YeI maxsus vakili O‘zbekistonning qo‘shnilar bilan munosabatini ijobiy baholadi

© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov i Piter Burian
Abdulaziz Kamilov i Piter Burian - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevroittifoqning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian O‘zbekistonda bo‘lib, respublika tashqi ishlar vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Markaziy Osiyodagi hozirgi ijtimoiy-siyosiy vaziyat Yevroittifoq tashabbuschiligidagi mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi, dedi YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Yangi vaziyat (Markaziy Osiyodagi — tah.) Yevroittifoq qo‘llab-quvvatlaydigan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi", — dedi O‘zbekistonga tashrif buyurgan Burian.

Abdulaziz Kamilov i Piter Burian - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Yevroittifoqning maxsus vakili tashrif buyurdi

Diplomat gap birinchi navbatda ta’lim sohasidagi loyihalar, institutsional islohotlar va qonun ustuvorligini mustahkamlashni qo‘llab-quvvatlash, tabiiy resurslar iste’moli va ulardan foydalanish, chegaralarni boshqarish va narkotiklar aylanmasiga qarshi kurash haqida borayotganligini aytdi.

"Bu borada O‘zbekistonning qo‘shnilar bilan munosabati faol rivojlanayotganini, chegara masalalarining hal qilinishi, hamkorlikning yangi shakllari o‘rnatilayotganini alohida qayd etib o‘tishni istardim", — dedi YeIning maxsus vakili.

Burian shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan uchrashuvda Toshkentda kuz faslida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo — Yevroittifoq" shaklidagi tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuviga tayyorgarlikning amaliy jihatlarini muhokama qilganligini bildirdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0