashrif buyurishadi. Shu bilan birga maraziy osiyoliklar rossiyaliklar ularga kelishini yaxshi ko‘rishadi. Rossiya sayyohlari bu yerda xorijiy fuqaro hisoblanadi. U bilan bir tilda tushunarli mavzularda suhbatlashsa bo‘ladi. Shuning uchun tojiklar bunga samimiy munosabatda yondoshadilar. Tog‘li qishloqlarda siz o‘ziz qiziqarli joylarga guvoh bo‘lasiz.
Tojikistonlik ko‘p kishilik oilalar katta uylarda istiqomat qilishadi. U yerda mehmon uchun har doim joy topiladi. Uylarda ko‘p sonli odamlar yetadigan turli rangdagi gilamlar va yostiqlar terilgan. Tog‘li chekka joylarda tojiklar boy emas, lekin mehmon uchun non, sarog‘, meva va choy topiladi.
Umuman olganda, aholi yashash punkti chekka joyda bo‘lib, qishloq masjidiga yaqin bo‘lsangiz shunchalik sizni ko‘p mehmonga chaqirishadi. Lekin esda tuting…
Uch rad etish qoidasi
"Londonda nima sharmanda bo‘lsa, Rangunda sharaf bo‘ladi", — deb yozgan XIX asrda Kipling. Rus madaniyatida behuda gaplashib o‘tirish yoqtirilmaydi, biroq Markaziy Osiyoda hammasi boshqacha.
Mehmonga taklif yoki sovg‘a berish bu oddiy ehtibor belgisidir. Bitta odam taklif qildi, boshqasi rad etdi, hamma xursand. Tushunarsiz holatlar uchun Tojikistonda ahloq qoidalari bo‘yicha uchta rad etish qoidasi bor: agar sizga bir narsa taklif qilishsa — siz birinchi navbatda rad etsangiz. Agar suhbatdosh jiddiy turib olsa, u zudlik bilan takroran taklif qiladi, va sizning uchinchi bor "yo‘q" javobingiz yakuniy hisoblanadi.
Biroq, agar siz "ha" deb javob bergan bo‘lsangiz, unda kerak bo‘lmasa, suhbatdoshingiz, ehtimol, chiroyli rad javob berishi mumkin.
Tojikistonda o‘zingizni yo‘qotmang
Tojikistonda baland va samimiy xursand bo‘lish tabiiy holatdir. Biroq shovqin qilish, urushish, ziddiyatli vaziyatda qo‘l siltash yuzni yo‘qtish deganidir.
Xorijiy fuqarolar bu ziddiyatda inobatga olinmaydi. Biroq tojikistonliklar butun qishloq yoki maxallada o‘z hurmatini yo‘qotishi mumkin.
Shuning uchun maslahat — bezovta bo‘lmang, ayrim ahloq qoidalarni oddiy tarzda qabul qiling.
Savdolashish o‘rinli
Tojikistonda shahar va qishloqlarda supermarketlar bor, biroq hayotning markazi baribir — bozorda. Odatda bozor avtovokzal ham hisoblanadi. U yerda yo‘lovchilar yengil avtomashinalarga to‘planadi va ko‘plab oshxona va choyxonalar mavjud.
Bu yerda savdolashish o‘rinli hisoblanadi. Lekin narxni 5-10 baravar arzonlashtirishga harakat qilmang. Savdoning boshida odatda narx 1,5 baravarga ko‘p qo‘yilgan. Asosiysi — oldindan narxni kelishmasdan buyurma va hech qanday xizmatlarni qabul qilmang, narsa olib kelingandan keyin savdolashib bo‘lmaydi.
Ayollar boshlarida ro‘mol
Tojikiston musulmon davlat hisoblanadi. Biroq eronliklar yoki afg‘onistonliklar nazarida bu yerda vijdon erkinligi hukmronlik qiladi.
Ayollar bu yerda uzun ko‘ylaklarda va boshlarida ro‘mol o‘ralgan. Hatto Dushanbe va Xo‘jand shaharlarida ayollar mashina boshqarganini kam ko‘rasiz.
Tojikistonda erkaklar yo‘lni eng yaxshisi erkaklardan so‘rashi ma’qul. Tojik qizlar juda chiroyli ular bilan rasmga tushishga harakat qilmang.
Bu qoidalar Pamir uchun ham amal qiladi. Ayollar yevropacha kiyinganiga aldanib qolmang: ismailizm bu yerda kamroq cheklovlar bor, lekin aslida undan kam emas.
Hurmat bilan bir piyola choy
Har bir xalqning urf-odatlari dastarxonda bilinadi. Markaziy Osiyo taomlari juda xilma-xil va mazzali.
Tojikistonda ko‘k choy ichishadi va ayrim holatlarda shakar solishadi. Bu yerda choyni chashkalarda emas, piyolalarda ichishadi. Hurmat bilan choy uzatish - bu piyola yarmini to‘ldirgan holda beriladi, bu shoshmang degan ma’noda bo‘ladi.
Tojikiston xalqlarining umumiy osmoni
Tojikiston — ko‘p millatli mamlakatdir. Xujandan Kulyabgacha bir millionga yaqin o‘zbeklar istiqomat qiladi. Har bir tojik bilan uning tilida Buxoro va Samarqandda gaplashishligini yaxshi biladi.
Sizning suhbatdoshingiz qaysi millatga mansubligini darhol anglay olmaysiz, shuning uchun bu yerda milliy masaladagi savollarni juda ehtiyotkorlik bilan berish kerak.
Va nihoyat Tojikistonda nima haqda so‘rash kerak emas
Tojikistonliklarga 1990-yillarda bo‘lgan urush haqida esga olish, umuman olganda siyosiy, ijtimoiy qiyinchiliklar haqida gapirish kerak emas. Bu kabi mavzularni ko‘tarishga hojat yo‘q. Hozirgi Tojikiston — tinch, mehmondo‘st, sayyohlar uchun xavfsiz bo‘lgan mamlakatdir.