Tojikiston fuqarolari 16-martdan boshlab O‘zbekistonga vizasiz kirishlari mumkin

Obuna bo‘lish
Mirziyoyev 2018-yil 9-mart kuni Dushanbe shahrida imzolangan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni tasdiqladi

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risidagi bitimga muvofiq Tojikiston fuqarolari 16-martdan boshlab O‘zbekistonga vizasiz kirishlari mumkin, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Prezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida hal qilinmagan masalalar qolmadi
"2018-yilning 14-mart kuni O‘zbekiston tomoni ichki davlat protseduralarini yakunladi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 9-mart kuni Dushanbe shahrida imzolangan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarining o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni tasdiqladi.

Yorqin bahor bayrami Navro‘z arafasida ikki mamlakat aholisiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida Tojikiston Respublikasi fuqarolariga ushbu Bitimni rasman kuchga kirishiga qadar vaqtinchalik qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilindi", — deyiladi xabarda.

2018-yil 16-martdan e’tiboran Tojikiston Respublikasi fuqarolari amaldagi safar hujjatlari (diplomatik, xizmat va xorijga chiqish umumiy fuqarolik pasporti) bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida vizasiz (30 kungacha) bo‘lishlari mumkin.

Xabarda aytilishicha, bitimning kuchga kirish sanasi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Tojikiston Respublikasida bo‘lishiga nisbatan qo‘llanishi to‘g‘risidagi ma’lumot qo‘shimcha tarzda e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0