Norov: Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston uchun xalqaro sahnadagi muhim hamkorlardan biridir

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Norovga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi bilan yaqindan hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlariga jahon siyosiy va iqtisodiy tizimiga integratsiya qilish imkoniyatini ochib beradi

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. O‘zbekiston Yevropa Ittifoqini xalqaro sahnadagi muhim hamkorlardan biri deb biladi, deya ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va Mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov  Toshkent shahrida o‘tkazilgan "O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik: kelajakka nazar" mavzuyidagi davra suhbati davomida.

Abdulaziz Kamilov i Piter Burian - Sputnik O‘zbekiston
YeI maxsus vakili O‘zbekistonning qo‘shnilar bilan munosabatini ijobiy baholadi
Norov o‘z nutqi davomida bugun O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida tarixiy bosqichni boshdan kechirayotganini hamda O‘zbekistonning ochiq va konstruktiv siyosati tufayli Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi muhit shakllanganini aytib o‘tdi.

"Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan o‘ta yaqin va o‘zaro ishonchga asoslangan yangi mintaqaviy hamkorlik sharoitida Yevropa Ittifoqining rolini faollashtirish talabi yuzaga keladi", — deya ta’kidladi siyosatchi.

Norovga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi bilan yaqindan hamkorlik Markaziy Osiyo davlatlariga jahon siyosiy va iqtisodiy tizimiga integratsiya qilish imkoniyatini ochib beradi.

Tadbir davomida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikning 2019-yilda qabul qilinadigan yangi Strategiyasini ishlab chiqish doirasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomon O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Hamkorlik va sheriklik to‘g‘risida yangilangan bitimni ishlab chiqish va tez fursatda imzolash bo‘yicha birgalikda ish olib borishga tayyor ekanligini bildirdi.

Yevropa Ittifoqining mintaqada barqarorlik va farovonlikni ta’minlash tarafdori ekanligi, shuningdek, YeI Kengashining 2019-yil so‘nggiga qadar o‘zaro manfaatlar, umumiy yondashuvlar va qadriyatlarni inobatga olgan holda yangi Strategiyani ishlab chiqish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.

Yangiliklar lentasi
0