O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi "Amuzang" o‘tish punkti ish boshladi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishJeleznodorojniy znak
Jeleznodorojniy znak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Amuzang" nazorat-o‘tish punkti orqali O‘zbekistondan Tojikiston janubiga yo‘lovchi va yuk poyezdlari qatnaydi

TOShKENT, 9 mar — Sputnik. O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi Surxondaryo va Xatlon viloyatlarini bog‘lovchi "Amuzang" temir yo‘l nazorat-o‘tish punkti o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.

Otkritie KPP Jartepa mejdu Uzbekistanom i Tadjikistanom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi to‘qqiz o‘tish punkti ochildi

Mazkur nazorat-o‘tish punkti orqali O‘zbekistondan Tojikiston janubiga yo‘lovchi va yuk poyezdlari qatnaydi. O‘tish punkti ochilish marosimida Xatlon viloyati raisi Davlatsho Gulmaxmadzoda va Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.

Avvalroq O‘zbekiston respublikani Tojikiston janubi bilan bog‘lovchi temir yo‘l tarmog‘ini tiklash ishlarini yakunlagani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Amuzang-G‘alaba temir yo‘li 2011-yil noyabrda O‘zbekiston tomonidan buzib tashlangandi. 

 

Yangiliklar lentasi
0