O‘zbekiston Tojikistonga gaz yetkazib berishni boshladi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVentil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii
Ventil na truboprovode gazoraspredelitelnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olti yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston Tojikistonga gaz yetkazib berishni boshladi. Tabiiy gaz birinchi navbatda gaz chegara oldi hududlariga hamda sanoat korxonalaria yetkazib beriladi.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekiston Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berishni boshladi, deb xabar qilmoqda "Uzbekistan 24" telekanali.

Qo‘shni mamlakatga gaz yetkazib berish haqidagi shartnoma Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘lgan safari vaqtida imzolangan edi.

O‘zbekiston Tojikistonga 15 million dollarlik gaz yetkazib beradi

Shartnomaimzolanganidan so‘ng gaz yetkazib berish tizimi juda qisqa vaqt ichida qayta tiklandi. Dastlabki bosqichda gaz qo‘shni mamlakatning chegara oldi hududlari hamda yirik sanoat korxonalariga yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonga gaz yetkazib berish 2012-yilda to‘xtatib qo‘yilgan edi. "Tojiktransgaz" va "O‘ztransgaz" kompaniyalari orasida imzolangan shartnomaga ko‘ra, 2018-yilda Tojikistonga 15,1 mln dollar eavaziga 126 mln metr kub gaz yetkazib beriladi. Tabiiy gaz o‘tkazish quvvati soatiga 125 ming metr kub bo‘lgan  "Muzrabod — Dushanbe" quvuri orqali yetkazib beriladi. 

Yangiliklar lentasi
0