Sodiq Safoyev O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining qaytishidan manfaatdorligini aytdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPerviy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa RUz Sadik Safoyev
Perviy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa RUz Sadik Safoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi davlatlari va tashkilotga a’zo davlatlar bilan har qanday sohada o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli munosabatlarni shakllantirishga tayyor, dedi Toshkentda bo‘lib o‘tgan doira suhbatida Oliy Majlis senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev

TOShKENT, 14 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Brussel, xususan, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish — O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir, dedi Toshkentda bo‘lib o‘tgan "O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi: kelajakka nazar" mavzusidagi doira suhbati davomida Oliy Majlis senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev.

Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston
Norov: Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston uchun xalqaro sahnadagi muhim hamkorlardan biridir
Siyosatchi o‘z nutqi avvalida o‘tgan yil O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi munosabatlarida sezilarli siljishlar bo‘lganini va bu o‘zgarishlar — prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan yangilangan ichki va tashqi siyosati natijasi ekanligini ta’kidladi. "Bugun  mamlakat jadal taraqqiy etmoqda, qat’iy islohotlar yo‘lidan bormoqda. O‘zbekiston o‘zining yangi qiyofasini shakllantirish tarafdoridir", — dedi u.

Siyosatchi so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bilan sheriklik strategiyasi bitimi qabul qilinganiga 10-yil to‘lgan bo‘lsa, bu vaqt oralig‘ida, tashkilotning mintaqa mamlakatlari bilan muloqoti mustahkamlandi. Tashkilotning Markaziy Osiyoga nisbatan qiziqishi ortdi, mintaqaga nisbatan munosabati yangilandi.

Siyosatchi shu o‘rinda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikning 2019-yilda qabul qilinadigan yangi strategiyasiga to‘xtalar ekan, hujjatni kuchaytirishga yordam beradigan jihatlarni sanab o‘tdi.

"Yangi strategiyada — insoniyat, shu jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi ham o‘z rivojlanishining murakkab, ta’bir joiz bo‘lsa tub burilish davrini boshdan kechirayotgani hisobga olinmasligi mumkin emas. Ziddiyatlar kuchaymoqda, taranglik susaygani yo‘q, transmilliy tahdidlar chekinishi sezilmayapti. Bunday sharoitda xavfsizlik masalalari bo‘yicha siyosiy muloqot uchun barqaror platformani yaratish bizning asosiy vazifamizdir", — dedi Safoyev va bu sohada hamkorlikda ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish lozimligini aytdi.

Shuningdek, Safoyev Yevropa Ittifoqiga zo‘ravonlik, ya’ni ekstremistik g‘oyalarga qarshi kurashda harakatlarni birlashtirish lozimligini taklif etdi.

"Islom bugun Yevropa uchun yot din emas. Hamkorlikdagi tadqiqotlar, ta’limga nisbatan ishtiyoq uyg‘otishga, bag‘rikenglik, ma’rifiy islom g‘oyalarini targ‘ib qilish singari dasturlarni hayotga tatbiq etishga bo‘lgan talab, ehtiyoj shu bugun har qachongidanda zarur", — dedi siyosatchi.

Abdulaziz Kamilov i Piter Burian - Sputnik O‘zbekiston
YeI maxsus vakili O‘zbekistonning qo‘shnilar bilan munosabatini ijobiy baholadi
Safoyev shuningdek, xavfsizlik sohasida umumiy, eng jiddiy muammolardan biri — narkojinoyat borasida to‘xtaldi.

"Yevropaga Afg‘onistondan — Markaziy Osiyo orqali kirib borayotgan narkotiklar hajmi bu yil yana oshadi", — deb ta’kidladi senator va ushbu transmilliy yovuzlikka qarshi hamkorlikdagi strategiya hamon mavjud emasligini qo‘shimcha qildi.

Ikkinchi dolzarb masala — savdo-iqtisodiy aloqalarga to‘xtalar ekan, Safoyev O‘zbekiston tovarlarining Yevropa bozoriga kirib borishini soddalashtirish ikkala tomon manfaatlariga birdek xizmat qilishini aytib o‘tdi.

Safoyev shu o‘rinda Yevropa Ittifoqi delegatlaridan Yevropa investitsiya bankining O‘zbekistondagi operatsiyalarini tezlatishni so‘radi.

"O‘tgan yili bu borada ancha siljish bo‘ldi, YeIB bilan shartnoma imzolandi, lekin bank o‘z faoliyatini boshlashi uchun 3-yil — bu juda ko‘p muddat", — dedi Safoyev.

Senator, shuningdek, O‘zbekiston uchun transport koridorlari masalasi ham muhim ahamiyat kasb etishini qayd etib o‘tdi.

"25 yil muqaddam katta ishtiyoq bilan qarshi olingan TRASEKA dasturi, afsuski, to‘laqonli ish bermadi", — dedi u.

Shuningdek, Safoyev YeI vakillariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni texnik tomondan qo‘llab-quvvatlayotganliklari uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonni Butunjahon Savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishida ko‘mak berishni so‘radi.

Senator, shuningdek, O‘zbekiston tomon Yevropa Ittifoqi davlatlarining eng old oliy o‘quv dargohlari filiallari mamlakatda tashkil etilishidan manfaatdorligini bildirdi.

Shuningdek, parlamentlararo muloqot ham munosabatlarni chuqurlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini qo‘shimcha qildi.

Izyatie v xode reydov narkotiki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston YeIning narkotiklarga qarshi dasturini qabul qilish arafasida
Safoyev o‘z nutqi yakunida O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan turli, shu jumladan oliy darajada ham muloqot olib borishga tayyorligini ma’lum qildi, xususan, "O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi sammiti" ikki tomonlama muloqot, ikkiyoqlama hamkorlikning yanada rivojlanishiga katta turtki bo‘lar edi, deya ishonch bildirdi. "Bu Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyodagi strategiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qilardi", — dedi siyosatchi.

"O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va unga a’zo barcha davlatlar bilan barcha sohalarda hamkorlikka tayyor. Ishonamanki, bugungi tavsiyalar bizning o‘zaro munosabatlarimizni sifat jihatdan yangi darajaga olib chiqishiga xizmat qiladi", — dedi o‘z nutqi yakunida Safoyev.

Yangiliklar lentasi
0